So’nggi yangiliklar

21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  1 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  2 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  6 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  5 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  7 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  2 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  7 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  8 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  2 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  5

Hikoya. FUTBOL FALSAFASI Yangiliklar

Hikoya. FUTBOL FALSAFASI

Jamoa inqirozi boshlanayotgan vaqtlar. Etakchi o'yinchilar ketib qolishgan, maosh tugul, hatto safar o'yinlariga borishga avtobusga benzin sotib olishga pul topilmaydi.
Sog'lom tanaga o'ylab ko'rilsa, bunday jamoa Oliy ligada o'ynashga haqlimi?


Futbolchi xalqiga bu ikkinchi darajali muammolar edi, albatta. Bu bilan o'yinchilarga pul kerak emas, degan fikrdan yiroqman. Tirikchilik, ro'zg'or degan gaplar ularga begona emas. Ammo, futbolchi uchun eng muhim narsa – futbol! O'yingohga muxlis kirib turganda ko'zga pul ko'rinadimi! Jamoaning ishi orqaga ketayotgan o'sha vaqtlarda bizga eng yomon tasir qiladigani – o'yinlarni ketma-ket boy berayotganimiz edi. Bundan uch-to'rt mavsum avval chempion bo'lgan, Osiyo kuboklarida o'ynagan, o'ynaganda ham qotirib qo'ygan jamoa o'rtamiyona jamoalarga ham uy uchrashuvlarini boy bera boshladi. Avvallari “Paxtakor” yoki “Neftchi” bizga qarshi hadiksirab maydonga tushardi, o'yinni himoyadan boshlardi. Bunday vaqtlarda to'p surish juda rohat edi. To'pni himoya va yarim himoyada obdon yumalatib, raqiblarni asabini “eganimizdan” keyin hilvirashga tushgan himoya qo'rg'onini “kemirardik”. Bunisi ham holva, o'sha vaqtdalarda salkam Eronning “milliy”sini jamlagan “Istiqlol”ga qarshi o'yinimiz zo'r chiqqandi. Oleg SHackix degich hujumchi “Istiqlol”ning butun boshli himoyasini uyaltirib, “poker”ga erishgandi.


Xullas, omadsiz mavsum boshlandi-yu zahiradagilar va o'rinbosarlardagilarga ish topildi. Avvalgi to'rt turda “Dinamo”, “Andijon”, “Buxoro” va “Paxtakor”ga engilgandik. Muxlislar safi ham siyraklashib qolgandi. Bu safargi “Traktor” bilan o'yinimiz o'z uyimizda edi. O'yindan oldin bosh murabbiy Avxat Xabibullin meni chaqirdi.

-Menga qara, bugun “asosiy”da tushasan, tayyorlan! – deb qoldi.
Nima deyishimni bilmay qoldim. O'n etti yoshda edim. Biror marta asosiy tarkibda tushmaganman. Hatto zahiradan ham. Buning ustiga hujumchi bo'lsam, “Traktor”ning bo'ydor himoyachilari orasida ko'zga ko'rinmay qolaman... SHu o'ylar iskanjasida Avxat akaga nima deyishni bilmay qoldim.


-Tushunib turibman, ikkilanayapsan, - dedi Avxat aka. – Lekin sen qo'rqma, asosiysi senga ishonayotganlarini esingdan chiqarma.
-Xo'p...


-SHackix ham kelgan, o'yinni ko'rmoqchi.
Hayajonim ikki qatla ortdi. Oleg SHackix kelgan bo'lsa-ya!? “Hujum qiroli”o'yinchi ko'z o'ngida qanday o'ynayman. Jarohati tufayli SHackix futboldan bir muddat chetda yurgan vaqtlari edi. Bir tomondan qo'rquv bo'lsa, ikkinchi tomondan shunday o'yinchi o'yinimni tomosha qilishidan fahr hissini tuyardim.

Avxat aka elkamga qoqib qo'ydi.
O'yin oldidan jamoaga so'nggi ko'rsatmalar bo'ldi. Murabbiyning bir gapidan rosa hijolat bo'ldim: “butun jamoa yagona hujumchi uchun o'ynaydi!” Anchadan beri jamoa bilan birga shug'ullanayotgan bo'lsam ham sheriklarim qarshisida noqulay ahvolga tushdim.
O'yinga chiqdik. Hakam hushtak chaldi. O'yindan avvalgi hayajon o'z-o'zidan yo'qolib, o'yinga kirishib ketdim. Yoshlik shijoati o'z so'zini aytganidanmi – nuqul pressing qilardim. Maydon chetidagi Avxat aka bo'lsa “ko'p yugurma, kuchingni saqla!” deb ko'rsatma berardi. Lekin to'p yana himoyachilarga tushsa beixtiyor tezlik olardim.
Tajribali mehmonlar baribir to'pni nazorat qila boshlashdi. Biz esa to'psiz qolganimizdan ko'p yugurardik. Lekin qarshi hujumlarda ikki marta qochib ketdim. Birinchisida so'nggi soniyalarda himoyachi “podkat” bilan to'pni olgan bo'lsa, ikkinchi marta tezlik olganimda himoyachilar ancha orqada qolib ketdi. Butun o'yingoh birdek oyoqqa qalqqanini sezdim. Hamma meni olqishlardi. Darvozabon bilan birga-bir chiqishim muqarrar edi. Darvozabon buni fahmlab, o'z joyini tashladi-da jarima maydonidan ham chiqib oyoqlarim ostiga tashlandi. Nima bo'lganini bilmayman... Ko'zimni ochganimda muxlislarning baqir-chaqirlari tinmagan, atrofimda o'yinchilar, kimlardir bahslashar, “qizil! qizil!”, degan ovozni eshitardim. Keyinroq malum bo'lishicha, darvozabonga sariq kartochka ko'rsatilgan, shundoq jarima maydoni chizig'i ustida jarima to'pi belgilangan, jamoamiz sardori esa hakamdan darvozabonni maydondan haydashni talab qilardi. Hakam baribir qarorini o'zgartirmadi.


Jarima to'pi noaniq tepildi-yu birinchi bo'limni yakunladik.
Kiyinish xonasida o'tirarganimizda Avxat aka bilan o'sha mashhur Oleg SHackix kirib keldi. U to'ppa-to'g'ri mening yonimga keldi. Kulimsirab, dedi:


-Yaxshi o'ynayapsan, bo'sh kelma!
Kumirimdan shunday etirofni eshitib, noqulay ahvolga tushdim. SHackix bu bilan qanoatlanmay Avxat akaga yuzlanib:
-Abdulich, ruxsat ber, hujumching bilan gaplashib olay, - dedi.


-Yaxshi, Oleg, - dedi Avxat aka.
SHackix elkamga qo'lini qo'yib, tashqariga boshladi. Koridorga chiqdik.
-Bilasanmi senga nima etishmayapti, - dabdurustdan gap boshladi u.
Men bosh chayqadim.


-Senda tezlik ham, dribling ham zo'r! – davom etdi SHackix. –Faqat bir narsani yaxshilab tushunib olishing kerak. To'pni qabul qilish! SHunga etibor bermayapsan. Texnikang yomon, demoqchi emasman. To'pni qabul qilayotganingda shunday turginki, tezlik olganingda to'p oldingda, himoyachilar oyog'idan ancha narida bo'lsin, tushundingmi?
Rostini aytsam, uning bu gaplariga qoyil qoldim. Qancha-qancha murabbiylar qo'l ostida o'ynagan bo'lsam, ulardan bir narsani takror-takror eshitardim: “futbolda kallangni ishlat!”. Amalda kallani qanday ishlatishlariga unchalik aqlim etmasdi. SHackixning maslahati ko'p narsaga oydinlik kiritib bergandi. Futbolda to'pni qabul qilish juda muhim element hisoblanadi. To'pni shunday qabul qilish kerakki, agar o'ylash uchun fursat kerak bo'lsa, raqib o'sha fursat ichida to'pga etib kela olmasin. Bunday fursat ko'pi bilan ikki-uch soniya. Ana shu soniyalarda juda ko'p narsalar hal bo'ladi. Ayniqsa, to'p pleymeykerlarga kelib tushganda. Bu oddiy futbol falsafasi edi. Bularni bilsamda o'yinda esimdan chiqib qolaverardi. Lekin SHackixning gaplari shundoq miyamga o'rnashdi.


-To'p bilan tezlik oldingmi, u yog'iga, birinchidan bemalol aldashing mumkin, ikkinchidan, himoyachilardan qochishing mumkin, - davom etdi SHackix.
Tushundim, degandek bosh irg'adim.


-Keyingi asosiy va muhim element – aldamchi harakat! Gavdang bilan! O'yinchilarni aldab o't, deyotganim yo'q. Darvozabon bilan qolganingda qanday zarba berasan? – kutilmagan so'rab qoldi u.
O'ylab o'tirmay javob berdim:
-Olis burchakka...


-Yo'q! – kechkin dedi SHackix. –O'tkir burchak ostida darvozaga zarba beradigan bo'lsang olis burchak, lekin sen markazdan kiradigan bo'lsang bir tomonga harakat qilib, qarama-qarshi tomonga zarba berasan. Xuddi penalti tepayotgandek, tushundingmi?
-Ha.


-Yaxshi. Ichkariga kirsak ham bo'ladi, yur!
Birgalashib ichkariga kirdik. Avxat aka zo'r berib taktikani tushuntirardi...
Ikkinchi bo'lim boshlandi. Biz o'yinni ancha yuqori tempda boshladik. Ketma-ket hujumlar uyushtirdik. Lekin bu ko'pga cho'zilmadi. Mehmonlar asta-sekin tashabbusni qo'lga olishdi. Biz endi to'pni olish uchun kurasha boshladik.
Raqiblar burchak to'pi tepishganda himoyachilarimizdan biri boshi bilan to'pni qaytardi. Havodagi to'p tomon tezlik oldim. To'p tushib kelarkan uni qabul qilish, ortimdan izma-iz kelayotgan himoyachini bir harakat bilan ortda qoldirish haqida o'ylardim.
Asta lirik chekinish qilamiz. 97-yildagi “Olimpiyskiy”da “Dinamo” “Real”ni qabul qilgan, hujumda Andriy SHevchenko. “Real”ning markaziy himoyachisi Migel Sanches SHevchenkoni maydonning har qarich erida taqib qiladi. “Dinamo” asosan qarshi hujumda o'ynaydi. Bu mashhur Lobanovskiyning o'yinga tanlagan taktikasi ekanini keyinchalik malum bo'ladi. U maydon markazini “Real”ga butunlay topshirgan, Evropa grandini qarshi hujumlarda jazolagan edi.
Qarshi hujumlardan birida SHevchenko o'z darvozasiga yuzlanib turganiga qaramay to'pni qabul qilib, soniyaning o'ndan bir lahzasida shunday tashlaydiki, to'p o'ndan ancha oldinga tushib, uning ortidan yurgan Sanchesni ancha ortida qoldiradi. Qolgan ishni hujumchining tezligi va qoyilmaqom dribbingi bajaradi. Havodan kelayotgan to'pni ko'zlarimni uzmay turarkanman, xayolimdan yakkash o'sha narsa o'tardi. To'p erga tushay deganida bir harakat bilan uni oldinga tashladim-u yashin tezligida ortimga o'girildim. Tezlik olib, to'pni egallaganimda himoyachi ancha ortda qolib ketgandi. SHackiy shu narsani aytmaganmidi!


Darvozabonga o'yinda ikkinchi marta yuzlasha boshlagandim. Bu safar u o'rnini tashlab chiqmadi. Sababi undan oldinda ikki o'yinchi bor edi. Ularni aldash va qochib ketish qiyin bo'lmadi. Darvozabon bilan yakkama-yakka qolganimda uni aldadim – u to'pni boshqa burchakda kutgandi, men esa qarama-qarshi tomonga to'pni yo'naltirdim.
O'yingohda qanday baqir-chaqir ko'tarilganini tariflamoqchi emasman. Butun boshli hikoyada mana shu vaziyat haqida ham so'z yuritmoqchi emasman. Bahs mavzui butunlayin boshqa narsa – futbol falsafasi.


Keyinchalik o'yinlarda bir narsaga amin bo'ldim – deyarli hamma o'yinlarda bir narsa takrorlanaveradi. Davriy qonuniyat kabi. Lekin o'yinchilar bunga etibor berishmaydi. Mendan “futbol yulduzlari qanday tug'iladi?”, deb so'raganlarida dadil javob berishim mumkin: futboldagi o'sha davriylikni tushungan, uni inkor qilmagan o'yinchilar yulduz bo'ladi.


SHevchenko o'sha fintini boshqa o'yinlarda ham ko'rsatdi, o'z milliy termasi, “Dinamo” yoki “Milan” uchun muhim gollarni kiritdi. Migel Sanchesdek dong'i doston necha-necha himoyachilarni dog'da qoldirdi.
O'shanda, Oliy ligada debyut qilib, ilk golini kiritgan o'n etti yoshli o'smir ham oddiy o'yinchilar ham, yulduzlar ham futbolni turlicha anglashlarini tushunib etgandi. Futbol bu faqat darvozaga gol urish emas, uni muntazam bajarish ekanini fahmlagandi.
Millionlar o'yinining bu falsafasi ortida iqtidor, mashaqqatli mehnat va nozik sezgi bo'lishi bir umrga miyamga o'rnashgandi...


Baxtiyor ABDUG'AFUR
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика