So’nggi yangiliklar

02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  2 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  0 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  0 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  6 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  3 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  3 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  5 21:59Пеп Гвардиола: "Ҳозир "Сити" АПЛ чемпионлиги учун курашадиган ҳолатда эмас"  2 21:37Тьерри Анри: "Арсенал" ушбу мавсумда чемпион бўлиши керак"  0 21:13Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр  22 20:59Алонсо "Реал"даги фаолиятини баҳолашни истамади  0 20:36Фергюсон МЮнинг соврин ютиши учун қанча вақт кетишини айтди  3

Hikmat Hoshimov 400lik dovondan o'tdi Yangiliklar

Hikmat Hoshimov 400lik dovondan o'tdi

Teglar :  Hikmat Hoshimov
Mamlakatimizning tajribali o'yinchilaridan biri, “Metallurg” jamoasi sardori Hikmat Hoshimov bu yilgi mavsumda 400-lik dovondan oshib o'tdi.

Bu voqeilik “Metallurg”ning bu yilgi mavsumdagi birinchi safar o'yini – “Mashal” jamoasiga qarshi kechgan o'yinida sodir bo'ldi. Xabaringiz bor, bekobodliklar bu uchrashuvda 3:1 hisobida irodali g'alabani qo'lga kiritishgan hamda jamoa sardori har doimgidek muvaffaqiyatda o'zining munosib hissasini qo'shgandi. Biz Hikmat Hoshimovni oliy ligada 400-lik dovonni zabt etganligi bilan samimiy tabriklaymiz!

Hikmat Hoshimov futbolchilik faoliyatini ikkinchi liga jamoalarida boshlagan. 1992 yildan 2000 yilgacha faoliyat olib borgan MHSK futbol klubi 1998 yilda yosh o'yinchilarni tarkibga jalb etish borasida tanlov elon qildi. Tanlov hayatiga uzun bo'yli, oriqqina Hikmat Hoshimovning o'yini maqul keldi. O'sha mavsumning o'zida Hoshimov 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ammo oliy ligada asosiy tarkibdan muqim joy egallay olmagan Hoshimov ikki mavsum davomida birinchi ligada faoliyat yuritdi.

2001-2002 yillarda esa u Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasida 43 ta o'yinda maydonga tushdi. 2003-2004 yillarda “Metallurg”da o'ynagan H.Hoshimov poytaxt jamoalari nazariga tushdi va “Lokomotiv”ga qabul qilindi. Bir yil mobaynida temiryo'lchilar bilan birga bo'lgan Hikmat keyingi ikki mavsumni “Andijon” hamda “Nasaf” jamoalarida o'tkazdi. 2008 yildan boshlab 3 yil mobaynida yana qadrdon jamoasiga qaytgan Hoshimov 2010 yilgi mavsumning dastlabki davrasini “Bunyodkor” tarkibida o'tkazdi. Ammo qaldirg'ochlar safida uzoq qolmadi va 2011 yilning ikkinchi yarmidan yana madanchilar tarkibida o'ynab kelyapti. Jamoa sardori, klub “yuragi” safatida oxirgi ikki mavsumni o'zgarishlarsiz, to'liq o'tkazgan Hikmat Hoshimov tabiiyki klub rekordchisi ham sanaladi. O'z navbatida u bugungi kunga kelib faoliyat yuritayotgan o'yinchilar orasida eng ko'p maydonga tushgan o'yinchilardan biri sanaladi. 402 ta o'yini davomida Hikmat Hoshimov raqiblari darvozasiga 40 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.  

SHu o'rinda oliy liga musobaqalarida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar ro'yxatini Asror Aliqulov boshqarib borishini aytib o'tmoqchimiz. U turli jamoalar tarkibida 500 dan ziyod maydonga tushgan. 400 dan ko'p uchrashuvda maydonga tushgan gvardiyachilar ro'yxatida keyingi pog'onalarni Anvar Berdiev, Ro'ziqul Berdiev, Vali Keldiev, No'mon Hasanov, Muxtor Qurbonov, Anvar Soliev, Botir Qoraev, Xayrulla Karimov va Abdumajid Toirovlar egallashgan. Hikmat Hoshimov futbol tili bilan aytganda tarkibni to'ldiruvchi 11-o'yinchiga aylandi.


"Metallurg" matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика