So’nggi yangiliklar

01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0

Hikmat Ergashev: “Aytishadiku, Namanganda Braziliya ham yutolmaydi, deb” Yangiliklar

Hikmat Ergashev: “Aytishadiku, Namanganda Braziliya ham yutolmaydi, deb”

“Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida “qaldirg'ochlar” ustozi Hikmat Ergashev va jamoa himoyachisi Akrom Komilov ishtirok etishdi.

Hikmat Ergashev (“Bunyodkor” jamoasi murabbiyi): -  O'yin ajoyib tarzda kechdi va barchaga manzur bo'ldi. Boisi, har ikki jamoa ushbu bahsga puxta tayyorgarlik ko'rgandi. “Navbahor” muxlislarning qo'llab –quvvatlashlari ostida  yaxshi o'yin namoyish etdi. Axir, aytishadiku, Namanganda Braziliya terma jamoasi ham yutolmaydi, deb.

Uchrashuv ancha qiziqarli tarzda kechdi, lekin jamoamizga biroz omad etishmadi.

Bugungi hakamlikdan qoniqmadik. Boisi, qars ikki qo'ldan chiqadi. Bizning darvozamizga 11 metrli jarima zarbasi belgilandi. Lekin Dilshod va Javlonning qo'lidan tortib, yiqitilganda, hakamlar bunga etibor qaratishmadi. SHuningdek, Javlonning nega maydondan chetlatilganini  ham tushunmadim. U jamoa sardori va hakamning qaroriga etiroz bildirishga haqqi bor. Hakamlarni nazorat qiladigan qo'mita bor va buni o'zlari ko'rib chiqishadi. Hali hech narsa yo'qotilgani yo'q. Biz sovrindorlar safidan joy olish uchun  oxirigacha kurash olib boramiz. Hali oldinda yana  2ta tur bor. U yog'ini esa vaqt ko'rsatadi.

Bugungi o'yinda mezbonlar tarkibida Azizbek Turg'unboev yaxshi o'yin namoyish etdi.  



Akramjon Komilov (“Bunyodkor” jamoasi himoyachisi): -  Menimcha, bugungi o'yin barchaga yoqdi. Birinchi bo'limda ancha yaxshi o'yin namoyish etdik. Lekin 2-bo'limdagi birgina penalti bizni ruhan cho'ktirib qo'ydi.

O'sha vaziyatda 11 metrli jarima zarbasi bormidi, yo'qmidi, to'g'risi, aniq bilmadim, buni O'FAdagilar ko'rib chiqishadi. To'g'ri, Namanganda to'p surish qiyin. SHunday bo'lsa-da, biz mezbonlarga munosib qarshilik ko'rsatishga harakat qildik. Mabodo g'alaba qozonganimizda, 3-o'ringa ko'tarilib olgan bo'lardik.

Bugun birgina 11 metrli jarima zarbasi o'yin taqdirini hal qildi. Keyingi o'yinlarda g'alaba qozonishga intilamiz. “Navbahor” jamoasiga ham keyingi bahslarda omad tilab qolaman.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика