“Hero Intersontinental Cup 2019” musobaqasi finalini o'zbekistonlik hakamlar boshqardi
21 iyu 2019 09:45
Yangiliklar


“Hero Intersontinental Cup 2019” musobaqasi finalini o'zbekistonlik hakamlar boshqardi
Hindistonning Ahmadobod shahrida “Hero Intersontinental Cup 2019” musobaqasi bo'lib o'tayotgani haqida xabar bergan edik.
Mazkur turnirda Hindiston, Tojikiston, Suriya hamda KXDR terma jamoalari ishtirok etishdi. Turnirning hal qiluvchi final uchrashuvida Tojikiston KXDR bilan bahs olib borib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Diqqatga sazovor jihati shundaki, musobaqaning final uchrashuvini o'zbekistonlik hakamlar guruhi boshqarib bordi. Bosh hakam sifatida Ahrol Risqullaev faoliyat olib borgan bo'lsa, unga qanotlarda Andrey Capenko hamda Ruslan Serazitdinov yordam berdi. Zaxira hakami sifatida esa Jasur Muxtorov ishladi.
SHu tariqa, 7-19 iyul kunlari bo'lib o'tgan musobaqada KXDR terma jamoasi g'olib chiqdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar