Xavi Anchelottiga bo'layotgan tanqid haqida: "Ispaniyada bosim juda katta"
08 may 17:28
Yangiliklar


Xavi Anchelottiga bo'layotgan tanqid haqida: "Ispaniyada bosim juda katta"
"Barselona"ning sobiq ustozi Xavi "Real" ustozi Karlo Anchelottiga nisbatan ortiqcha tanqidni adolatsizlik deb atadi va Ispaniyada futbol uzoq muddatli rivojlanishga emas, balki tezda natijaga etibor qaratishini takidladi.
"Anchelottiga qarang - u 10 yil ichida 30 ta unvonni qo'lga kiritdi, uni esa hech narsaga erisha olmagandek tanqid qilishadi. Ernesto Valverde topib aytganidek, agar Anchelottiga hujum qilinayotgan bo'lsa, unda boshqalarni nima kutish kerak? Ispaniyada bosim juda katta, ayniqsa "Barselona" va "Real"da", - dedi Xavi.
Avvalroq, "Real" "Barselona"ga qarshi o'yindan keyin Anchelottining istefosi haqida bayonot berishi xabar qilingandi. La Liga 35-turidan o'rin olgan o'yin 11 may kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar