So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  3 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  3 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Helber: "Har qanday futzalchi jahon chempionatiga kelib, gol uravermaydi" Yangiliklar

Helber: "Har qanday futzalchi jahon chempionatiga kelib, gol uravermaydi"

Futzal bo'yicha jahon chempionati "C" guruhi 2-turidan o'rin olgan Angola – Ukraina (2:7) uchrashuvidan so'ng angolaliklar azosi Helber mikst-zonada saytimizga intervyu berdi.

"To'g'ri, Angola mag'lub bo'ldi, chunki Ukraina boshqacha strukturaga ega jamoa hisoblanadi. Argentina bilan o'yindan keyin turnirni tark etishimiz mumkin, lekin ushbu musobaqa biz uchun katta tajriba bo'ladi.

Jahon chempionati biz ishtirok etishimiz kerak bo'lgan eng yaxshi musobaqadir. O'ylaymanki, Angola yanada yaxshiroq tayyorgarlik bilan keyingi mundiallarga qaytadi. Oldimizda Argentinaga qarshi o'yin bor, ungacha tiklanishga va kamchiliklarni to'g'rilashga harakat qilamiz. 

Ukraina bizdan kuchli edi va yaxshi tayyorlangandi, ularni tabriklayman. Bu erda dunyoning eng yaxshi futzalchilari jamlangan. Ularga qarshi o'ynab, katta tajriba orttirish mumkin.

Jahon chempionatidagi ilk ishtirokimda ilk golimni urdim. Natijadan qoniqish hosil qildim demoqchi emasman, lekin bu erda yana shunday gollar urishni istardim. Bu erdagi xotiralarni yodimda abadiy saqlayman. Har qanday futzalchi jahon chempionatiga kelib, gol uravermaydi. Agar men bu ishni takrorlash imkoniyatiga ega bo'lsam, o'zimni baxtli his qilardim"


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика