"Hech qachon "Manchester Yunayted"ni tark eta olmayman" - Mourinyu davrida Reshford qanday qiynalganini Evra aytib berdi
21 iyu 2020 14:17
Yangiliklar


"Hech qachon "Manchester Yunayted"ni tark eta olmayman" - Mourinyu davrida Reshford qanday qiynalganini Evra aytib berdi
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Patris Evra klubda Joze Mourinyu bosh murabbiy bo'lgan paytda hujumchi Markus Reshford bilan suhbati haqida gapirdi.
"Sky Sports"ga bergan intervyusida Evra shunday dedi: "Mourinyu qo'l ostida o'ynab yurgan paytda Reshford qiynalayotganini va hayotidagi eng qiyin davrni o'tkazayotganini aytgandi. O'shanda u: "Hech qachon "Manchester Yunayted"ni tark eta olmayman" deb qo'shib qo'ygandi", - dedi Evra.
Reshfordning chidamli va sabrli bo'lgani mevasini berdi. U nafaqat jamoaning asosiy futbolchisi, balki APLning eng yaxshi hujumchilaridan biriga aylandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar