So’nggi yangiliklar

20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  1 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  6 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  4 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  16

Hech qachon Evropa CHempionlar Ligasida g'olib bo'lmagan 11 nafar dunyo yulduzi Yangiliklar

Hech qachon Evropa CHempionlar Ligasida g'olib bo'lmagan 11 nafar dunyo yulduzi

Dunyo tan olgan ushbu yulduzlar hech qachon CHempionlar Ligasi g'olibiga aylana olmaganlar...


Ushbu tarkibimiz 4-4-2 ko'rinishida bo'ladi. Yani, 4 nafar himoyachi, 4 nafar yarim himoyachi va 2 nafar hujumchi:


Darvozabon:

Janluiji Buffon. Jahon chempioni, A Seriyada 8 marta g'olib chiqqan. Afsuski, bugungi kungacha ECHL sovrinini boshi uzra baland ko'tarish Buffonga nasib qilmagan


Himoyachilar:


Liliam Tyuram. O'z davrining eng kuchli himoyachilaridan biri. Terma jamoasi bilan JCH-98, Evro-2000 kabi turnirlarda g'olib bo'lgan


Loran Blan. Yana bir franciyalik futbolchi. "Inter", "Barselona", "Manchester Yunayted" kabi klublar safida o'ynagan bo'lsada ECHLda g'olib chiqa olmagan


Fabio Kanavarro. Yana bir jahon chempioni. Ammo, na "Yuventus", na "Real" safida Evropaning eng nufuzli turnirida g'olib chiqa olgan...


Janluka Zambrotta. Italiyalik futbolchi himoyaning istalgan nuqtasida o'yin ko'rsata olardi. "Barselona", "Milan" va "Yuventus" jamoalari safida o'ynagan.



Yarim himoyachilar:

Lotar Matteus. Germaniya terma jamoasining almashtirib bo'lmas futbolchilaridan biri bo'lgan. Ushbu surat esa 1999 yilgi "Bavariya" - MYU final o'yinidan olingan...


Mixael Ballak. Ushbu tarkibimizdagi eng omadsiz futbolchilardan biri. 2002 yil "Bayer" bilan, 2008 yili "CHelsi" bilan birgalikda ECHL finaligacha etib borgan. Kamiga Germaniya terma jamoasi safida JCH-2002 va Evro-2008 kumush medallari...


Patrik Vieyra. Uni "Arsenal"dagi o'yinlari orqali juda yaxshi eslaymiz. Bundan tashqari "Inter", "Yuventus" kabi jamoalar safida ham to'p tepgan. Ammo, lekin, biroq...


Pavel Nedved. CHexiyalik mashhur futbolchi ham 2003 yilgi ECHL g'olibligiga yaqin kelgandi, afsuski...


Hujumchilar:

Ronaldo. Ushbu futbolchiga ortiqcha tarif berib o'tirishimiz shart emas bizningcha...


Zlatan Ibragimovich. SHveciyalik futbolchi Evropaning ko'plab superklublarida o'ynagan. Afsuski, ularning hech qaysisi bilan birgalikda CHempionlar Ligasi g'olibi bo'lish nasib qilmagan...


Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика