So’nggi yangiliklar

01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  1 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  1 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  5 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1 20:05"Комо" "Ювентус" хавбекига даъвогарлик қилмоқда  1

Havoga uchirilgan pullar Yangiliklar

Havoga uchirilgan pullar

Futbol ayni paytda nafaqat tomoshabop o'yin, balki yaxshigina biznes hamdir.

Sportning ushbu turida anchagina pul aylanadi. Masalan, o'tgan hafta bo'lib o'tgan "Inter" - "Yuventus" o'yini 3,7 million evro to'pladi.

Biz esa bugun yaxshigina summa evaziga sotib olinib, o'zini ko'rsata olmagan futbolchilar haqida gaplashamiz.

Mario Balotelli

Transfer: Milan -> Liverpul

Transfer summasi: 20 mln. evro

Statistika: 28 o'yin; 4 gol.


"Milan" safidagi muvvafaqiyatli mavsumdan so'ng Balotelli 2014 yil 25 avgust kuni yana Angliyaga qaytadi. Futbolchi Suares ketganidan so'ng kuchli hujumchiga muhtoj bo'lib qolgan "Liverpul" safiga borib qo'shilgandi.
O'sha yilning 17 sentyabrida futbolchi klubi safidagi ilk golini "Ludogorec" darvozasiga kiritgandi. 2015 yilning 10 fevralida esa APL doirasidagi birinchi va oxirgi golini kiritgan. Ochig'ini aytadigan bo'lsak, "Liverpul" selekciya hizmati ushbu transferni amalga oshirib "eb qo'ydi". 20 millionga harid qilingan futbolchi "Liverpul"dagi faoliyati davomida bor yo'g'i 4 tagina gol kirita oldi. SHundan so'ng u yana "Milan"ga qaytib ketdi.



Maykl Ouen

Transfer: Liverpul -> Real Madrid

Transfer summasi: 11 mln. evro

Statistika: 55 o'yin; 19 gol.


Ushbu transferni katta muvaffaqiyatsizlik deb bo'lmaydi. Biroq, ingliz hujumchisi madridliklar safida o'zidan kutilgan o'yinni namoyish eta olmadi. Unga ushbu faoliyati davomida doimiy jarohatlar halal berardi. Bu orada u zaxira o'yinchisiga aylanib qoldi. So'ngra... 2005 yilda jamoaga Robino va Baptista kabi futbolchilar kelganidan so'ng uning o'zi jamoadan ketmoqchi ekanligini malum qildi. U o'zining jonajon "Liverpul"iga qaytishni istagandi. Biroq, o'sha paytda uning transferi uchun mersisaydliklarda pul yo'q edi. SHu sabab, futbolchi 25 million evro evaziga "Nyukasl" safiga borib qo'shiladi. Ushbu transfer orqali "Real" pul ishlab ham olgan. Biroq, futbolchining o'sha paytdagi potencialini hisobga oladigan bo'lsak, uni bejizga ushbu ro'yxatga kiritmaganimizni sezib olishingiz mumkin.


Aser Ilyarramendi

Transfer: Real Sosedad -> Real Madrid

Transfer summasi: 38.9 mln. evro

Statistika: 61 o'yin; 2 gol.



2013 yilning 12 iyulida "Real" bilan 6 yillik shartnoma imzolanadi. Uning transferi madridliklar uchun 38,9 million evroga tushgan. 30 million uning shartnomasidagi narxi. Yana deyarli 9 millionga yaqin pul qo'shimcha qiymatlar solig'i. Ushbu pulni ham "Real" to'lagan.

Ammo, lekin, biroq... Ne-ne umidlar bilan harid qilingan ushbu futbolchi ham yangi jamoasi tarkibida o'zini ko'rsata olmadi. Aser jamoa safida jarohat olgan Xedira va Modrichlarning o'rniga maydonga tushardi. Qolgan payt esa asosan zaxirada qolgan.

2015 yilning yanvarida futbolchiga "Atletik" tomonidan qiziqish bildirilayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi. Lekin, nimanidir o'zgarishiga umid qilgan futbolchi madridliklar safida qolishga qaror qilgandi. Kovachichning jamoaga kelishi bilan barchasi o'z yakuniga etdi. Aser 15 million evro evaziga sobiq jamoasi - "Real Sosedad" safiga qaytib ketdi. SHu tariqa madridliklar ushbu transfer orqali 24 million evro yo'qotganlar.


Endi Keroll

Transfer: Nyukasl -> Liverpul

Transfer summasi: 41 mln. evro

Statistika: 55 o'yin; 12 gol.



Ushbu transfer ham "Liverpul"ga juda qimmatga tushgan. Vaqtida klub Keroll uchun 41 million evro to'lagan. Angliya terma jamoasining o'sha paytdagi hujumchisi "qizillar" safida 55 ta o'yinda bor-yo'g'i 12 ta gol kirita olgan.

Muvaffaqiyatsiz o'yinlardan so'ng futbolchi 17 million evro evaziga "Vest Xem"ga sotib yuborilgan. Oldi-qochdi gaplarga qaraganda, "Liverpul" o'z futbolchisiga jamoani tark etishni iltimos qilib pul to'lagan ilk klub hisoblanadi. O'shanda uning o'ziga jamoadan ketishi uchun 1 million evro to'lab berilgan ekan.



Robino

Transfer: Real Madrid -> Manchester Siti

Transfer summasi: 40 mln. evro

Statistika: 53 o'yin; 16 gol.



2008 yil futbolchi "CHelsi" safiga borib qo'shilishi kutilgandi. Biroq, transfer oynasining so'nggi kunida uni "Manchester Siti" ilib ketadi va futbolchi bilan 4 yillik shartnoma imzolanadi. Norasmiy malumotlarga qaraganda, "shaharliklar" futbolchi uchun 40 million evro to'lab berishgan. O'sha paytda bu Britaniya futboli uchun rekord edi (albatta, 2011 yil "CHelsi" Torresni sotib olmagunicha).

40 million evro evaziga 53 ta o'yinda 16 tagina gol? Bu ham braziliyalik hujumchiga yarashmaydigan statistika. Ikki omadsiz mavsumdan so'ng futbolchi 20 million evro evaziga "Milan"ga sotib yuborilgan.


Andrey SHevchenko

Transfer: Milan -> CHelsi

Transfer summasi: 41 mln. evro

Statistika: 48 o'yin; 9 gol.



"SHevchenko - dunyoning eng kuchli hujumchisi. CHunki, u muhim o'yinlarda o'zining nimalarga qodir ekanligini isbotlagan". Bu Drogbaning so'zlari edi. Biroq, aynan afrikalik futbolchi "aristokratlar" afsonasiga aylana oldi. SHevchenko esa "CHelsi" tarixidagi eng omadsiz transferlar qatoriga kirib qolgan. Ikki yil ichida og'ir jarohatlar, operaciyalar ukrainalik futbolchiga o'zini ko'rsatishi uchun imkon bergani yo'q. Mourinoning ishonchiga qaramasdan, u 48 ta o'yinda bor-yo'g'i 9 marotaba raqiblar darvozasiga gol kirita olgan. SHuuuncha pul bekorga ketdi - futbolchi erkin agent sifatida "Dinamo" Kiev safiga yo'l olgan.




Radamel Falkao

Transfer: Atletiko -> Monako/MYU/CHelsi

Transfer summasi: 60 mln. evro

Statistika: 60 o'yin; 18 gol.




2013 yilning 31 mayida Falkao Monakoga ko'chib o'tdi. Jamoa bilan 5 yillik shartnoma imzolandi. Futbolchining transferi uchun 60 million evro to'landi. Avvaliga barchasi yaxshi ketayotgandi. Lekin, tizzadan olingan jarohat futbolchi uchun mavsum yakunlanganini bildirardi. Ushbu jarohat sababli u shuningdek Braziliyadagi JCHni ham o'tkazib yuborishga majbur bo'lgandi.

Futbolchi maydonga qaytganidan so'ng MYU safiga borib qo'shildi. Manchesterliklar futbolchining ijarasi uchun yaxshigina pul va Falkaoning o'ziga haftasiga 300 ming evro to'lardilar. Natija - 29 ta o'yin va 4 ta gol. Ayni paytda u "CHelsi" safida ijara asosida harakat qilmoqda. Natija ham Falkao usulida - 7 ta o'yin 1 ta gol. Judayam omadsiz transferLAR!



Fernando Torres

Transfer: Liverpul -> CHelsi

Transfer summasi: 62 mln. evro

Statistika: 172 o'yin; 45 gol




2011 yilning 31 yanvarida "CHelsi" yaxshigina summa evazigan Fernando Torresini o'z safiga qo'shib oldi. 5,5 yillik shartnoma va haftasiga 175 ming funt maosh. 50 million funtlik transfer esa boya aytib o'tganimizdek Angliya Premer-Ligasi tarixidagi rekord transferga aylandi. To'g'ri, 172 ta o'yinda 45 ta gol kiritish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi. Biroq, Torresdan bundan ortig'i kutilgandi. SHunday vaqtlar bo'lganki, u 5 oy davomida gol kirita olmagan. Londonliklar safidagi ilk golini kiritish uchun unga 14 ta o'yin kerak bo'ldi. SHu joyiga futbolchining "Liverpul" va "CHelsi"dagi statistikalarini keltirib o'tamiz. Hulosa esa o'zingizdan:

"Liverpul" - 142 o'yin va 82 gol

"CHelsi" - 172 o'yin va 45 gol



Kaka

Transfer: Milan -> Real Madrid

Transfer summasi: 65 mln. evro

Statistika: 120 o'yin; 29 gol


2009 yilning 8 iyunida "Milan" va "Real" Kakaning transferi borasida kelishuvga erishadilar. Futbolchining o'zi bilan 6 yillik shartnoma imzolandi. Milanliklarning idealiga aylangan futbolchi Madridda porlay olmadi. Doimiy jarohatlar futbolchiga o'zini ko'rsatishga imkon bergani yo'q. 65 million evro evaziga sotib olingan futbolchi muvaffaqiyatsiz mavsumlardan so'ng "Milan"ga tekinga qaytib ketgan.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика