So’nggi yangiliklar

14:31"Қўқон-1912"ни Суперлигада олиб қолган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 14:11Эшитдик-да! Ўзбекистон Португалия билан ўйнамайди  17 13:48Колумбия ЖЧда Осиё жамоаларига қарши 3 марта ўйнаган  7 13:38Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  0 13:05Португалиянинг ЖЧда Осиё жамоаларига қарши статистикаси қандай?  9 12:23"Манчестер Сити" етакчиси "Реал"га қарши ўйнамаслиги мумкин  2 12:15TVCOM'да бугунги ўйинлар: “Ман Сити”, “Барса” ва бошқалар  1 11:55Йозеф Блаттер: "Саудия Арабистони дунё футболини бошқармоқда"  6 11:35Арне Слот "Ливерпуль"нинг асосий мақсадини айтди  0 11:15Суперлига-2025. Ким пенальтилардан кўп жабр кўрди?  4 10:50Колумбия бош мураббийи: "Мундиалга футболчилар энг яхши ҳолатда келиши учун тайёргарлик кўрамиз"   7 10:21Португалия бош мураббийи: "Ўзбекистонга нисбатан ҳурматимиз юқори"  18 09:50Флик: “Ламин Ямал ҳозир ҳайратланарли даражада ўсиш кўрсатяпти”  0 09:25Шевченко: “Энг муҳими — плей-оффдан ўтиб, ЖЧ–2026 йўлланмасига эга чиқиш”  3 08:54Дешам: “Гуруҳимиз ЖЧ–2026нинг энг қийинларидан бири”  5

Mavsumning omadsiz 10 ta transferi - "Nasaf" "top"! Yangiliklar

Mavsumning omadsiz 10 ta transferi - "Nasaf" "top"!

Superliga yana bir mavsumni ortda qoldirdi.

 Har bir jamoa tarkibni mustahkamlashga harakat qildi, lekin barcha transferlar ham o'zini oqlamadi. Quyidagi ro'yxat — moslashmagan, ishonchni oqlamagan yoki o'zini ko'rsata olmagan futbolchilar tahlili.

Oleksandr Vorobey  — raqobat tug'dira olmagan kiper

"Nasaf"da asosiy darvozabon sifatida Abduvohid Nematov hisoblanadi. Tabiiyki, o'tgan mavsum qishki transferlar oynasida unga munosib raqobatchi zarur edi. Klub bu maqsadda ukrainalik posbon Oleksandr Vorobeyni jalb qildi. Lekin kiper mavsum davomida kutilganidek raqobat tug'dira olmadi. Vorobey debyut uchrashuvidayoq Kubok musobaqasida "Paxtakor"dan 6 ta gol qabul qildi. Ro'ziqul Berdiev unga Elit OCHLda ham imkoniyat berdi. Ammo klubda darvozabonlar o'rtasida raqobat mavjud emasligi birinchi navbatda Nematovning o'ziga salbiy tasir ko'rsatmoqda.

30 yoshli darvozabon barcha musobaqalarda 4 ta o'yinda 12 ta gol o'tkazib yubordi. Katta ehtimol bilan Vorobeyga javob beriladi va yangi, munosib raqobatchi izlanadi.

Adenis Shala — “ajdarlar” kutgan  kuchayish amalga oshmadi

Bu yil "ajdarlar" legionerlardan baraka topmadi — bu fikrni Berdievning o'zi ham matbuot anjumanida takidlab o'tdi. Adenis Shala yozgi transferlar oynasida tarkibni kuchaytirish maqsadida olib kelingandi. Albaniyalik vinger Superligada 10 ta o'yinda 549 daqiqa (o'rtacha 54 daqiqa) maydonda bo'ldi. Elit OCHLda esa 3 ta uchrashuvda ishtirok etdi.

Shalaning maydonda ajralib turadigan kuchli sifati sezilmadi. Legionerlar jamoaga foyda berish uchun chaqiriladi, ammo Shalaning hech qanday real nafi ko'rinmadi.

Kingsli Sokari — “keldi, ko'rdi, jarohat oldi”

Keldi, ko'rdi, ketdi. Bu ibora "Nasaf"ning nigeriyalik legioneri Kingsli Sokariga to'liq mos keladi. 30 yoshli yarim himoyachi kelgan zahoti, hali maydon yuzini ko'rmasdan jarohat oldi. Bu holatdan klub zarar ko'rdi, xolos.

Ro'ziqul Berdiev odatda legioner tanlashda juda ehtiyotkor bo'lardi, ammo bu yil bu borada jiddiy muammolar kuzatildi. Qiyin taqvimda rotaciya qilish uchun futbolchi yo'q, jarohat va diskvalifikaciyalar esa doimiy muammoga aylandi.

Eldor Suyunov — mavsum boshida imkoniyat, keyin esa qaydnomadan tashqari

Amaldagi chempion "Neftchi"da bu mavsum 3 ta yaxshi saviyadagi darvozabon jamoa tarkibiga kiritildi. Lekin Botirali Ergashev raqobatda ustun kelib, asosiy kiperga aylandi. Tajribali Eldor Suyunov mavsum boshida 4 ta o'yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda darvozasi 6 marta ishg'al etildi, ikkita o'yinda esa darvozasi daxlsiz qoldi.

"Paxtakor"dan uchralgan yirik (0:4) mag'lubiyatdan keyin Suyunov mavsum oxirigacha qaydnomaga ham kiritilmadi.

Jonatan Sekeyra — raqobatda yutqazgan "sherlar" kiperi

"Paxtakor"ning braziliyalik kiperi Jonatan mavsum boshida bir qancha o'yinlarda maydonga tushdi. Uni Moreyra boshqaruvda asosiy darvozabon sifatida ko'rdi. Biroq Jonatan kutilgan natijani ko'rsata olmadi.

Posbon 9 ta uchrashuvda 12 ta to'p o'tkazdi, faqat 2 ta bahsda darvozasini sof saqladi. Yakunda raqobatda Vladimir Nazarov ustun keldi va o'z o'yinlari bilan asosiy kiper bo'lishga haqli ekanini isbotladi. Jonatan esa ijobiy taassurot qoldirolmadi.

Ajak Riak — transferdan ko'ra eksperiment

Qishda OKMKga olib kelingan Ajak Riakdan katta umidlar bor edi. U Janubiy Sudandan, Evropa futboli muhitini ko'rgan, “Sherif”da o'ynagan, terma jamoa azosi — lekin amalda barchasi boshqacha bo'ldi.

Riak Qosimov jamoasiga moslasha olmadi. Birinchi davrada 5 ta uchrashuvda o'ynadi, ammo samara ko'rsatmadi. Ikkinchi davrada faqat 1 ta bahsda maydonga tushdi. Hujumchilardan kutilgan vazifalar — zarba, yakunlash, tahdid — hech biri bajarilmadi. U birorta gol urmadi. Shu bois u bilan xayrlashish mantiqan to'g'ri qaror.

Shahzod Ubaydullaev — ishonch berildi, natija esa ko'rinmadi

"Navbahor" bu mavsum boshida transfer siyosatini o'zgartirib, mahalliy futbolchilarga ko'proq imkoniyat bera boshladi. Shu tarzda kosonsoylik hujumchi Shahzod Ubaydullaev ham jamoaga qo'shildi.

Oxirgi yillarda Belarus va "Metallurg"da to'p tepgan futbolchidan malum tajriba va samara kutilgandi. Ubaydullaev mavsumning birinchi yarmida 8 ta uchrashuvda o'ynadi, ammo birorta gol urmadi. Ishonchdan chiqib borardi va oxirgi turlarda zaxirada qoldi. Ikkinchi davrada qaydnomaga ham kiritilmadi.

Silvanus Nimeli — xayp katta, o'yin esa kutilganidek emas

"Surxon"dagi o'yinlari bilan tanilgan Silvanus Nimeli bu yil ikkinchi davrada O'zbekiston chempionatiga qaytdi va "Neftchi"ga qo'shildi. Undan katta mo'jizalar kutildi — Kojo bilan birga xavfli juftlik yaratishi lozim edi.

Ammo Nimeli 6 ta o'yinda jami 214 daqiqa o'ynadi, xolos. Hujumdagi asosiy yukni Marushich, Odilov va Kojo ko'tardi.

Manuchehr Safarov — potencial bor, ammo tizimga mos tushmadi

Tojikiston terma jamoasi azosi Manuchehr Safarov “Dinamo” uchun qishda amalga oshirilgan eng qiziqarli transferlardan biri edi. Uning yuqori tezligi, qanotdan qo'shimcha bosim berish qobiliyati va universalligi jamoaga kerakdek tuyulgan.

Qishki yig'inlarda Safarov raqobatga tayyor ekanini ko'rsatdi, ammo rasmiy o'yinlarda vaziyat boshqacha tus oldi. Abramov tizimida u nafaqat asosiy tarkib, balki rotaciyada ham o'rin topa olmadi. Buning asosiy sababi – jamoaning o'yin uslubi Safarovning kuchli tomonlariga mos kelmagani.

Shartnoma borligi bois jamoada qoldi, ammo deyarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi. Safarov yakunda Tojikistonning "Istiqlol" jamoasiga qaytdi.

Amed Kobena — 13 daqiqalik transfer

"Qo'qon-1912" Amed Kobenani qishda hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida olib kelganini elon qilganida, jamoa muxlislari undan kamida raqobatchi bo'lishni kutgan edi. Lekin Kobena O'zbekiston futboliga moslasha olmadi. Uning transferi amalga oshirilgan kundanoq mutaxassislar orasida taxminlar paydo bo'lgandi — futbolchi agentlar tavsiyasi bilan olib kelingan, selekciya chuqur o'rganilmagan ko'rinadi, degan fikrlar bo'lgan.

U faqat bir uchrashuvda 13 daqiqa maydonda bo'ldi. Raqobat uchun kurashmadi, taassurot qoldirmadi va aprel oyidayoq shartnomasi bekor qilindi.

"Qo'qon-1912" muxlislari uni deyarli tanimay ham qolishdi. Nomi klub tarixida emas, transfer ro'yxatlaridagina qoldi.


Xulosa

Uzoq mavsum ortida qolar ekan, har bir jamoa, har bir futbolchi va har bir murabbiyning tajribasi alohida xulosalarni talab qiladi. Bu mavsumda o'zini to'liq namoyon qila olmagan futbolchilar mavjudligi — jamoalar tanlagan transfer siyosatining o'ziga xos sinovi bo'ldi. Ammo muvaffaqiyatsiz mavsum yoki kutilmagan pasayish — futbolchining imkoniyatlari tugadi, degani emas.

Kimdir yangi muhitga moslashish uchun ko'proq vaqtga muhtoj, kimdir ishonchsizlik tufayli ritmdan chiqdi, yana kimdir esa taktik jihatdan o'z o'rnini topolmadi. Lekin aynan shunday muammolar bazan futbolchini yanada kuchli qiladi. 

Reyting: +8   

Fikrlar

+2   
04 dek 14:03:42
Алёш ака
Насафдаги бирорта легионер ўзини оқлагани йўқ. Черан билан Чолович хам еган нонини оқламади. Хаммасини кутига бир тепиб хайдаш керак. Гала пидераст легионерларни йиғиб олган Рўзибой
+1   
04 dek 15:17:25
Шухрат
Отабужи Кани насафдаги
+1   
04 dek 10:54:07
Холмирзаев Комил
МАНИ. ФИКРИМЧА. СЕПЕРЛИГА. УЧУН. ЛЕГИОНЕРЛАР ЛИМИТИНИ. 3 ТА КИЛИШ. КЕРАК БАЛКИМ. КЕЙИН. КУПРОК. СИФАТГА ЭЬТИБОР. КАРАТИШАР КЛУБЛАРИМИЗ
   
05 dek 05:34:15
.
Mr Azimov foydalanuvchining fikriga javob berish
Man otkatlar, besamar sarflashlarga qarshiman albatta. Bor yogi nimaga xususiy bo‘lmaydi, nimaga davlat pul berishi kere diganizga jovob yozdim xolos. Qaytanga man bitta narsani gaplashmoqchiman. Boshqa kontekslarga o‘tib ketmadim. Sizdan farqli ravishda. Faqat futboldamas xamma sohada kontrol qilish qiyin shunga xam kop sohada orqadamiz. Lekin iloji ham yo‘q moliyalashtirilmasa o‘ladi futbol. Hatto bizdan ancha ekonomikasi baland, futboli ham ancha oldinda Rossiya superligasida sanoqli xususiy klub bor.
Ha yaxshi
   
05 dek 00:28:50
Mr Azimov
. foydalanuvchining fikriga javob berish
Sz ulardi agenti yo birorta futbolchi bosez kere, ma'no bittayu gapimda, byudjetdan pul bekorga sovirilmasin noeffektiv yòl bilan chala legionerlarga keturmasin xalq pullari dmoqchiman. Shartmas javob yozishiz siz umumiy konteksda gaplashmisz ekan baribir
Man otkatlar, besamar sarflashlarga qarshiman albatta. Bor yogi nimaga xususiy bo‘lmaydi, nimaga davlat pul berishi kere diganizga jovob yozdim xolos. Qaytanga man bitta narsani gaplashmoqchiman. Boshqa kontekslarga o‘tib ketmadim. Sizdan farqli ravishda. Faqat futboldamas xamma sohada kontrol qilish qiyin shunga xam kop sohada orqadamiz. Lekin iloji ham yo‘q moliyalashtirilmasa o‘ladi futbol. Hatto bizdan ancha ekonomikasi baland, futboli ham ancha oldinda Rossiya superligasida sanoqli xususiy klub bor.
   
04 dek 22:13:22
Шухрат
Хамза Бобоёров foydalanuvchining fikriga javob berish
Отабанжони футболчи хисоблашмаган шекилли тугри килишагн
Отабужимасми
   
04 dek 20:06:39
Хамза Бобоёров
Шухрат foydalanuvchining fikriga javob berish
Отабужи Кани насафдаги
Отабанжони футболчи хисоблашмаган шекилли тугри килишагн
   
04 dek 19:58:30
Хамза Бобоёров
Don foydalanuvchining fikriga javob berish
Шалани омадсиз демаган булардим, харқалай черандан кура анча фойдали тезкор футболчи,Насаф рахбарлари леганерлардан Шала ва чап қанотда уйнайдиган кал сербияликни олиб қолишлари керак,бу футболчилар купгина махалий футболчиларимиздан бир бош устинлик тамонлари бор
Тугри айтдиз Шала бн Чолович жуда куп мехнат килишади
   
04 dek 19:30:22
Don
Шалани омадсиз демаган булардим, харқалай черандан кура анча фойдали тезкор футболчи,Насаф рахбарлари леганерлардан Шала ва чап қанотда уйнайдиган кал сербияликни олиб қолишлари керак,бу футболчилар купгина махалий футболчиларимиздан бир бош устинлик тамонлари бор
   
04 dek 17:58:12
Mr Azimov
. foydalanuvchining fikriga javob berish
Hamma òzini ishini qigan yaxshi. 35 yil kuttikmi bitta jchga chiqishini. Klublarni sotsin demayabman, minimum pul berilsin odamlar mehnatiga yarasha oylik oladiyu asosan,nega futbol ham shunaqilinmidi.
O‘ziz birinchi nimaga xususiymas didiz. Javob bersam sotmasin debsiz? Tushunmadim.

Masalan siz futbolchisiz. Oyligiz xozir 10.000 $. Birdan qaror chiqib oyligiz el qatori 1000$ bo‘lib qoldi. Qo‘shni davlatlarda o‘sha pulni bemalol beradi. Ishlagani chiqib ketasizmi? Endi tasavvur qiling chempionatimizda oyiga 30-40 ming oladigan o‘zbek futbolchilari kop.
   
04 dek 16:45:41
.
Mr Azimov foydalanuvchining fikriga javob berish
Jamoalarni xususiy qilib sotib oladigan boy yo‘q. Chunki bizni futboldan moddiy foyda kelmaydi. Kelsa ham juda katta summa tikib,uzoq yil mevasini kutish kerak. Angliyada da pastki divizionlardagi jamoalar ham hususiy va foyda keltiradi. Sotib olgan odam bir ikki million foyda qiladi. Halqini qo‘lida pul bor. Bizda agar davlat mablag bermasin, o‘sha yili o‘ladi futbol. Har tomonlama o‘ladi. Futbolchilar ko‘pi ketadi futboldan. Yoki boshqa davlat fuqaroligini oladi. Hamma gap davlatni, halqni moddiy qudratida.
Hamma òzini ishini qigan yaxshi. 35 yil kuttikmi bitta jchga chiqishini. Klublarni sotsin demayabman, minimum pul berilsin odamlar mehnatiga yarasha oylik oladiyu asosan,nega futbol ham shunaqilinmidi.
   
04 dek 14:51:26
nasaf
Бешта ўртамиёна легионердан кўра 3 та зўрини олиб кел. Шу бештага кетадиган ойлик учтасига етади. Натижа қилиб беради
   
04 dek 12:54:44
Mr Azimov
. foydalanuvchining fikriga javob berish
Uzi nega davlat klublarda boqish kerak. Nega aplga o'xshab hususiylashtirmaydi.
Jamoalarni xususiy qilib sotib oladigan boy yo‘q. Chunki bizni futboldan moddiy foyda kelmaydi. Kelsa ham juda katta summa tikib,uzoq yil mevasini kutish kerak.
Angliyada da pastki divizionlardagi jamoalar ham hususiy va foyda keltiradi. Sotib olgan odam bir ikki million foyda qiladi. Halqini qo‘lida pul bor.
Bizda agar davlat mablag bermasin, o‘sha yili o‘ladi futbol. Har tomonlama o‘ladi. Futbolchilar ko‘pi ketadi futboldan. Yoki boshqa davlat fuqaroligini oladi. Hamma gap davlatni, halqni moddiy qudratida.
   
04 dek 12:14:57
.
Uzi nega davlat klublarda boqish kerak. Nega aplga o'xshab hususiylashtirmaydi.
   
04 dek 11:55:39
Murodjon Fayzullaev
Холмирзаев Комил foydalanuvchining fikriga javob berish
МАНИ. ФИКРИМЧА. СЕПЕРЛИГА. УЧУН. ЛЕГИОНЕРЛАР ЛИМИТИНИ. 3 ТА КИЛИШ. КЕРАК БАЛКИМ. КЕЙИН. КУПРОК. СИФАТГА ЭЬТИБОР. КАРАТИШАР КЛУБЛАРИМИЗ
Бизни клублар сифатга карамайди арзон булса олиб келади яхши уйинчи киммат киммат клублар сарфламайди бу пулни
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика