"Dinamo" "Aral" darvozasiga 4 ta to'p yo'lladi
05 fev 13:59
Yangiliklar
"Dinamo" "Aral" darvozasiga 4 ta to'p yo'lladi
Uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari Nematilla Quttiboev murabbiyligidagi Pro liga ishtirokchisini yirik hisobda mag'lub etdi.
O'yinning 2-daqiqasida Anvar Hojimirzaevning uzatmasidan keyin Aziz Amonov hisobni ochgan bo'lsa, 8-daqiqada yana Hojimirzaevning uzatmasidan keyin hujumga etib kelgan urugvaylik himoyachi Mauro Brazil boshi bilan golga mualliflik qildi – 2:0.
Ikkinchi bo'limda esa Nurillo To'xtasinov va Mirjahon Mirahmadov hisobni yanada yiriklashtirdi – 4:0.
Bugungi bahsda franciyalik himoyachi Mahammadu Dembele jamoa ko'rigida qatnashdi.
O'rtoqlik o'yini
"Dinamo" – "Aral" 4:0
Gollar: Aziz Amonov 2', Mauro Brazil 8', Nurillo To'xtasinov 55', Mirjahon Mirahmadov 77'
"Dinamo": Edem Nemanov, Sanjar Qodirqulov, Jaloliddin Jumaboev, Jahongir O'rozov, Mahammadu Dembele, Dramane Salou, Jahongir Abdusalomov, Akbar Xudoyberdiev, Anvar Hojimirzaev, Aziz Amonov, Ulug'bek Hoshimov.
Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushganlar: Sarvar Karimov, Ulug'bek Abdullaev, Kingsli Sarfo, Bektemir Abdumannonov, Nurillo To'xtasinov, Firdavs Abdurahmonov, Xislat Xalilov, Mirjahon Mirahmadov, Abdulahad Hoshimov, Behruzbek Oblaqulov.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин
Fikrlar