So’nggi yangiliklar

17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  0 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  0 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  6 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  11 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  7 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  3 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  2 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  4 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  8

Havaskorlar futbolida Qozog'iston mag'lub etildi Yangiliklar

Havaskorlar futbolida Qozog'iston mag'lub etildi

Qo'yliq stadionida 6x6 futbol bo'yicha havaskor sportchilar o'rtasida xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi.

Bunda LLF SUPER LIGA terma jamoasi LLF Qozog'iston terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli kechgan bellashuvda LLF SUPER LIGA yulduzlaridan tashkil topgan jamoa 4:3 hisobida g'alaba qozondi. 

LLF SUPER LIGA tarkibi:

Darvozabonlar - SHerzod Mirzarahimov (UZPSB), Navro'z Mirzaev (DHL).

Futbolchilar - Azamat Boymatov (VOSTOK), Eldor Nigmatov (TTG), SHokir Xodiev (UZPSB), Vusal Magerramov (UZPOST), SHuxrat Axmedov (UZPSB), G'ayrat Ismoilov (UZPSB), Aliakbar Bayburin (UZPSB), Aziz Mamatov (UZPSB), Kamoliddin Mahamadov (UZPOST), Jamshid Isaev (PHOENIX).


LLF SUPER LIGA - LLF Qozog'iston 4:3

Gollar: Aziz Mamatov (2ta), Azamat Boymatov, Aliakbar Bayburin - Erkebulan Qasqirbaev (2ta), Erkeg'ali Jantleuov.

Bellashuv shu kuni stadionga tashrif buyurgan muxlislarga ham maqul keldi. O'z navbatida Qozog'iston terma jamoasi vakillarimizni match-revanshga taklif qildi. LLF Tashkiliy qo'mitasi mazkur o'yinni yuqori saviyada o'tkazdi. Uchrashuvni bevosita stadionda taniqli sharhlovchilar - To'lqin Bakirxo'jaev hamda Evdokim Raimov sharhlab bordilar. 


P.S. Hozirgi paytda LLF Tashkiliy qo'mita tomonidan havaskorlar o'rtasida futzal bo'yicha 3ta musobaqa o'tkazib kelinmoqda. SUPER LIGA (12ta jamoa), 1-LIGA (12ta jamoa) va 2-LIGA (9ta jamoa). Tez orada O'zbekistonda ilk bor 6x6 futbol bo'yicha chempionat tashkil etish rejasi ishlab chiqilyapti. Agar Sizda LLF faoliyatiga qiziqish hamda musobaqaga jamoa qo'yish istagi bo'lsa, ushbu raqamga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin: +998998781981 (Xayrulla).

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика