So’nggi yangiliklar

23:01"Мен Лео қолади деб кафолат бермаганман" — Лапорта Хавининг айбловларига жавоб қайтарди  2 22:30Неймар 2023 йилдан бери илк бор Бразилия терма жамоасининг кенгайтирилган таркибига киритилди  1 21:59Абдуқодир Ҳусановнинг трансфер нархи нега ошмади? Англиялик эксперт жавоб берди  6 21:23"Манчестер Сити" футболчиси 80 000 фунт жарима тўлайди  2 20:59Мбаппе "Реал" шифокорларига ишонмаяпти — у 3 ойдан бери жароҳат билан ўйнаб келган  9 20:41Осиё Кубогидаги шов-шув: Эрон терма жамоасининг 5 нафар футболчиси полиция ёрдамида қочиб кетди  12 20:04Маунт "Манчестер Юнайтед"даги келажаги бўйича бир қарорга келди  0 19:43Суперлиганинг 2-турида ҳакамлар бир нечта қўпол хатога йўл қўйди  12 19:31"Ливерпуль" раҳбарияти бош мураббийга шарт қўйди. Слотдан нималар талаб қилинмоқда?  7 19:03Хави "Барса"га қайтиши ҳақидаги миш-мишларга чек қўйди  2 18:35"Манчестер Юнайтед" Кварацхелияга қизиқмоқда, аммо футболчининг нархи трансфер имкониятини шубҳа остига қўймоқда  3 18:07"Тоттенхэм" Тудорни ишдан бўшатишга тайёр. Клуб аллақачон бош мураббийликка икки номзодни кўриб чиқмоқда  4 17:39"Барселона" ва "Манчестер Юнайтед" сенсацион алмашувни тайёрламоқда  11 17:11"Ливерпуль" футболчиси АПЛдаги рақобатчидан қизиқиш бўлганини тасдиқлади  1 16:43Суперлига. "Андижон" охирги бор "Нефтчи"ни Фарғонада қачон енгган?  20

Harri Keyn Jahon chempionatidagi maqsad haqida gapirdi Yangiliklar

Harri Keyn Jahon chempionatidagi maqsad haqida gapirdi

Hujumchi Angliyaning asosiy maqsadi g'oliblik ekanini aytdi.

Harri Keyn Angliya terma jamoasi JCH-2026da g'alaba qozonishni maqsad qilganini malum qildi. Angliya jamoasi Latviyani saralash o'yinida mag'lub etgach (5:0), turnirga rasman yo'llanma oldi.

"Bizning maqsadimiz har doim shunday. Saralash bosqichini alo darajada boshladik. Odamlar bizning saralashdan o'tishimizni kutishgandi, ammo buni amalga oshirish uchun maydonga tushib, ishni bajarish kerak edi.

Serbiyaga qarshi o'yinni (5:0) juda yuqori darajada o'tkazdik va keyingi barcha o'yinlar uchun aynan shunday meyorni o'rnatishimiz lozim. Albatta, jahon chempionati yo'lida bizni yanada murakkab uchrashuvlar kutayotganiga umid qilaman.

Biz uzoq yo'lning boshidamiz, bu yo'lda yutuq va mag'lubiyatlar ko'p bo'ladi. Yangi murabbiy [Tomas Tuxel] bilan jamoa ruhini shakllantiryapmiz, chunki turnirga chiqqach, olti-etti hafta birga bo'lamiz, shu bois bir-birimiz bilan chiqishib ketishimiz muhim.

Yaxshi tayyorgarlik ko'rish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanamiz, lekin hammasi u erga borganimizdagi qatiyatimiz va maqsadga intilishimizga bog'liq bo'ladi.

Tuxel yirik turnirlarda ajoyib natijalarga erishgan. Masalaning mohiyati mana shunda. Ko'plab kuchli jamoalar bor va biz ulardan birimiz, ammo oxir-oqibat hamma narsa kerakli paytda qaysi jamoa o'zini yig'ib olishiga bog'liq.

Turnir lahzalardan iborat bo'ladi. Biz muhim daqiqalarda g'alaba qozonish va muvaffaqiyatga intilish tufayli ikkita finalga chiqdik, ammo so'nggi lahzada muvaffaqiyatga erisha olmadik. Ammo bu bizga u erda bo'lishimiz va yana bir qadam oldinga siljishimiz mumkinligiga ishonch bag'ishlaydi," - dedi Angliya terma jamoasi va "Bavariya" hujumchisi Harri Keyn.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика