Hasan Salihamijich: “Biz bosimni yuzaga keltira olmadik”
14 mar 2019 08:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/483199_original.jpg)
![](/upload/storage/483199_220.jpg)
Hasan Salihamijich: “Biz bosimni yuzaga keltira olmadik”
“Bavariya” klubi sport direktori Hasan Salihamijich “Liverpul”ga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Biz bosimni yuzaga keltira olmadik. “Liverpul”ni esa olqishlash kerak. Ular juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Ular shunchaki bizdan kuchli edi. Raqib yakkakurashlarda ham bizdan ustun keldi. Odatda to'pga egalik qilishda ustunlik qilamiz, ammo bugun unday bo'lmadi. Biz raqib jarima maydonchasi yaqinida bo'la olmadik va odatdagidek vaziyatlarni yarata olmadik”,—deydi Salihamijich.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar