Harri Keyn: "Mening kelajagim "Bavariya"da"
12 apr 2024 11:48
Yangiliklar
Harri Keyn: "Mening kelajagim "Bavariya"da"
"Bavariya" hujumchisi Harri Keyn Myunxendagi omadsiz mavsum va kelajagi haqida gapirdi.
Angliyalik vahimaga tushmayapti.
"Germaniyadagi tajribam menga juda yoqdi. Bu faoliyatimda menga yangi turtki, yangi chaqiruv, yangi muhit berishi kerak bo'lgan qadam edi va men bu qadamni qo'yganimdan juda xursandman.
Mening kelajagim "Bavariya"da. To'rt yillik shartnomam bor. Bu erda baxtliman va umid qilamanki, ushbu mavsum o'zgacha natijaga erishaman. Agar unday bo'lmasa, yozda yana urinib ko'rishga tayyorman", – dedi futbolchi.
Angliyalik futbolchi Myunxen klubida ilk mavsumini o'tkazmoqda. 30 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha turnirlarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 39 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq Harri Keynning uch nafar farzandi avtofalokatga uchragani xabar qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar