Rasman: Jeko faoliyatini Germaniyada davom ettiradi
23 jan 14:24
Yangiliklar
Rasman: Jeko faoliyatini Germaniyada davom ettiradi
39 yoshli bosniyalik hujumchi Edin Jeko "Shalke"ga erkin agent sifatida o'tgani rasman elon qilindi.
Futbolchi bilan joriy mavsum oxirigacha mo'ljallangan shartnoma imzolandi.
Ushbu mavsumda Jeko "Fiorentina" safida o'ynab, barcha musobaqalarda 18 uchrashuv o'tkazdi va 2 ta gol urdi. Tajribali forvard asosan rotaciya futbolchisi vazifasini o'tadi.
Yoshiga qaramay, Jeko hali ham Evropa bozorida talabgir futbolchi hisoblanadi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, uning transfer qiymati 1,5 mln evro deb baholangan.
Malumot uchun, "Shalke" hozirda Ikkinchi Bundesligada 18 turdan keyin peshqadamlik qilmoqda va Germaniya futbolining elit divizioniga qaytish uchun jiddiy davogar sanaladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar