MLS musobaqa formatini tubdan o'zgartirmoqda
21 mar 00:20
Yangiliklar
MLS musobaqa formatini tubdan o'zgartirmoqda
MLS "bahor – kuz" formatida o'tkaziladigan kam sonli mashhur ligalardan biri hisoblanadi.
Bu Shimoliy va Janubiy Amerika uchun odatiy hol bo'lsa-da, chempionat rahbariyati Evropa bilan bir xil qadam bosishni maqsad qilmoqda.
Liga rasmiylari bayonot berib, 2027 yilning fevralidan may oyigacha qisqartirilgan mavsum o'tkazilishini malum qildi. Bu orqali liga Evropa chempionatlari bilan sinxronlashtiriladi. 30 ta jamoadan har biri o'z konferenciyasidagi raqiblar bilan 14 tadan o'yin o'tkazadi (7 ta uyda va 7 ta safarda).
Shundan so'ng pley-off bosqichi boshlanadi. Unda har bir konferenciyadan eng yaxshi 8 ta jamoa ishtirok etadi. Finalda Sharqiy va G'arbiy konferenciya chempionlari o'zaro bahs olib boradi.
So'ngra 2027 yil iyul oyida yangi, to'liq mavsum boshlanadi va u 2028 yilning mayigacha davom etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar