So’nggi yangiliklar

22:11Рўзиқул Бердиев: "Кубок ўйинлари давомида йигитларда кучли иштиёқ сезмадим"  0 22:02Сервер Жепаров: "Олимпик" лойиҳасига қўйилган вазифани уддалаш учун бир қадам қолди"  0 21:36Февзи Давлетов: "Жамоада рақобат бўлиши керак"  0 21:25"Барселона" ва "Бавария" шов-шувли алмашинувни амалга ошириши мумкин  4 21:00Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ўз майдонида "Анкарагюжю"ни қабул қилмоқда, Алиқулов илк дақиқалардан ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  3 20:50"Барселона" молиявий фэйр плей билан боғлиқ муаммо бўлган тақдирда кимни қурбон қилишини танлаб олди  3 20:30АПЛ. Чемпионликка даъвогар "Ман Сити" "Ноттингем Форест" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  0 20:03Туркия Суперлигаси. "Кайсериспор" Шукуров тўлиқ ўйнаган баҳсда меҳмонда ғалабага эришди  3 20:02АПЛ. "Тоттенхэм" ва "Арсенал" ўртасидаги Лондон дербисида 5та гол урилди  14 20:01Ўзбекистон кубоги. "Насаф" "ўлим гуруҳи"дан омон чиқмади, "Андижон" кейинги босқичда ва бошқа натижалар  84 19:54Ўзбекистон кубоги. "Навбаҳор" "Динамо" билан баҳсда ғалабани қўлдан бой берди  62 18:38Кунде АПЛ клубига ўтиши мумкин  2 18:14Осиё Кубоги. Ўзбекистон Индонезияга қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  8 18:09Футзал бўйича Осиё кубоги. Ярим финалда пенальтилар серияси орқали Ўзбекистондан ўтган Эрон финалда Таиландни қийинчиликсиз мағлуб этди ва 13-бор ғолибликни қўлга киритди  3 17:30А Серия. Чалханоглунинг дубли "Интер"га "Торино" устидан ғалабани тақдим этди  4

"Har o'yinda jang qilishga tayyormiz" - Vadim Abramov og'ir taqvim, "o'lim guruhi" va keyingi bahslar haqida Yangiliklar

"Har o'yinda jang qilishga tayyormiz" - Vadim Abramov og'ir taqvim, "o'lim guruhi" va keyingi bahslar haqida

Teglar :  Vadim AbramovDinamo
O'zbekiston kubogi guruh bosqichiga qura tashlangach, Dinamo H guruhida kubokning amaldagi sohibi Nasaf, Andijon va Navbahorga qarshi o'ynaydigan bo'ldi. Quradan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Vadim Karlenovich, Superligada mart oyidagi og'ir taqvimdan keyin «Dinamo» kubokda ham «o'lim guruhi»ga tushdi. Jamoaning guruhdan chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Ha, kuchli guruhdan joy oldik. «Andijon»ga qarshi safarda o'ynaymiz, «Nasaf» va «Navbahor»ni qabul qilishimiz ko'rsatilgan. Ammo Camarqandda o'ynamayotganimizni inobatga olsak, uchta o'yin ham biz uchun safarda o'tadi. CHunki maydonimizga qachon o'ynashga ruxsat berilishini hali aniq bilmayman. Nailoj, ushbu o'yinlar orqali o'zimizga bo'lgan ishonchni qaytarishga urinamiz. Har o'yinda jang qilishga tayyormiz. Bitta muammo –  o'z maydonimizda o'ynamayotganimiz. Qolganini to'g'rilasa bo'ladi.

- Eng og'ir taqvim «Dinamo»da: mart oyida chempionlik uchun davogar «Navbahor», «Neftchi», OKMKga qarshi o'ynaldi, aprelda esa Superligani yaxshi boshlagan «Andijon»ga qarshi safar o'yini, kubokning amaldagi sohibi «Nasaf» va yana «Navbahor»ga qarshi to'qnashuvlar. Jamoa ruhan tiklana oladimi?

- Bu futbol. Biz ham ulardek startni omadli boshlashimiz mumkin edi. Ammo turli sabablar tufayli bunday bo'lmadi. Bu masalaga qaytishni istamasdim, ammo Namangan va Olmaliqdagi o'yinlarimizni takroran ko'rib, tahlil qildim – hakamlar juda ko'p xatolarga yo'l qo'yishdi. Albatta, o'zimizda ham kamchiliklar bo'ldi. Umid qilamanki, keyingi o'yinlarda ular xatolarsiz boshqarishadi. O'shanda maydonda ko'p narsani isbotlashimiz mumkin bo'ladi. 

- «Dinamo» o'tgan yil Pro ligada ishtirok etib, kubok yarimfinaligacha etib bordi va sovrinni qo'lga kiritgan «Nasaf»ga yutqazdi. Bu yil O'zbekiston kubogidagi vazifa qanday bo'ladi?

- Birinchi vazifa – guruhdan chiqish. Qolaversa, «Nasaf»ga qarshi bu safargi o'yinimizda farq bor, o'shanda yarimfinal bir o'yindan iborat edi, bu erda esa guruhda 3ta o'yin bor va har qanday holatda ham vaziyatni o'nglash imkoni bo'ladi. Bunday jamoalarga qarshi o'yin o'zimiz uchun ham qiziq bo'ladi. 

- «Dinamo» 3-turni so'nggi bo'lib o'tkazdi, ammo Superliga 4-turini 28 mart kuni «Metallurg»ga qarshi o'yin bilan boshlab berishi taqvimda belgilangan. Asosiy tarkib o'yinchilari Odiljon Abdumajidov va hujumchi Kojo Joel FIFA kunlarida olimpiya va milliy jamoada bo'lishadi. Ularning o'yingacha qaytish imkoniyati qanchalik?

- Abdumajidov O'zbekiston olimpiya jamoasi safida 26 mart kuni Qatarda ushbu mamlakat olimpiya jamoasiga qarshi o'ynaydi, Kojoning ham 26 mart kuni Qirg'iziston milliy jamoasi safida bo'lishi aniq edi. CHunki FIFA kunlari doirasida shu kuni o'yinlar bor. Biz esa «Metallurg» bilan o'yinimizni 28 martda o'tkazamiz, o'yingacha ular kelishi mumkin, ammo darhol tarkibga tushishiga umid qilish qiyin. CHunki o'yinlar, safarlar, uchishlardan keyin charchoq bo'ladi. Tayyorgarlikni davom ettirib, vaziyatga o'yin oldidan baho beramiz. 

Reyting: +2   

Fikrlar

+2   
21 mar 23:58:35
Uz paxtakor Uz
Хакамлар хатоси димагин Абрамов. Уткан йили курганмиза хакамларин нима киганини уз уйинда Пахтакорди нима киганлигини курганмиза. Про лигани гапирмасаям булоради чичворганини хакамларин билан
+1   
22 mar 19:19:30
Shovruq88
Abramov kuchli murabbiy
Vaziyatlar , hodisalar unga qarshi
Kuchli jamoalar bilan oʻynashyaptiku
Muhlislar ozgina qoʻllab quvvatlang lar
Oʻz maydoni boʻlmasa!!!!
Rostdan ham safarda oʻynab yursa!
Manimcha ja zoʻr emas boshqa sharoitlari ham!!!
+1   
22 mar 18:25:39
Rasul M
Maryam Suyunova foydalanuvchining fikriga javob berish
Buxoroni atayin tushirdimi yuqmi bilmadimu lekin paxtaoyni atayin chimpion qilgani 100 foyiz aniqku buni kur xam kar xam biladi
Lans jamoasidagi Husanov 15000dollarga oynayotgan bir paytda...Bizani jamoala qaerdandur vichlar michlar Zelarni olib kelib ularga 100minlap dollarda maosh berishayapdi...shunda savol tuguladi Nimaga xar yili qilinadigan xato transferlarni qilib chempion bololishmasa Pakhtakorni yoki toshkent jamoalarini ayblashadi...Undan kura Tajribali murabbiylar yollasin sifatli oyinchilarni olsin 10ta transfer qimasin 2ta qilsin lekin sifatga qarasinda...Oldin jamoalaringdan shuni talab qilinglar keyin Boshqa boxona qidiringlar...İ a tak zor bolishsa 90daqiqa davomida shturimlar qilib yorib tashashsin Aqalli narmalni xujum qilishmaydiku...Yo pakhtakor gol urgandan kegin oyini tugatishyapdimikan Masalan mani jamoayim Real madrid oyini chiqmasa Yo maglub bolsa Barcelonaga osilmiman Jamoani uzida ayb
+1   
22 mar 18:18:52
Rasul M
Maryam Suyunova foydalanuvchining fikriga javob berish
Buxoroni atayin tushirdimi yuqmi bilmadimu lekin paxtaoyni atayin chimpion qilgani 100 foyiz aniqku buni kur xam kar xam biladi
Unda texnologiya usgan bir paytda shuncha soxalarda korupsiya tegajolik giyoxvandlik noqonuniy ishlar aniqlanyotgan bir paytda shuncha sarmoya kiritilip turgan Futbol soxasida aniqlolishmayapdimi shunda E qoyinge Osha jamoalaringizga etiroz bildiring Kattandur gol urolmaydigan xatto darvozaga top togri tepolmaydigan futbolchilarni topip olip keladi kegin agar ishi yurishsa yurishdi yurushmasa xakamni paxtakorni ayblashadi va suvdan quruq chiqishadi
+1   
22 mar 00:06:43
Don K'arleon
Саудия Тожикистон ўйинига ссилка йўқми хеч кимда
   
22 mar 19:16:01
Shovruq88
Rasul M foydalanuvchining fikriga javob berish
Lans jamoasidagi Husanov 15000dollarga oynayotgan bir paytda...Bizani jamoala qaerdandur vichlar michlar Zelarni olib kelib ularga 100minlap dollarda maosh berishayapdi...shunda savol tuguladi Nimaga xar yili qilinadigan xato transferlarni qilib chempion bololishmasa Pakhtakorni yoki toshkent jamoalarini ayblashadi...Undan kura Tajribali murabbiylar yollasin sifatli oyinchilarni olsin 10ta transfer qimasin 2ta qilsin lekin sifatga qarasinda...Oldin jamoalaringdan shuni talab qilinglar keyin Boshqa boxona qidiringlar...İ a tak zor bolishsa 90daqiqa davomida shturimlar qilib yorib tashashsin Aqalli narmalni xujum qilishmaydiku...Yo pakhtakor gol urgandan kegin oyini tugatishyapdimikan Masalan mani jamoayim Real madrid oyini chiqmasa Yo maglub bolsa Barcelonaga osilmiman Jamoani uzida ayb
Uje raqib sifatida koʻrilmayotgan jamoa haqida yozmang!
   
22 mar 16:29:27
Maryam Suyunova
Rasul M foydalanuvchining fikriga javob berish
Exxe Dinamo superligadan tushup ketsa uniyam Kubok baxsiga taqamasalar boldi edi otgan yili xuddi Buxoro Pakhtakorga yutqizganda Buxoroni atayin tushurup yuborishdi deganday
Buxoroni atayin tushirdimi yuqmi bilmadimu lekin paxtaoyni atayin chimpion qilgani 100 foyiz aniqku buni kur xam kar xam biladi
   
22 mar 15:46:11
Yusuf Rashidov
Ман диномани 3 та уйинини кузатдим 3 та уйинга хам йутказди сабаб динома уйинчилани хали Бир бирини тушунмайди химоя займы дарвазабон хам шу туплар нисбати шуни курсатадикубик уйинларда хам кузим йитмайди охиридан 1 уринни олса керак узим динома мухлес Ман навбахор ва огемка уйинда хакамлар майдон эгаларига озгина ёрдам берди динома маглибиятига Абрамов 100 фойиз айибдор камандани диномани уйинга тайёрланмаяпти 2 чи куригда диномага узгариш киритмаса Яна прол Лена йул олади нима булса хам Абрамов ни омадини бериб супер легада олиб Колчин

   
22 mar 09:30:10
Ismoil Egamberganivich
Ismoil Egamberganivich foydalanuvchining fikriga javob berish
Ismoil.
Ismoil.
   
22 mar 09:27:12
Ismoil Egamberganivich
Ismoil.
   
22 mar 09:09:46
Mamadiyorov Mahmud
Жиззахда яхши майдонда ўйнаётганга шукур қил, яна нолийсан, ёқмаса сур Жиззахдан.
   
22 mar 02:43:34
Bobur Nam Siti Babur
Олллааааа, жаннг килармуш курдик килган жангиззи
   
21 mar 23:51:07
Rasul M
Exxe Dinamo superligadan tushup ketsa uniyam Kubok baxsiga taqamasalar boldi edi otgan yili xuddi Buxoro Pakhtakorga yutqizganda Buxoroni atayin tushurup yuborishdi deganday
-1   
22 mar 12:25:01
Зинуp
Ютказиб куйса футболчилар руза тутган деб бахона килади
-1   
22 mar 09:37:26
Ismoil Egamberganivich
Ismoil Egamberganivich foydalanuvchining fikriga javob berish
Ismoil.
Ismoil. Hakamlar butun dunyoda hato qiladilar no‘to‘g‘ri qarorlar chiqaradilar norozi bo‘lsang o‘yindan keyin hakamlar qomitasiga shikoyat qilgin asosli bo‘lsa.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика