"Barselona" va "Bavariya" shov-shuvli almashinuvni amalga oshirishi mumkin
28 apr 21:25
Yangiliklar
"Barselona" va "Bavariya" shov-shuvli almashinuvni amalga oshirishi mumkin
Kataloniya grandi xavbekni yangi mavsum uchun kuzatmoqda.
Ispan OAV xabariga ko'ra, ikki yulduzlar ishtirokida grandlar o'rtasida almashinuv ro'y berishi mumkin. Gap Kimmix va Arauxo haqida ketmoqda.
"Bavariya" Kimmixni 50 mln evroga baholamoqda. U Arauxo bo'yicha bitimning bir qismi bo'lishi mumkin. Kataloniyaliklar himoyachi bilan xayrlashmoqchi emas, ammo moliyaviy qiyinchilik sabab 100 mln evrodan boshlanadigan taklifni ko'rib chiqishga tayyor.
Bundan tashqari, bitimga de Yong kirishi mumkin, ammo niderlandiyalik bilan variant ehtimoli past.
Fikrlar
Бавариядан бошқа жамоада уртамиёнага айланади.
Араухо эса булажак топ химоячи(Агар жарохат панд бермаса)
Агар бу алмашиш амалга ошса Бавария Барселонани яна бир бор,8:2 дан хам йирикроқ хисобда ютди деб хисоблайверинг.