So’nggi yangiliklar

16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  29 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  0 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  6 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  9 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  3 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10

Har bir klubning o'z "Zaxa"si bo'lishi kerak Yangiliklar

Har bir klubning o'z "Zaxa"si bo'lishi kerak

Kecha bo'lib o'tgan "Manchester Siti" - "Kristal Pelas" o'yinida mehmonlar 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

"Kristal Pelas" APLning o'rtamiyona klubi biri hisoblanadi. CHempionlik uchun kurashmaydi va bazan quyi ligaga tushib ketmaslik uchun harakat qiladi. Bu klubda 2015 yildan buyon to'p tepib kelayotgan kot-d'ivuarlik futbolchi bor. Bu - Vilfrid Zaxa. Kimdir Zaa deydi, kimdir Zaxa. Xullas men uchun Zaxa. 

Men "Kristal" o'yinlarini faqat shu futbolchi uchun ko'raman. CHunki Zaxa juda iqtidorli futbolchi, raqiblarini qo'rqmay aldaydi, gollar uradi, qiyin vaziyatdan jamoasini olib chiqib ketishni biladi, bir so'z bilan aytganda etakchi. Kecha ham birinchi gol urishdan tashqari, ikkinchi golda ham ishtirok etdi va "Siti" himoyachisi Lyaportning "qizil" olishiga sabab bo'ldi. 

Zaxa 28 yoshda (1992 yil tug'ilgan). U faoliyati davomida ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritmagan, axir "Kristal Pelas"da o'ynab nimaniyam yutish mumkin. 11-raqam egasi faqat 2013 yil "Manchester Yunayted" bilan Angliya Superkubogini yutgan. SHuningdek, 2012-2013 yilgi mavsum CHempionshipda "Yil futbolchisi" bo'lgan. 

U dastlab Angliya terma jamoasida o'ynagan va faqat 2ta uchrashuvda maydonga tushgan. 2017 yildan beri vatani Kot-D'Ivuar milliy terma jamoasi sharafini himoya qilib kelyapti. Hozirgacha milliy jamoa safida 21 bellashuvda ishtirok etib, 5ta gol urgan. 

Gap bunda ham emas. Gap uning 2015 yildan beri o'ynab kelayotgan "Kristal Pelas"ga bo'lgan sadoqatida va boshqa klubga o'tib ketmaganida. Zaxa kuchli futbolchi, u hozir ham "CHelsi", "Yunayted", "Siti", "Liverpul", "Arsenal" kabi grandlarda bemalol o'ynab keta oladi. U APLni yaxshi biladi va yaxshi ko'radi, axir faoliyati davomida faqat Angliyada o'ynab kelyapti.


Yuqori divizionlarda 14, 16, 18, 20 jamoa kurash olib bormasin, chempion faqat bitta bo'ladi. Lekin "Zaxa"si bor klublarga chempion bo'lmasa ham havas bilan qarasa arziydi. CHunki shunday futbolchining bir o'zi muxlislar etiborini qozona oladi. Masalan, o'zim ham faqat shu futbolchi uchun "Kristal Pelas" o'yinlarini ko'raman. 

Endi bizning Superligani olaylik. Agar kuchli klublar, yani chempionlikka harakat qiladigan jamoalar doim eng kuchli futbolchilarni o'z safiga qo'shib olaversa, bu bilan Superliga zo'r bo'lib qolmaydi. Baribir qolgan jamoalarda o'z "Zaxa"lari qolishi kerak. Avvalo qolgan klublarning o'z "Zaxa"si bormi degan savol yuzaga keladi. 

Masalan, Superligada o'z "Zaxa"siga ega deb qaysi jamoalarni ko'rsata olasiz? Qaysi klubda qiyin vaziyatda jamoasiga yordam beradigan, gollar uradigan va etakchilikni ola biladigan futbolchi bor? Agar bor bo'lsa, biz ularni hurmat qilamiz va Zaxa kabi sadoqatli bo'lishlarini tilab qolamiz. Mabodo yo'q bo'lsa, unda har bir murabbiy o'z jamoasi uchun "Zaxa"ni tarbiyalab berishiga to'g'ri keladi. 

Vilfrid Zaxa yana qancha yil faoliyat olib borsa ham chempion bo'ladimi, ECHLni yutadimi - bir narsa deyish qiyin. Lekin shunisi aniqki, u o'z klubi muxlislari hurmatini qozonib bo'lgan. Unda medal yo'q, ammo medaldan ustun "Kristal Pelas" ishonchi bor, ishqibozlar daldasi bor. Bu esa eng muhimi. 

SHunday davr bo'lsinki, biz ham o'z "Zaxa"si bo'lgani uchun Superligani qoldirmay kuzatsak. Bunda o'yinlarni markaziy deb ajratishga hojat qolmaydi. Siz "Zaxa" uchun futbol ko'rasiz, bugun kim yutarkin deb emas, "Zaxa" nima qilarkin deb o'yinga oshiqasiz. SHunda Siz kim o'ynasa farqi yo'q, men klubga muxlisman demaysiz, mening jamoamda "Zaxa" bor, men shu futbolchining ishqiboziman deb baralla ayta olasiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика