Hamrobekov va Yo'ldoshevda tibbiy muammolar
21 dek 2015 14:35
Yangiliklar


Hamrobekov va Yo'ldoshevda tibbiy muammolar
Malum bo'lishicha, ikki futbolchining ham sog'lig'i bilan muammo bor. Futbol MED ayni paytda ularga futbol bilan shug'ullanishni taqiqlab qo'ygan. Sabab sifatida, ularning yuraklaridagi muammo ko'rsatilgan. Mashg'ulot jarayonida beriladigan yuklamalar ularning hayotlariga jiddiy xavf solishi mumkinligi aytib o'tildi. Bu shunchaki o'yin emas, haqiqatdan ham bu ikki tajribali va istedodli futbolchilarimizning sog'liqlari bilan o'ynashib bo'lmaydi.
Bunday bo'lishiga sabab, bizda yillar davomida bolalar futboliga bo'lgan etiborni professional darajada olib borilmaganligi sabab bo'lyapti. Yozning chillasida, quyosh tik turgan paytlar o'tkazilinadigan og'ir mashg'ulotlar, oxir-oqibat yillar o'tib o'z tasirini mana shunday tarzda o'tkazyapti.
Yo'ldoshevga nisbatan Hamrobekovning ahvoli bir muncha yaxshi. "Lokomotiv" azosi esa 2016 yilni to'liq davolanish bilan o'tkazishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar