So’nggi yangiliklar

20:11Араухонинг "Барселона"даги келажаги маълум  0 19:51"Нефтчи" назорат баҳсида Сербия клубини мағлуб этди, Искандеровдан гол  4 19:30Осиё кубоги-2025 саралаши. Ўзбекистон Кувайт дарвозасига 5та тўп киритди  1 19:18Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев "Манчестер Сити" клуби хўжайини билан учрашди  6 18:42"Бразилия ЖЧ-2026да Неймар учун ўйнамаса, чемпион бўла олмайди"  3 17:59Романо: "Манчестер Сити"нинг янги хариди бугун Англияга учиб боради  6 17:16Отабек Умаров ва Равшан Эрматов Миллий футбол марказидаги қурилиш жараёнини кўздан кечирди  6 16:55Суперлигага қайтган "Қўқон-1912" назорат баҳсида кумуш медал соҳиби ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди  8 16:28"Динамо" БААга учиб кетди. Абрамов шогирдлари ЖАР, БАА, Россия ва Хитой клубларига қарши ўйнайди  2 16:05"Африкада бир бўлак нон учун ҳар куни эрталаб 20 миль масофани босиб ўтадиган инсонлар бор"  3 15:22"Пахтакор" Туркия йиғини доирасида Чехия клубига мағлуб бўлди  14 15:00Ўзбекистон МТЖнинг Иорданияга қарши ўйини бошланиш вақти маълум  5 14:33Тен Хаг Топ-5га қайтиши мумкин  5 13:48"Манчестер Сити"нинг аҳволи яхши эмас  22 13:15"Пахтакор"нинг навбатдаги трансфери европалик футболчи бўлиши мумкин  13

Hamidjon Aktamov: Raqib bilan qachon va qaerda o'ynashimizning unchalik ahamiyati yo'q Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: Raqib bilan qachon va qaerda o'ynashimizning unchalik ahamiyati yo'q

Oxirgi yillarda oliy ligada “jon saqlash” uchun kurashishga odatlangan Navoiyning “Qizilqum” jamoasi O'zbekiston yigirma beshinchi milliy chempionatini bir muncha barqaror o'tkazib, yana muxlislar ishonchini qozondi.

Navoiyliklar yakunlangan mavsumda o'n olti jamoa orasida oltinchi o'rinni egalladi. 2002 yilda konchilar mamlakat chempionati bronza medalini qo'lga kiritgan bo'lsalar, oxirgi marotaba kuchli oltilikdan bundan roppa-rosa o'n yil muqaddam joy olishga muvaffaq bo'lishgandi. Albatta, bu ko'rsatkichni ijobiy baholash mumkin.

Mavsum yakunlari va kelgusi rejalar xususida “Qizilqum” jamoasi bosh menejeri Hamidjon Aktamov futbol klubi matbuot xizmatiga o'z fikr va mulohazalarini bildirdi.

- Muxlislar doimo o'z sevimli jamoasidan yuqori natijalar talab qilishga haqli, - deydi Hamidjon G'ulomovich. - Agar so'nggi mavsumlarda chempionatning quyi pog'onalarida nursiz o'yinlar namoyish etishga odatlangan jamoaning kuchli oltitalikka kirganini hisobga olsak, futbolchilarimiz natijasi ijobiydek ko'rinishi mumkin. Ammo jamoamiz murabbiylar shtabi hamda azolarining yakuniy natijadan ko'ngillari to'lgani yo'q. Ayrim muhim uchrashuvlar oldidan bazi etakchi va tajribali futbolchilarimizning jarohat olganligi, zarur o'yinlarda yordam bera olmaganligi evaziga qimmatli ochkolarni boy berdik. O'z maydonimizda “Buxoro”, “Metallurg”, “Qo'qon-1912”, “Lokomotiv” singari raqiblarimizga ochkolar ulashganimiz mavsum oxirida baribir salbiy tasir qildi. Anchadan beri mamlakatimizning “Paxtakor”, “Bunyodkor” kabi jamoalaridan o'z maydonimizda ochko ololmayotgan edik. Bu mavsumda shunday noxush ananalarga barham bera olganimizdan kayfiyatimiz ko'tarildi. Ayniqsa, “Nasaf” jamoasiga qarshi bahsda g'alaba qozona turib oxirgi daqiqalarda durang qayd qilganimiz juda alamli bo'ldi. 

- Jamoangiz o'tgan mavsumda safarda muhim ochkolarni qo'lga kiritganligi ko'pchilik muxlislarga manzur bo'ldi...

- Ha, albatta. Mavsum boshida o'z oldimizga avvalo chiroyli o'yin namoyish etish va g'alabalarimiz bilan muxlislarni quvontirishni maqsad qilgandik. O'yin xoh uyda, xoh safarda bo'lmasin unda g'alaba qozonish uchun kurash olib bordik. Ayniqsa, vodiyda o'tkazilgan bahslarda muhim ochkolar bilan qaytdik. Jumladan, futbolchilarimiz “Qizilqum” tarixida ilk bor bir mavsumning o'zida safarda o'ynashiga qaramay “Qo'qon-1912”, “Andijon”, “Navbahor” hamda “Neftchi” jamoalari ustidan g'alabaga erishdi.

- Garchi, “Qizilqum” jamoasi chempionatda oltinchi o'rinni egallagan bo'lsa-da, muxlis to'plash borasida faqat buxoroliklardan so'ng  ikkinchi bo'ldi...

- Bu avvalo viloyatimizda futbolni rivojlantirish yo'lida amalga oshirilayotgan katta hajmdagi xayrli ishlar bilan belgilanadi, desam xato qilmayman. Oxirgi yillarda viloyat hokimligi va xomiylarimiz - Navoiy kon-metallurgiya kombinati hamda “Qizilqumcement” AJ rahbariyatining say-harakatlari bilan juda ko'plab ishlar amalga oshirildi. Jumladan, jamoamiz uy o'yinlarini o'tkazadigan “Yoshlar” sport majmuasi to'liq qayta rekonstrukciya qilindi, futbolchilar va muxlislar uchun barcha qulayliklar yaratildi. Futbol maydoni maysasi to'liq almashtirilib, xalqaro talablarga javob beradigan holatga keltirildi. Bugun Navoiyga keladigan raqiblarimiz ham maydonning ideal holatda ekanligini ko'rib, o'z havaslarini yashirishmayapti. Ammo hali qilinadigan ishlar talaygina. Stadion tablosini yanada zamonaviysiga almashtirishimiz lozim. Yangi mavsumda Navoiyda o'yin kunlari muxlislar uchun bir qator ko'ngilochar tadbirlar uyushtirishni rejalashtiryapmiz.

- Odatda, har yil mavsum boshida jamoalar tarkibida o'zgarishlar yuz berishi tabiiy. Muxlislarni “Qizilqum” jamoasi tarkibida amalga oshirilayotgan o'zgarishlar qiziqtirmoqda?

- Jamoamiz rahbariyati oxirgi mavsumda futbolchilarimiz ko'rsatgan o'yinlardan va ularning aksariyati xatti-harakatidan ko'ngli to'lganligini aytib o'tishni istardim. SHuni hisobga olgan holda tarkibning o'zagini saqlab qolishni rejalashtirganmiz. O'tgan mavsumda jamoamizda o'ynagan ayrim futbolchilar bilan xayrlashdik. Jumladan, Hamza Karimov, Otabek Narzullaev, SHukur Jumaboev, Eliyorjon Akbarov, Nodirxon Kamolov, Nemanya Yovanovich kabi futbolchilar boshqa jamoalarda o'ynash istagini bildirishdi. Ularga futbol klubimiz nomidan xizmatlari uchun rahmat aytamiz va keyingi faoliyatlarida omadlar tilaymiz. Albatta, ular o'rniga boshqa o'yinchilarni jalb etishni mo'ljallaganmiz. Ayni chog'da jamoa mashg'ulotlarida bir qator tajribali futbolchilar murabbiylar ko'rigidan o'tishyapti. Jumladan, Mansur Saidov, SHukurali Po'latov (“Neftchi”), Otabek Zokirov (“Qo'qon-1912”), Umid Xonimqulov (“Olmaliq”), Azamat Allaniyozov (“Nasaf”) kabi futbolchilar  ishonchimizni oqlashsa, ular bilan shartnoma imzolaymiz.

- Yana bir yarim oydan so'ng, yangi mavsum boshlanadi. Aksariyat jamoalar poytaxtimizda va xorij mamlakatlarida yig'inlar tashkil etishyapti. Bu borada “Qizilqum”ning rejalari qanday?

- Bu borada klubimiz murabbiylar shtabining o'z rejasi bor, albatta. Hozirgacha ikki bosqichda o'quv-mashg'ulot yig'inimizni o'z qarorgohimizda, yani Navoiyda uyushtirdik. Ikkinchi yig'in doirasida Samarqand dinamochilari bilan sinov-nazorat o'yini o'tkazdik. Rejaga ko'ra, 25 yanvardan boshlab tayyorgarlik Toshkentda davom etadi. Ushbu yig'in doirasida poytaxtimizda mamlakatimiz oliy va birinchi liga jamoalari bilan bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushish rejalashtirilgan. Xorij yig'ini uyushtirilsa, albatta ayni muddao bo'lardi. Bu borada hozircha bir to'xtamga kela olganimiz yo'q. Agar moliyaviy masalalar ijobiy hal etilsa, albatta Turkiyada yig'in o'tkazishimiz mumkin.

- Jamoangiz oldiga yangi mavsumda qanday vazifalar qo'yilmoqda?

- Maqsadimiz o'zgarmaydi. Avvalo muxlislarimiz ishonchini oqlab, chiroyli va hujumkor o'yinlar namoyish etish uchun bor kuch-imkoniyatimizni ishga solamiz. Viloyat hokimligi va xomiymiz - Navoiy kon-metallurgiya kombinati hamda “Qizilqumcement” AJ rahbariyati bizni har lahzada qo'llab-quvvatlab turishgani kuchimizga kuch qo'shadi. O'tgan mavsumda yo'l qo'ygan xato-kamchiliklardan to'g'ri xulosa chiqarib, ularni takrorlamaslikka intilamiz. Qayd etilgan natijalar shuni ko'rsatdiki, milliy chempionatimizda har qanday jamoa bilan faqat g'alaba uchun o'ynasa arziydi. Demak, “Qizilqum” ham bemalol yuqori o'rinlar uchun kurashadi. Buning uchun Navoiyda barcha shart-sharoit va qulayliklar etarli, deb bilaman.

- Quraga ko'ra, “Qizilqum” futbolchilari mavsumni safarda boshlab, safarda yakunlashadi. Qolaversa, dastlabki turda etakchi jamoalardan biri “Paxtakor” bilan Toshkentda o'ynaydi. Bu galgi quradan ko'nglingiz to'ldimi?

- Quradan norozi bo'lishga haqqimiz yo'q. CHempionatdagi raqiblarimizning barchasi bilan baribir o'ynaymiz. Ular bilan esa qachon va qaerda o'ynashimizning unchalik ahamiyati yo'q. Muhimi, mavsumga muammolarsiz hozirlik ko'rsak kifoya, deb o'ylayman.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика