So’nggi yangiliklar

12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  0 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  25 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4

Hamidjon Aktamov: ""Qizilqum" "Nasaf"dan qo'rqmaydi" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: ""Qizilqum" "Nasaf"dan qo'rqmaydi"

"Paxtakor" - "Qizilqum" (1:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar jamoasi bosh menejeri Hamidjon Aktamov qatnashdi.


- Bugun har ikkala bo'limda turlicha o'yin guvohiga aylandik. Biz "Paxtakor"ga o'yin borasida yutqazdik demayman. "Qizilqum"ga omad etishmadi, deya gap boshladi navoiyliklar bosh menejeri Hamidjon Aktamov.

- "Qizilqum" so'nggi bahslarda natija borasida oqsamoqda. Bu muvaffaqiyatsizliklar jamoaning maqsad va vazifalarini o'zgartirib yubormaydimi?

- Futbolda barcha jamoani yutishni ilojisi yo'q. Jamoamizdagi ko'plab futbolchilar mikro jarohatlar mavjud va ular maydonda bor imkoniyatlarini ishga solisholmayapti. Maqsad va vazifalar o'zgarmaydi. Oldinda hali sakkizta uchrashuv bor va imkon qadar o'zimiz uchun kerakli natijalarni qo'lga kiritishga harakat qilamiz.

- "Qizilqum"ni keyingi turda yana bir jiddiy bahs, "Nasaf"ga qarshi o'yin kutib turibdi...

- Biz "Nasaf"dan qo'rqmaymiz. O'z maydonimizda bo'ladigan ushbu o'yin ancha qiziqarli kechadi, deb o'ylayman.

- "Qizilqum"ning hujum chizig'idagi ishlari Bahriddin Vahobov maydonga tushmaguniga qadar o'xshamayotgan edi. SHu o'zgarishni ertaroq amalga oshirishni imkoni yo'qmidi?

- Hujum chizig'i vakillarining barchasi bugun yaxshi darajada o'ynashdi.

- Raqib bugun sizlarga maydon markazini bo'shatib berdi. "Qizilqum"ning qanotlardan tashkil etgan barcha hujumlari bekorga ketdi. Bu ataylab yutqazilgan o'yin emasmi? "Qizilqum"ning uzoqdan darvoza tomon tepgan zarbalarini hisobga olmasa, qolgan barcha harakatlar samarasiz chiqdi.

- Unday narsa bo'lmagan. Bizlarda ataylab yutqazib beriladigan uchrashuvlar bo'lmaydi. Futbolda omad muhim ahamiyat kasb etadi. Bahriddin Vahobovning vaziyatini esga oling. Bugun  Lobanov jamoasini ko'plab vaziyatlarda qutqardi.

- Hamza Karimov uzoq tanaffusdan so'ng maydonga qaytdi. Jarohatdan keyin ko'rsatayotgan o'yinini qanday baholaysiz?

- Hamza Karimov hozircha xato o'ynagani yo'q. Bugun ko'plab vaziyatlarda ishonchli harakat qildi va bazi hujumlarimizni boshlashda ham jonbozlik ko'rsatdi. Hamza Karimovni yoshini inobatga olmaganda, jamoamiz uchun yaxshi transfer bo'ldi. Uning katta tajribasi hali ko'p bor qo'l keladi.

- Vohid SHodiev bugun piyoda futbol o'ynashni ko'rsatib qo'ymadimi bugun, nima deysiz?

- Savol javobsiz qoldi.

- Murabbiylar shtabidagi yordamchilaringizdan ko'nglingiz to'lmoqdami? Sababi, jamoaning moliyaviy imkoniyatlari yaxshi holatda. Tarkibdagi futbolchilar ham chakki emas. Ammo ko'rsatilayotgan natijalar nisbatan biroz pastdek...

- Murabbiylar shtabidan ko'nglim to'q. Bizlarda Islom Ahmedov ishlaydi. Islom Ahmedov O'zbekistonda barcha murabbiylarni o'qitadi, boy tajribaga ega. Ahmedov bizning maslahatchi murabbiy sanaladi. Mashg'ulotlarimiz juda ko'tarinki ruhda o'tadi. Ammo o'yinga kelganida bazi rejalar o'xshamayapti negadir. Barcha murabbiy, murabbiy deyadi. Qani O'zbekistondan menga kuchli murabbiyni topib bering qani? Bizlarda 4-5 murabbiylardan tashqari bormi yana? Qaerdan topamiz. Horij? CHetdan mutaxassis olib kelishga klubning moliyaviy holati imkoniyat bermaydi. Tarkibdagi ikkita legioner futbolchi mahalliy o'yinchilar singari maosh olishadi. Hamma "Qizilqum"ning byudjeti eng katta bo'lsa kerak, deb o'ylaydi. Ammo aslida unday emas.

- "Qizilqum" jamoasida yoshi katta futbolchilar ancha ko'payib ketdi. Jamoada yosh istedod sohiblari yo'qmi?

- "Qizilqum" klubida futbol akademiyasi yo'q. "Paxtakor", "Mashal" va "Nasaf" singari klublarnikidek akademiyamiz yo'q. Barcha navoiylik yoshlar "Bunyodkor" va "Paxtakor" akademiyasida tahsil olishadi. SHu bois biz har mavsum futbolchi jalb etib natija uchun o'ynashga majburmiz.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика