Hamidjon Aktamov: “Metallurg”da g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kuchlilik qildi”
19 iyu 2017 20:37
Yangiliklar
Hamidjon Aktamov: “Metallurg”da g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kuchlilik qildi”
“Metallurg” – “Qizilqum” (3:1) uchrashuvidan keyin jamoamiz bosh murabbiyi uchrashuv haqida to'xtalib o'tji.
- Birinchi bo'limda biz raqibga nisbatan ko'proq zarbalar va xavfli vaziyatlarni yarata oldik. Ammo ulardan samarali foydalana olmadik. Diskvalifikaciya tufayli asosiy tarkibizmining uch nafar futbolchisi – Hasanov, Jo'raev va Boydulaevning maydonda yo'qligi ham o'z so'zini aytdi. Buning ustiga bekobodliklarning hujumidan keyin to'p himoyachimizga tegib, oddiy vaziyatda gol o'tkazib yubordik. Umuman ob-havoning issiqligi ham dastlabki qirq besh daqiqalikda har ikki tomonga ham qiyinchilik tug'dirdi. Ikkinchi bo'limda muxlislarbop o'yin bo'ldi. Standart vaziyatdan ikkinchi golni o'tkazib yuborsakda, tezda javob to'pini kiritdik Hisobni tenglashtirishga intildik. Biroq bekobodliklarda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kuchlilik qildi va ular uchinchi to'pni kiritib, g'alabani o'zlari tomonga og'dirib olishdi.
“Qizilqum” matbuot xizmati.
“Qizilqum” matbuot xizmati.
Fikrlar