So’nggi yangiliklar

23:45Лотар Маттеус: "Германия жуда ёмон ўйнади. Ҳисоб 5:0 бўлиб кетиши ҳам мумкин эди"  0 23:24Тимур Кападзе: "Жаҳон чемпионати учун аниқ режа? Барчаси ҳал бўлгунча кутиш керак"  10 22:55"Барселона" Ромеу клубдан кетганини маълум қилди  0 22:36"Реал" мухлислари жамоанинг август ойидаги энг яхши футболчисини танлаб олди  0 22:13ЛаЛига "Барселона"га рухсат берди  1 21:45CAFA Nations Cup. Ўзбекистон – Қирғиз Республикаси 4:0  20 21:26CAFA Nations Cup. Ўзбекистон 10 киши бўлиб қолган Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда енгди. Финалдаги рақиб – Эрон  233 21:10Ўмон терма жамоаси мураббийи: "Кўплаб вазиятлар яратдик, аммо бор-йўғи иккита гол урдик"  6 20:54Ровшан Мередов: "Ушбу мусобақа орқали мундиаль иштирокчисига қарши ўйнадик"  3 20:23Саудия Арабистонининг икки клуби МЮ ҳимоячисига қизиқмоқда  1 19:46"Реал" собиқ ходими "Ньюкасл" бош директори бўлди  0 19:19Фарруҳ Сайфиев дисквалификация қилинди  16 18:55CAFA Nations Cup. Ўмон сўнгги дақиқадаги гол эвазига Туркманистонни таслим этди ва вақтинчалик гуруҳ етакчисига айланди  53 18:39"Қатар СК" ПСЖ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи  0 18:08Хаби Алонсо "Реал" скаутига нидерландиялик футболчини кузатиб бориш топшириғини берди  2

Hamidjon Aktamov: “Mag'lubiyatga loyiq emasdik” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “Mag'lubiyatga loyiq emasdik”

“Qizilqum” – “Metallurg” (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qizilqum” bosh murabbiyi Hamidjon AKTAMOV ishtirok etdi.

-O'yin hisobga mos bo'ldi, deb hisoblamayman. Mehmonlar yaratilgan vaziyatlardan o'ta samarali foydalanishdi.  Birinchi golda markaziy himoyachilarimizning xatosidan bekobodliklar hujumchisi samarali foydalandi. Ikkinchi bo'limda endi vaziyatni o'nglashga harakat qilib turgan vaqtimizda yana qarshi hujumda gol o'tkazib yubordik. Hisobni qisqartirishga erishdik. SHundan keyin ham tashabbusni to'liq qo'lga olib, gol urish uchun harakat qildik. Ammo shu oxirgi zarbani yo'llashga, bekobodlik himoyachilar imkon berishmadi. 

-Ikkinchi bo'lim o'rtalarida Yovanovichning zarbasidan keyin to'p “Metallurg” himoyachisining qo'liga tegdi. O'sha vaziyatni takroran ko'rib, bunga aniq ishonch hosil qildik. Ammo penalti belgilanmadi. Bu haqda nima deya olasiz?

-O'sha vaziyatda nima bo'lganini hamma ko'rdi. Ular haqida gapirgan bilan natija o'zgarib qolmaydi. Vaziyatga nazoratchi munosib  bahoni berishadi, deb o'ylayman. Birinchi bo'limda to'p nechchi daqiqa maydonda bo'ldi? Ikkinchi bo'limdachi? Lekin o'yin oxirida bor yo'g'i uch daqiqa qo'shib berildi...


"Qizilqum" matbuot xizmati.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика