So’nggi yangiliklar

16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  0 16:25Швайнштайгер Германия терма жамоасини танқид қилди  1 16:13Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда  3 15:32Ўзбекистон миллий терма жамоаси Эронга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум бўлди  5 15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истеъфо ҳақида ўйламайман"  0 14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  2 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  16 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  1 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  4 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  9 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  17 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3

Hamidjon Aktamov: “Kuchli yomg'ir o'yinimizga salbiy tasir qildi” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “Kuchli yomg'ir o'yinimizga salbiy tasir qildi”

Oliy liga o'n sakkizinchi turidan joy olgan “Olmaliq” - “Qizilqum” jamoalari (2:3) uchrashuvidan so'ng, bosh murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani o'tkazilmadi.
Ammo bahs yakunlangach, navoiyliklar bosh menejeri Hamidjon Aktamov “Qizilqum” PFK Matbuot xizmatiga o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bugungi o'yinga har ikki jamoa turlicha kayfiyatda hozirlik ko'rganligi tabiiy, albatta, - deya so'z boshladi Hamidjon G'ulomovich. - “Olmaliq” mavsumning ikkinchi yarmini ketma-ket mag'lubiyatlar bilan boshlaganligi tufayli bugun faqat ijobiy natijani ko'zlab maydonga tushishini taxmin qilgandik. O'yin davomida bu o'z tasdig'ini topdi. Menimcha, bugun muxlislar gollarga boy, chiroyli futbol tomosha qilishdi. Birinchi bo'limda yuzaga kelgan imkoniyatlardan yigitlarimiz unumli foydalanib, tanaffusga yaxshi kayfiyatda chiqishgandik. Afsuski, ikkinchi bo'limda yoqqan kuchli yomg'ir har ikki jamoa o'yinini ham “buzdi”.  Agar yomg'ir bo'lmaganida o'yin yanada gollarga boy bo'lishi ham mumkin edi. Asosiysi, safarda jiddiy raqib ustidan zafar quchib, uyga muhim uch ochko bilan qaytadigan bo'ldik.
Jamoamiz g'alabasiga katta hissa qo'shgan barcha yigitlarga, shuningdek, uzoq Navoiydan bizni qo'llab-quvvatlash uchun kelgan ko'psonli muxlislarimizga rahmat aytaman.

Himoya chizig'imizda ayrim muammolar borligi rost. Ayni paytda tajribali futbolchilar Alisher Yusupov, Otabek Narzullaevlar jarohatini tuzatish bilan band. Ishonamanki, tez kunlarda ular yana safga qaytishadi.

“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика