So’nggi yangiliklar

17:02Қотиллик учун жазо ўтаган "Фламенго" собиқ сардори футболга қайтди  0 16:34Ла Лига жамоаси мураббийи Фабрицио Романони ёлғонда айблади  0 16:06"ТерДУ" назорат учрашувида "Қўқон-1912"ни енгди  0 15:39Расман: "Шўртан" грузиялик ҳимоячи, ивуарлик ҳужумчи ва яна 3 нафар легионер жалб этди  0 15:18Республика футбол академияси Про лигада қатнашади  1 15:02Ўзбекистонлик ҳакам аёллар ўртасидаги ЖЧ саралаш ўйинларини бошқариб боради  1 14:41Қишда Ўзбекистонга келган энг қиммат легионерлар  2 14:35"Реал" Винисиусга нисбатан ирқчилик ҳақоратлари иши бўйича УЕФАга далилларни топширди  7 14:07"Ливерпуль" универсал футболчиси билан музокараларда олдинга силжиди  2 13:40"Барселона" ярим ҳимоячиси билан ҳамкорликни давом эттирмоқчи  0 13:13Расман: "Насаф" собиқ футболчиси "Хоразм"га ўтди  0 12:51Влахович Испанияга кўчиб ўтади  6 12:23Puma АПЛ учун янги тўпини тақдим этди  0 11:57Бектемир Абдуманнонов: "Ўзбекистон МТЖдан чақирув олиш ва "Динамо" билан камида битта соврин ютиш ниятидаман"  2 11:28ОЧЛ 2да ҳаммаси тугади: Марказий Осиёдан ҳеч ким қолмади  5

Hamidjon Aktamov: "Hujum chizig'imizda oqsash bor" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "Hujum chizig'imizda oqsash bor"

Superliga 20-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Lokomotiv"(1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov fikrlarini bildirib o'tdi.




"Bugun yutishimiz ham yoki aksincha yutqazishimiz ham mumkin edi. Ochiq darvozaga ham gol ura olmadik. Ozgina omad yuz o'girdi. Oxirigacha harakat qildik, bir nechta vaziyatlar yaratdik. Faqat hujumga so'nggi nuqtani qo'ya olmadik. Futbol shunisi bilan qiziq. Oxirigacha kurashamiz, oldinda o'yinlar ko'p. Yo'qotgan ochkolarimizni o'rnini to'ldiramiz",- deydi Hamidjon Aktamov.

- "Qizilqum" jamoasi bugun "Lokomotiv"ga qarshi qanday o'ynashni reja qilgan edi?
- Ko'rgan bo'lsangiz qarshi hujumda o'ynamadik. Barchasi rejamiz bo'yicha o'tdi. Yaratgan vaziyatlarimizdan foydalana olmadik, hujum chizig'imizda oqsash bor. "Paxtakor" bilan o'yinda ham vaziyatlar yaratdik, lekin gol urolmadik. Keyingi o'yinlarda hammasi yaxshi bo'ladi degan umiddaman.

- Jamoa birinchi bo'limda juda yaxshi o'yin namoyish etdi. Ikkinchi bo'limda esa jismoniy tomondanmi pasayish bo'ldi. Bunga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?
- Pasayish bo'ldi deb o'ylaganim yo'q. Birinchi bo'limda gol urishga shoshdik. Raqib ham oddiy jamoa emas, yaxshi futbolchilarga ega. Ular ham harakat qilmoqda. Asosiysi bir ochko qo'lga kiritganimiz bilan muxlislarni tabriklayman. Mag'lubiyatga uchramadik. Futbolchilarga ham borini bergani uchun rahmat aytaman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика