So’nggi yangiliklar

09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  0 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  3 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  0 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  0 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  4 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  2 03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  5 03:13А Серия. "Милан" сўнгги ўйинда "Монца"ни қийинчиликсиз таслим этди, жамоа кейинги мавсум еврокубокларда иштирок этмайди  1 03:02Германия кубоги. "Штутгарт" финалда учинчи лига жамоаси бўлмиш "Арминия"ни мағлуб этиб, Германия кубогини қўлга киритди - 4:2. Мийо дублга эришди  5 00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1 23:50Элдор Мойлиев: "Иккинчи дақиқадаёқ қизил карточка билан жазоландик ва режамиз ўзгариб кетди"  0 23:17Эрон кубоги. "Истиқлол" "Санат Нафт"ни мағлуб этиб, финалга чиқди, Машарипов захирада қолдирилди  4 23:09Виталий Левченко: "Жокич ва Йовович касал. Кўплаб позицион ҳужумлар уюштирдик"  7 23:02Суперлига. "Сўғдиёна" ва "Бухоро" муроса кўчасини танлади  31 22:45Та "Бавария" билан шартнома имзолайди. "Байер" ҳимоячини компенсация эвазига КЖЧга қўйиб юбориш таклифини кутмоқда  3

Hamidjon Aktamov: “Bugun yigitlarimiz iroda namoyish qilishdi” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “Bugun yigitlarimiz iroda namoyish qilishdi”

Oliy liga yigirma uchinchi turidan joy olgan “Qizilqum” - “Nasaf” uchrashuvidan (3:3) so'ng, mezbonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov jurnalistlar savollariga javob berdi.

-Bugun jiddiy raqibga qarshi jamoamiz chiroyli o'yin namoyish etib, xarakter ko'rsata oldi, - deya so'z boshladi Hamidjon G'ulomovich. - Avvaliga hisobda ortda qolayotib, o'rtadagi muvozanatni tikladik. Hatto hisobda oldinga chiqa oldik. “Nasaf”da tajribali mutaxassis ishlayapti. Tarkibi ham anchagina shakllangan jamoa. CHempionat va O'zbekiston kubogida ularning qanday o'yinlar namoyish etayotganligini barcha ko'rib, bilib turibdi. SHunga qaramay, bugun yigitlarimiz har jabhada ulardan ustunlikka erishishga urindi. Menimcha, jamoamiz ko'rsatgan o'yin muxlislarimizga ham maqul bo'ldi. Afsuski, uchrashuv tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida g'alabani qo'ldan chiqarish juda alam qildi. O'yinda g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Biroq oxirgi daqiqalarda himoyada yo'l qo'yilgan birgina xato bizga qimmatga tushdi.  Garchi, hisobdan qoniqmagan bo'lsam-da, yigitlarimizning xatti-harakatlaridan ko'nglim to'ldi.

Muhimi, so'nggi turlardagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin jamoamiz ruhiy tushkunlikdan chiqib, o'z irodasini namoyish etdi. Bu oldimizda turgan safardagi ikki o'yin oldidan juda katta ahamiyatga ega edi.

O'z navbatida bizni qo'llab quvvatlayotgan viloyat hokimligi, xomiylarimiz, ayniqsa, ko'psonli muxlislarimizga katta rahmat! Ularning jamoamizga bo'lgan ishonchi yigitlarimizni hujumkor va chiroyli futbol o'ynashga ruhlantirmoqda. Maqsadimiz o'zgarmaydi. Mavsumning qolgan uchrashuvlarida ham maksimal darajada ijobiy natijani qo'lga kiritish uchun kurashni davom ettiramiz.

“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика