So’nggi yangiliklar

17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  0 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  0 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  2 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  4 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  4 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  27 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   4 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  3

Hamid Derakshan: "Raqibni ikkala qanotlarini "yopib" qo'ydik va "Bunyodkor" chorasiz qoldi" Yangiliklar

Hamid Derakshan: "Raqibni ikkala qanotlarini "yopib" qo'ydik va "Bunyodkor" chorasiz qoldi"

"Bunyodkor" - "Persepolis" o'rtasidagi o'yindan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Hamid Derakshan ishtirok etdi.
Matubot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Hamid Derakshan hamda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan "Persepolis" posboni Makoni ham qatnashdi.


"Barchaga assalom. O'yin juda yaxshi bo'ldi. Raqibimiz "Bunyodkor" bugun sunosib qarshilik ko'rsatishdi. Bizning asosiy maqsad bu uchrashuvda g'alaba qozonish edi va bu ishni uddaladik. Buning uchun barcha futbolchilarim hamda darvozabonimiz Makoniga alohida tashakkur bildirmoqchiman", - deya o' so'zlarini boshladi Hamid Derakshan.

Makoni: Uchrashuv qiziqarli va juda qiyin kechdi. Avvallari ham o'zbek klublariga qarshi o'ynagandik. Lekin bugungi "Bunyodkor" ancha kuchli va yorqinroq o'yin ko'rsatdi. Meni uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topishganidan xursandman. Lekin g'alabaga butun jamoa erishdi va bu g'alaba barchaniki.

- "Bunyodkor" darvozabonining o'rnida bo'lganingizda himoyachilarga qanday ko'rsatma bergan bo'lardingiz?

Makoni
: - Savolni biroz tushunmadim. Lekin "Bunyodkor" yomon o'ynamadi. Ularni o'yinlari borasida qandaydir etiroz bildirish qiyin. 


- 1:0 qaltis hisob. Ammo jamoa bugun goldan so'ng hujumga o'tishga urinmadi. Nima uchun?

Hamid Derakshan
: - Avvalo xato qilmaslik uchun ehtiyotkorlik bilan o'ynadik. SHu sabab ko'p ham hujumga o'tishga urinmadik va hisobni saqlab qolish uchun o'ynadik.

- "Persepolis" bunga qadar 4 marotaba o'zbek klublariga qarshi o'ynagan. SHularning ikkitasida durang va yana shuncha o'yinda mag'lubiyatga uchragandinglar. Bu birinchi g'alaba bo'ldi. Nimani evaziga g'alaba qozondinglar?

Hamid Derakshan
: - So'nggi vaqtlarda biz "Bunyodkor" o'yinlarini diqqat bilan o'rgandik va raqibni har ikkala qanotlarini "yopib" qo'ya oldik. SHu sabab "Bunyodkor" bugun chorasiz qoldi va biz o'zimizga kerakli natijani qayd etdik. G'alabamizning bosh omili bu - raqibni yaxshi o'rganganimiz bo'ldi va ularga o'z o'yinlarini ko'rsatishga imkon bermadik. Biz ushbu qora ananani buzganimizdan xursandmiz. Bugun shogirdlarim ko'rsatmalarimni aniq bajarishdi va g'alaba qozondik.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика