So’nggi yangiliklar

08:43"Пахтакор" Тошкентда "Қўқон-1912"ни мағлуб этган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 08:25КЖЧ. "Манчестер Сити" - "Ал Айн" 6:0, Гюндогандан дубль  0 08:15Sofascore. Ҳусанов бугунги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:50Ўзбек футболчи учун тарихий кунда "Манчестер Сити" "Ал Айн"ни жуда йирик ҳисобда мағлуб этди  18 07:40Суперлига. "Пахтакор" "Қўқон-1912" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди, "Шўртан"да эса камбек  0 07:20Суперлига. Бугун 13-тур якунланади  3 02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  2 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  2 02:04КЖЧ. 7-дақиқадаёқ бир киши кам бўлиб қолган "Реал" "Пачука"га 3 та гол урди  132 00:35Погба янги клуби деярли маълум  3 23:50Элдор Мойлиев: "Вазиятни ўнглаш учун ютмасак бўлмасди"  2 23:31Февзи Давлетов: "Ўйин қизил карточкага қадар давом этди"  2 23:03КЖЧ. "Ювентус" "Видад"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Йилдиздан дубль  6 22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  7 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  7

Hamid Aktamov: "Farg'ona ahliga rahmat" Yangiliklar

Hamid Aktamov: "Farg'ona ahliga rahmat"

“Neftchi” – “Qizilqum” bahsidan so'ng mehmonlar menejeri Xamid Aktamov matbuot anjumanida ishtirok etdi:

- Qiziqarli o'yin bo'ldi, - deb gap boshladi Xamid G'ulomovich – Har ikkala jamoa ham chiroyli futbol ko'rsatishdi. Faqat hakamlarning xatosi o'yinga tasir qildi. Yordamchi hakam chiroyli o'yinni buzdi. Yigitlarning bugungi harakatlari uchun uzr so'rayman. Turnirdagi bahslarda hakamlar ko'p bora bizning zararimizga qarorlar qabul qilishdi. Bu esa futbolchilarga qattiq tasir qildi.

- “Neftchi”dan kimni o'yini sizga yoqdi ?

- Farg'onaliklardan Abdumavlon Abdujalilovni o'yini yoqdi.

- Penaltidan so'ng  “Qizilqum” futbolchilari o'yinni yakunlamay maydonni tark etishni boshlashdi.  Bu muxlislar uchun hurmatsizlik emasmi?

- O'yindan oldin  yigitlar bilan gaplashdik. CHiroyli o'yin ko'rsatishlarini uqtirgandim. “Neftchi”ga ham natija kerakligini bilardik. Faqat o'yinda bosh hakam “penalti emas”, dedi, yordamchi hakam “qo'liga tegdi”, deb bayroqcha ko'tardi. Bu maydonda ter to'kib harakat qilayotgan futbolchilarga salbiy tasir qilishi aniq. Yigitlar maydondan chiqib ketayotganda indamadim. Keyin Tohir aka Kapadzedan, hakamlar adolatli o'yinni boshqarishlarini so'radim. Juda qiziq o'yin bo'layotgan edi. Farg'onalik muxlislarga rahmat. Qarang, bugun stadion tribunalari to'ldi! Yordamchi hakam esa hammasini buzdi.

- Turnir haqidagi fikringizni tinglasak.

- Turnir juda chiroyli o'tdi.  Ayniqsa birinchi liga klublari menda ijobiy taassurot qoldirdi. "Cementchi” menga eng maqul kelgan jamoa bo'ldi. Quvasoyliklar tarkibidan bir-necha nafar futbolchilarni “Qiilqum”ga taklif qildik. Mana Farg'onani o'zida ular bilan shartnoma qilishga ham ulgurdik, - dedi “Qizilqum” bosh menejeri. 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика