So’nggi yangiliklar

17:28"Арсенал" ўз футболчиси учун "Реал"дан қанча пул сўраётгани маълум  0 16:58"Манчестер Юнайтед" 95 млн еврога олган ўйинчисини 40 млн фунтга сотишга тайёр  0 16:34Футзал. Испания терма жамоаси Андижонга етиб келди  1 16:01Маттейс де Лигт: "МЮга ўтганимдан хурсандман. АПЛ мухлислари Бундеслиганикидан кўпроқ"  4 15:29"Ювентус" вингери Туркияга йўл олиши мумкин  0 14:28"Бавария" Нойер" бўйича қарор қабул қилди  2 13:52"Атлетик" афсонаси Икер Муньяин янги клуби билан шартнома имзолади  2 13:20Про лига. 19-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  0 12:50Футзал бўйича ЖЧ. Кимлар келди? Кимлар қачон келади?  4 12:30Кейн Роналду, Месси ва Модрич ҳақида гапирди  1 12:13Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши ўйинга кетиш олдидан сўнгги машғулотни ўтказди ГАЛЕРЕЯ  2 11:44CA делегацияси машинада Бишкекка етиб борди, стадиондан лавҳа  9 11:242015 йилдан трансферларга энг кўп пул сарфлаган лига қайси?  1 10:50"Челси"да тахт учун кураш бошланди  4 10:17"Ман Сити" Де Брюйненинг ўрнига номзод топиб қўйди  1

Halol futbol sari yig'ilish - 2! Yangiliklar

Halol futbol sari yig'ilish - 2!

Kecha vada berganimizdek, bugun mazkur masalaga batafsil to'xtalib o'tishni lozim topdik.
Yig'ilish "Paxtakor" Markaziy stadioning VIP zalida bo'lib o'tdi. Malumot uchun shuni aytib o'tish lozim, dastlabki ikki tur kelishuvi ham shu erda tashkil etilgan edi.

Kecha oliy ligada ishtirok etayotgan 16ta jamoa vakillaridan bosh murabbiylar va vice-prezidentlar yig'ilishda qatnashdilar. Dastavval dastlabki ikki tur natijalari o'rganib chiqildi va halol futbol barchaga qiziq bo'lgani gapirildi. Qisqa qilib aytganda, barcha-barcha, o'zaro erkakcha gap berishdi, agar bironta murabbiy lafzidan qaytadigan bo'lsa, uni birgalashib jazolash haqida kelishilgan. Bu borada PFL ham katta rol o'ynaydi. Barchasi oddiy, murabbiy yoki rahbarning futbolda ishlash huquqini beruvchi licenziyasi bekor qilinadi.

Yig'ilishda hakamlar borasida ham gap-so'zlar bo'lgan. Klublar hakamlarni rasmiy ravishda maoshini oshirish taklifini bildirishgan. Yaqin kunlar ichida bu narsa rasmiy ko'rinish olishi mumkin bo'ladi. Boisi futbolning halol o'tishi 50 foizga hakamga bog'liq.

Aslini olganda ham to'g'ri, ikki klub mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'radi-yu, hakam bitta nohaq qarori bilan uning qilgan ishini chippakka chiqaradi. Bunday hakamlarga ham jiddiy chora ko'rilishi malum bo'ldi. O'z kasbini suiistemol qilgan referilar bir umrga futboldan chetlatilishi haqida majlisdan tashqari gap bo'lgan. Butun boshli futbolning hakamlarga tobe bo'lib qolishi to'g'ri emas. Hakam, ikki jamoa safida to'p tepayotgan 22 nafar futbolchining yigirma uchinsi bo'lishi kerak, undan ko'pi emas.

O'z navbatida klublar OAVni halol futbol borasida ham kelishib ishlashga chaqirdilar. Agar biz har bir o'yinni professional tarzda yoritib boradigan bo'lsak, kim aslida kimligini bilib olishimiz mumkin bo'ladi. Avvalgi maqolada qayd etganimizdek, bo'lsang Ermatov va Kovalenkodek bo'l, inson qilgan ishni inson qiladi.

Yana bir malumot, nohaq berilgan sariq va qizil kartochkalarni PFL endi bekor qilishi mumkin. Ayrim hollarda chiqarilgan noto'g'ri qarordan klub keyingi turda jabr ko'rishi kerak emas. Agar jamoa bosh murabbiyi haqiqatdan ham o'z futbolchisiga ishonsa, demak u 24 soat ichida PFLga kerakli malumotni topshirishi kerak. Agar PFLning tartib-intizom qo'mitasi sariq yoki qizil kartochka asossiz berilgan deb topsa uni bekor qiladi. Bunday holatni Evropada ko'p ko'ramiz.

Endi o'yinlarning ko'chirilishiga kelsak. 3-turga kelib bir nechta o'yinlar ko'chirildi. Buning sababi oddiy, avvallari jamoalar o'yinga g'alaba qozonishlarini bilib borar edilar. Bugungi kelishuvdan keyin bu narsa o'z-o'zidan yo'qoldi. Natijada endi barcha jamoalar g'alaba uchun ishlashga majbur va shundan kelib chiqib OCHL va MTJ, OTJ tufayli o'yinlar ko'chirilmoqda. PFL reglamentiga ko'ra, biron bir klubdan OTJ bo'ladimi, MTJmi 5 nafar futbolchi jalb etilsa, o'z o'yinini qoldirish huquqiga ega bo'ladi.

Bu bilan PFLda kichik bo'lsa-da, o'sish kuzatilayotganini ko'rishimiz mumkin. Kelishilgan o'yinlarning yo'qolishi OCHL geografiyasini kengayishiga olib kelishi mumkin. Masalan, "Lokomotiv"ni olaylik, OCHL tufayli O'zbekiston chempionatining ikki turida muhim ochkolarni yo'qotdi, bu esa OCHLda ishtirok etmaydigan klublar uchun ayni muddao va ular mavsum yakunida to'rtlikdan joy olib, OCHLda ishtirok etishlari mumkin bo'ladi. Muxlislarimizning talabidan kelib chiqsak, bizning klublar ikki frontda ham bir xil o'ynashlari kerak. Ammo bizning salohiyatimiz hali bu darajada emas. Hattoki BAA kuchli o'yinchilari bo'lishiga qaramay, birinchi o'ringa chempionatni, keyin OCHLni qo'yadi. Bizda esa aksincha. Qisqasi, bugungi o'zgarishlar muxlislarni yana stadionga qaytarishi aniq. Faqat shu tarzda davom etaversa.

Maqola so'nggida erkakchasiga vada bergan klublarga murojaatimiz bor. Erkakning gapi, oltindan qimmat. SHunday ekan, lafzga javob beraylik va muxlislar kutgan futbol bilan futbolimizni rivojlantiraylik.

Hechdan ko'ra kech, hozircha RAHMAT!


Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика