So’nggi yangiliklar

12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  0 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  25 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4

Hakim Fuzaylov: "Superliga sari harakatdan to'xtamaymiz" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "Superliga sari harakatdan to'xtamaymiz"

Pro liga 20-turidan o'rin olgan "Buxoro" – "Mashal" (3:0) uchrashuvidan keyin buxoroliklar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ushbu o'yinga tuzgan rejalarimiz butun 90 daqiqa davomida ish berdi. Yigitlardan minnatdorman. G'alaba adolatli bo'ldi, chunki bahsda katta ustunlikda harakat qildik. Jang davom etadi, Superliga sari harakatdan to'xtamaymiz. Endilikda pley-off bahslarida oson o'yinlar qolmagan", – dedi Fuzaylov.

- Penaltiga tortadigan ikkita vaziyat bo'ldi. Bugungi hakamlik haqida nima deya olasiz?

- Hukm chiqara olmayman. Qolaversa, vaziyatdan uzoqda edim. Hakamlar ishini tekshiradigan, muhokama qiladigan maxsus komissiya bor, ular o'zlari ko'rib chiqishadi.

- "Buxoro" "Turon"ga qarshi kechgan bahsda ham hakamlikdan aziyat chekdi...

- "Turon"ga qarshi bahs o'tib bo'ldi, endi uni muhokama qilishdan naf yo'q. Biz oldinga qarab yurishimiz kerak. Tarixni titkilashdan foyda yo'q!  

Biz to'g'ri yo'ldamiz, futbolchilarim har bir o'yinga borlarini berib o'ynashyapti. To'g'ri, biz hozirda etakchilardan ochkolar bo'yicha orqadamiz. Asosiysi, jamoamiz o'yindan o'yinga kuchayib boryapti. Yana bir bor qaytaraman, hammasi hali oldinda, kurash davom etadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика