So’nggi yangiliklar

03:36ЕКЛ. Ярим финал иштирокичилари маълум  0 02:01Европа лигаси. "Милан" ва "Ливерпуль" мусобақани тарк этди, "Байер" ва "Рома" эса ярим финал иштирокчисига айланди  10 01:17Мартинес ўйин давомида икки марта сариқ карточка олди, аммо майдондан четлатилмади. Бу қоидаларга зид эмасми? Йўқ!   9 00:53Аршавин: "Ливерпул"га қарши тўртта гол урган ўйиним фаолиятимдаги энг яхшиси эмас"  2 00:36Машариповнинг жамоадоши мухлисини бағрига босгани учун жазоланди  5 23:54"Барселона" мухлислари ПСЖга учралган мағлубиятдан илгари ўз жамоаси автобусига ҳужум қилишди  3 23:37Эрон Про лигаси. Ўрунов 77 дақиқа ҳаракат қилган ўйинда "Персеполис" йирик ғалабага эришди  0 23:20Футзал бўйича Осиё кубоги. Тожикистон - Жанубий Корея 2:0   0 23:10Футзал бўйича Осиё кубоги. Япония - Қирғиз Республикаси 2:3   2 23:08АПЛда дебют қилган 19 ёшли футболчи майдонга тушганидан 3 дақиқа ўтгач, ҳушидан кетди   0 22:41U-23 Осиё кубоги. Қатар ҳакам томонидан қўшиб берилган 13-дақиқада Иордания дарвозасига ғалаба тўпини киритди  15 22:22Мессини немис грандлари ўз сафига қўшиб олмоқчи  9 21:54"Барселона"да Хавининг ўрнини ким эгаллаши деярли маълум  7 21:38Жасур Жалолиддинов: "Олимпиада йўлланмаси бериладиган мусобақада қандай ҳолатда бўлишимизга қарамай, натижа кўрсатишимиз керак"   4 21:17Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган навбатдаги клублар маълум, улардан бири — "Зальцбург"  1

Hakim Fuzaylov: Dinamo menga begona emasligi va jamoani Superligaga qaytarish maqsadida Samarqandga qaytdim Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: Dinamo menga begona emasligi va jamoani Superligaga qaytarish maqsadida Samarqandga qaytdim

Kuni kecha Dinamo jamoasi qarorgohida klub rahbariyati ishtirokida yig'ilish o'tkazilib, tojikistonlik taniqli murabbiy Hakim Fuzaylov Dinamo jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi.

Uzoq yillardan keyin Samarqand klubida yana ish boshlagan Hakim Qayumovich bilan uchrashib, «Dinamo» oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalar, murabbiyning 2000-yillarda Oliy ligadagi faoliyati haqida suhbatlashdik.

- Hakim Qayumovich, qariyb 20 yillik tanaffusdan keyin sizni Samarqandda ko'rib turganimizdan xursandmiz. Avvalo, «Dinamo»dan tushgan taklif haqida gapirib bersangiz...

- Avvalambor, men ham Samarqanddek qadimiy va ajoyib shaharga yana qaytganimdan juda ham xursandman. Samarqanddek katta viloyat va shaharning bosh jamoasi «Dinamo»ni boshqarish men uchun katta sharaf. Sababi bu jamoaning katta tarixga ega ekanligini juda yaxshi bilaman. So'nggi mavsumda Tojikistonning «Xo'jand» klubida faoliyat yuritdim va yil yakunida jamoa bilan chempionatda 2-o'rinni egallab, OFK Kubogi musobaqasiga yo'llanma olgandik. Bu yil ham kelishuvni uzaytirish masalasi turgandi. Ammo bir necha kun oldin Samarqanddan qo'ng'iroq bo'lib, «Dinamo» rahbariyatidan taklif oldim. O'zbekistonga qaytish masalasini uzoq o'ylab o'tirganim yo'q. Klub bilan bir yillik shartnoma imzoladik. Qo'yilgan vazifani bajarsak, mavsum yakunida kelishuv uzaytiriladi.

- «Dinamo»ning so'nggi mavsumda Superligaga chiqa olmay, Pro ligada qolganidan xabaringiz bor. Bungacha asosan Oliy ligalarda ishlagan mutaxassis sifatida aytingchi, bu taklifni qabul qilishingizga eng muhim jihat nima bo'ldi?

- Albatta, klubning vaziyatidan xabardorman. Har holda O'zbekistonda ko'p yillar ishlaganim tufayli bu mamlakat chempionatini ham kuzatib kelaman. Bungacha asosan yuqori ligalarda ishlagan murabbiyning quyi ligada faoliyat boshlashi ko'pchilikni ajablantirishi mumkin. «Dinamo»ga kelishimning eng asosiy sababi, bu jamoa menga begona emasligi, murabbiylik faoliyatimdagi dastlabki qadamlarni aynan Samarqandda tashlaganim va O'zbekistondagi eng yaxshi natijalarimdan biri bilan ham aynan «Dinamo» bilan erishganim muhim o'rin tutdi. Klub rahbariyati bilan gaplashganimda jamoa oldidagi vazifa Superligaga chiqish ekanligi meni bu erda ish boshlashimga sabab bo'ldi. Har holda Samarqanddek katta viloyat va qadimiy shahar jamoasi faqat Superligada bo'lishi kerak.
Umuman olganda, O'zbekiston chempionatiga qaytishni istadim. 2012-2014 yillar davomida Toshkentning «Lokomotiv» klubi bosh murabbiyi sifatida sovrinli o'rinlarni egallagandik. Ungacha Rossiyaning «Lokomotiv» Moskva, «Rostov», «Terek» klublarida, keyin esa 2016-2018 yillarda Tojikiston milliy jamoasi va Dushanbening ko'p karra chempioni «Istiqlol» jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishladim. Yillar o'tib, yana O'zbekistonga qaytganimdan xursandman.

- «Xo'jand» klubi bilan so'nggi mavsumda Tojikiston Oliy ligasi kumush medaliga ega chiqib, OFK Kubogiga yo'llanma olgan edingiz. Bu jamoani tark etish oson bo'lmagandir?

- Samarqanddan taklif tushgach, Xo'jand klubi rahbariyati bilan gaplashib oldim va ular mening qarorimga hurmat bilan munosabatda bo'lib, o'zaro do'stona xayrlashdik. Yangi mavsumda ham katta maqsadlarni ko'zlagan sobiq jamoamga omad va zafarlar tilab qolaman.

- «Dinamo»da ishga kirishganingizga ko'p bo'lmadi, jamoa bilan yaqindan tanishayapsiz. Sizningcha, jamoaning hozirgi potenciali qay darajada va tarkibda qanday o'zgarishlar kuzatilishi mumkin?
- Jamoa bilan birga hali endi uch kun ishladim. Klubdagi mahalliy murabbiylar yordam berishda davom etishadi. Ularning aksari shogirdlarim. Bilishimcha, o'tgan yilgi o'yinchilardan tarkibni juda ko'p futbolchilar tark etgan. Hozirda qo'l ostimda 30 nafarga yaqin futbolchi bo'lsa-da, tarkibning juda katta qismi hali tajribaga ega bo'lmagan mahalliy yosh futbolchilar va akademiya tarbiyalanuvchilari. Yaqin kunlargacha ularning barchasiga imkoniyat berib, ko'rikdan o'tkazamiz. Ammo klub oldidagi vazifadan kelib chiqib, jamoa tarkibi kuchaytirilishi shart. Aynan hozirdan boshlab, allaqachon tarkibni kuchaytirish masalasi bilan shug'ullanishni boshladik. Tarkibimizga legionerlarni ham chaqirishimiz mumkin. CHunki natijaga erishish uchun yordam beradigan mahoratli futbolchilar bizga juda zarur. Yaqin 10 kun ichida tarkibni shakllantirib, qanday o'yinchilar bilan ishlashim borasida aniq tasavvur uyg'onishi lozim.

- Jamoaning dastlabki rejalarni tuzishga ulgurdingizmi?

- Albatta, bu borada uzoq o'ylashga vaqt bo'lmaydi. Tayyorgarlik masalasini rahbariyat bilan muhokama qildik. Unga ko'ra, yanvar oyi yakuniga qadar tayyorgarlik ishlari Samarqandda o'tkaziladi. Fevraldan esa Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etib, asosan nazorat bahslarida maydonga tushamiz, tarkibni kuchaytiramiz.

- «Dinamo»ning O'zbekiston chempionati tarixidagi eng yaxshi natijasi aynan sizning qo'l ostingizda qo'lga kiritilgani, qolaversa yangi bosh murabbiy sifatida samarqandlik minglab muxlislar sizdan jamoani Superligaga olib chiqishingizni kutayotganligi aniq. 2000 yilgi va hozirgi tashrifingizni taqqoslab, qanday farqlarni ko'rasiz?

- Samarqandga birinchi va ikkinchi marta ish boshlashim orasida 20 yillik katta oraliq bo'lsa-da, o'shanda ham, hozir ham oldimda asosiy vazifa yuqori o'rinlarni egallashdir. Kechagidek yodimda, 1999 yilda «Dinamo» bosh murabbiyi rahmatli Mahmud aka Rahimov meni birga ishlash uchun Samarqandga chaqirgandi. O'shanda 2000 yilda birga ishlashga vada bergandim. Ammo ko'p o'tmay, 1999 yilning dekabr oyida Mahmud aka Rahimov Toshkent – Samarqand trassasida avtohalokatga uchrab, vafot etdi. Unga vada berib qo'yganim uchun meni Samarqandga chaqirib bosh murabbiy sifatida tayinlashdi. Klubga etibor kuchli edi. Mahmud aka Rahimov «Dinamo»da yaxshi jamoa shakllantirib bo'lgandi, men esa jamoani yana biroz shakllantirgandim, xolos. «Dinamo» tarkibida o'sha davrning eng kuchli futbolchilari, milliy jamoa azolari yig'ilgandi. Samarqand viloyat hokimiyati va muxlislarning qo'llab-quvvatlashlari evaziga «Dinamo» hech kimdan qo'rqmaydigan jamoaga aylangandi. O'zbekiston kubogi finalida «Do'stlik» jamoasiga qarshi maydonga tushgandik, Osiyo kubok egalari kubogida ishtirok etgandik. Mavsumni yaxshi boshlagan bo'lsak-da, yakunda 4-o'rinni egalladik. Bilishimcha, bu natija «Dinamo»ning Oliy ligadagi eng yaxshi natijasi bo'lib qolmoqda. O'shanda Samarqanddagi har bir o'yinimiz shaharda muxlislarning bayramona atmosferasiga sabab bo'lardi, har o'yinda 20-30 ming tomoshabin stadionni to'ldirib o'tirardi. Hozirgacha o'sha davrlarni eslash yoqimli.

Bu yil ham jamoa o'zi ishtirok etadigan turnirda g'oliblik uchun to'p surishi vazifasi qo'yilgan. Rahbariyat va samarqandlik muxlislarning qo'llab-quvvatlashlari ostida «Dinamo»ning avvalgi mavqeyini tiklashga bor kuch va tajribamni ishga solib, klubni Superligaga olib chiqishga intilamiz.

Usmon Ibodov suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика