So’nggi yangiliklar

22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  0 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчи "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  10 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  5 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  20 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2

Hakim Fuzaylov: "6 ochkoli o'yinda yutdik, ammo Superliga haqida gapirishga hali erta" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "6 ochkoli o'yinda yutdik, ammo Superliga haqida gapirishga hali erta"

Pro liga 19-turi doirasidagi "Nurafshon" - "Dinamo" (0:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Hakim Fuzaylovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Hakim Qayumovich, muhim o'yindagi g'alaba bilan tabriklaymiz. O'yin borasidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...
- Ikkinchi bosqichdagi har bir ochkoning qadri baland. Oldin ham aytgandim, Pro ligada oson o'tadigan o'yinning o'zi yo'q. Kutganimizdek juda ham asabiy va og'ir o'yin bo'ldi. Eng avvalo futbolchilarimizga minnatdorchilik bildiraman, ular qiyinchiliklarga qaramay o'yin oxirigacha kurash olib borishdi va yakunda g'alaba qozonishdi. O'yinning qanday o'tgani menga yoqdi. To'g'ri, himoyada ham, hujumda ham kichik xatolarimiz bor. O'yinni tahlil qilib, xulosa chiqaramiz. Bugun jamoa xarakteri evaziga o'yinda g'olib chiqdi.

- Jamoaning asosiy himoyachilaridan biri Dmitro Sidorenkoning tarkibda yo'qligi nima bilan bog'liq?

- U jarohati sababli Buxoroga kela olmadi. SHuningdek, Oleg Marchuk ham biroz shamollagani bois asosiy tarkibdan o'rin olmadi. Qolaversa, Siroj Meliev va Farhod Rahmatov ham kecha biroz betob edi.

- "Dinamo" bugun 6 ochkoli o'yinda asosiy taqibchisini mag'lub etdi, deyish mumkin va oradagi ochkolar farqini 7taga etkazdi. Aytingchi, "Dinamo" Superligaga chiqish vazifasini necha foizga bajardi desak bo'ladi?

- Bu haqda gapirishga hali erta deb hisoblayman. To'g'ri, bugun 6 ochkoli o'yin bo'ldi, ammo faqat bugungi bahs emas, ushbu bosqichda to'rt jamoa ishtirokidagi har bir o'yin 6 ochkoli bo'ladi. Oldinda 5 o'yin bor va bu 15 ochko uchun kurash degani. SHunday ekan, hammasi hali oldinda.

- Bugun penalti ishlab, gol urgan Ro'zimboy Ahmedov jamoa futbolchilariga qanchalik tasir o'tkaza olmoqda?

- U katta tajribaga ega futbolchi. Ro'zimboy jamoamizga kelgani bilan o'zining etakchilik qobiliyatini ishga solmoqda. Ahmedov hozirgi yoshida ham har mashg'ulotda ter to'kib ishlamoqda, hech bir mashg'ulotlarni o'tkazib yubormaydi. U jamoadagi yoshlarga o'rnak bo'ladigan o'yinchi.

Usmon Ibodov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика