So’nggi yangiliklar

07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  0 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  7 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  28 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  30 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2

Hakamlikda navbatdagi mojaromi? Elyor Tursunovga kim nimani vada qilgan? Yangiliklar

Hakamlikda navbatdagi mojaromi? Elyor Tursunovga kim nimani vada qilgan?

Yodingizda bo'lsa 2022 yilning yozida buxorolik hakam Elyor Tursunov futboldan ketmoqchi bo'lgan edi.

Keyinroq u yana qaytgan. Lekin, 2022 yilning 23 dekabr sanasida u totalizator va kelishilgan o'yinlarda ishtirok etganlikda ayblanib futbol bilan bog'liq faoliyatning barcha turidan umrbod chetlatilgan edi.

O'FA totalizator va kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgan futbolchi, hakam va shaxslarni jazoladi va bir umrga futboldan chetlatdi

Hakamlar ham totalizatorga aralashishi mumkinmi va u qanday bo'ladi?

Bugun ana shu hakamning o'zi mavzuni yana qayta ko'tardi. Elyor Tursunov o'zining "facebook"dagi sahifasida quyidagicha post qoldirdi: "Jim ketadi deb adashyapsiz, jang bugundan rasman boshlandi. Hech kimni ayab o'tirish yo'q, qo'limda nimalar borligini bilasizlar. Meni yo'qotadigan hech narsam yo'q".


Ko'rib turganingizdek, Tursunov nimalargadir shama qilmoqda, uning izohlardagi bazi gaplarini ham keltiramiz.


Umuman olganda so'nggi turlarda katta hakamlar qaerga yo'q bo'lib qoldi?

Futbol natijalariga tasir qilayotganlar faqat hakamlar bo'lmasa kerak? Qachongacha bunday munosabatni ko'ramiz?

Endi Elyor Tursunov bilan kelishishadimi, shu bilan hamma joy toza bo'ladimi?

Hurmatli Abdusalom Abdumavlonovich, bu masalalarga qachondir nuqta qo'yiladimi? Gapiraman deb turgan kishidan malumot olinadimi?

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика