Hakamlarimiz UEFA seminarida ishtirok etishdi
07 noy 2016 13:12
Yangiliklar
Hakamlarimiz UEFA seminarida ishtirok etishdi
Kuni kecha O'zbekiston futbol federaciyasi instruktori, FIFA referisi Vladislav Ceytlin rahbarligida yurtimiz hakamlari SHveycariyaning Non shahrida o'tkazilgan seminarda ishtirok etib qaytishdi.
Ikki hafta davom etgan o'quv-amaliyot mashg'ulotlarini UEFA bosh instruktori Devid Ellaray hamda italiyalik taniqli mutaxassis, FIFA referisi Roberto Rozetti olib bordi. Seminar doirasida referi Naim Qosimov (Dehqonobod), laynsmenlar Obid Jumaev (Navoiy) hamda Sanjar SHoyusupov (Toshkent)lar bir nechta uchrashuvlarda o'z mahoratlarini namoyish etishdi.
Seminar yakunida sinovdan muvaffaqiyatli o'tgan hakam va laynsmenlarimiz maxsus diplom hamda sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Fikrlar