Hakamlarga nima bo'ldi? Bugun Oliy ligada yana bir hakam 2 baho oldi
21 sen 2017 22:12
Yangiliklar
Hakamlarga nima bo'ldi? Bugun Oliy ligada yana bir hakam 2 baho oldi
Bugun Oliy liga 22-turidan o'rin olgan uchta o'yin bo'lib o'tdi.
Ulardan birida G'uzorning "SHo'rtan" klubi Namanganning "Navbahor" jamoasini qabul qildi. Mazkur uchrashuvda 3:3 hisobidagi jangovar durang natija qayd etildi.
Bizga etib kelgan malumotlarga ko'ra, o'yinni boshqarib borgan bosh hakam Olim Tolibjonovga uchrashuv nazoratchisi Alisher Abdullaev 2 baho qo'ygan. Hozircha qoniqarsiz bahoning sababi bizga malum emas. Tez orada PFLdan rasmiy malumot kutib qolamiz.
Eslatib o'tamiz, 16 sentyabr kuni "Buxoro" - "Dinamo" o'yinini boshqargan hakam Rustam Bobomurodov nazoratchi tomonidan qoniqarsiz 4 ballga baholangan, keyinchalik esa Bobomurodov hakamlikdan butunlay chetlatilgan edi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
ЕЧЛ. Дастлаб гол ўтказиб юборган "Барселона" якунда "Айнтрахт"ни мағлубиятга учратди
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
Fikrlar