So’nggi yangiliklar

22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  0 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  58 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0

"Hakamlar noto'g'ri tushungani sabab 1 oyga yaqin o'ynamadim, bu hali yakun emas" - "Andijon"ning albaniyalik legioneri yana nimalar dedi? Yangiliklar

"Hakamlar noto'g'ri tushungani sabab 1 oyga yaqin o'ynamadim, bu hali yakun emas" - "Andijon"ning albaniyalik legioneri yana nimalar dedi?

"Andijon"ning ilk turda "Nasaf" maydonidan g'alaba bilan qaytishi, mehmonda "Olimpik"ning mag'lub etilishi, "Metallurg" darvozasiga javobsiz 5 ta gol.

Sizningcha, bari tasodifmi?

O'tgan turda xet-trik qayd etgan jamoaning albaniyalik legioneri Rubin Xebay bu boradagi fikrlarimizga qo'shilmadi va "Metallurg" bilan o'yin haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. 

- Hisobdan va o'yinni borishidan kelib chiqqanda "Metallurg" bilan o'yin oson o'tdimi? Siz uchun ahamiyati nimada bo'ldi?

- Yirik hisob qayd etilgani o'yin oson o'tganidan dalolat bermaydi. Etibor bergan bo'lsangiz, 3 ta golni juda tez fursatlarda urib oldik. O'yin bizniki ekanligiga ishonchimiz ortdi. Natijada o'ynni nazorat qilish biroz osonlashdi. 

- O'zbekiston chempionatidagi gol urgan, xet-trik qayd etgan ilk albaniyalik legioner bo'ldingiz. Bu borada o'yindan oldin malumotga egamidingiz?

- Ha, klub bilan shartnoma imzolayotganimda menga aytishgan edi. Umuman olganda, mamlakatingiz va chempionat haqida ko'p malumotga ega emasdim, deya olaman. Biroq taklif tushishi bilan ko'p malumotlar qidirdim. Osiyoda tajriba orttirishni istadim. 


- Orada diskvalifikaciyani hisobga olmaganda maydonga tushgan o'yinlaringizda haqiqiy darajangizni ko'rsata olmagandingiz. "Metallurg" bilan o'yindagi xet-trik barchasini o'zgartiradimi? Yoki bu tasodif bo'ldimi?

- Menimcha, tasodif emas-ku, jamoa bo'lib yaxshiroq o'ynadik. Avvalgi uchrashuvlarga qaraganda ko'proq hujum qilishga intildik. Birinchi uchrashuvda golli uzatmani amalga oshirdim. Biroq "Surxon" bilan uchrashuvda hakam meni noto'g'ri tushundi va qizil kartochka ko'rsatib, xatoga yo'l qo'ydi. Deyarli 1 oy davomida maydonga tushganim yo'q. Yirik hisobli g'alaba o'zimizga ishonchni orttirsa ajabmas. Bir oila bo'lib harakat qilsak, o'ylagan natijamizga erishamiz. 

- Evropada ko'p klublarda o'ynagansiz. "Andijon" muxlislarining ularga o'xshash tomoni bormi?

- Qandaydir taqqoslamagan bo'lardim. SHuni aytishim mumkinki, muxlislar bizning 12-futbolchimiz. Bizga maydondan va maydon tashqarisida katta yordam berishadi. 


- Yangi qita, yangi jamoa "Andijon"ga qanday kelib qoldingiz? CHunki o'sha pallada transferlar oynasi yopilishiga juda oz vaqt qolgandi?

- So'nggi pallada qabul qilingan qaror edi. Albatta evropaliklar bilan solishtirganda farq boshqacha. "Andijon"da munosib to'p tepib, jamoaga yordam berishni maqsad qilganman. 

- Joriy yilda nechta gol urishni maqsad qilgansiz?

- Qo'limdan kelgan barcha imkoniyatni ishga solaman. Har bir o'yinda bor kuchim bilan harakat qilaman. O'ylaymanki, bu hali yakun emas.


Abdulaziz Iskandarov suxbatlashdi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика