So’nggi yangiliklar

00:35Жюль Кунде терма жамоа йиғинларидаги образи бўйича бирдирилган танқидларга жавоб берди  0 23:55Иньеста "Барса" ва "Реал" рақобати чўққига чиққан пайтда Испания термасидаги муҳит ҳақида гапирди  0 23:26Эрлинг Холанд Габриэлнинг бошига тўп улоқтирганидан афсусланмаслигини айтди  0 22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  8 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  3 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  9 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  13 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  5 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  6 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  1 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  1 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  25 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  6

Hakamlar “Lokomotiv”ning OKMK darvozasiga urgan golini inobatga olmasdan, xatoga yo'l qo'yishdi. Superliganing 20-tur uchrashuvlaridagi hakamlik faoliyati tahlili Yangiliklar

Hakamlar “Lokomotiv”ning OKMK darvozasiga urgan golini inobatga olmasdan, xatoga yo'l qo'yishdi. Superliganing 20-tur uchrashuvlaridagi hakamlik faoliyati tahlili

Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev (Alyo, ref! Telegram kanali muallifi) Superliganing 20-tur o'yinlaridagi bahsli epizodlarni tahlil qildi.

«Paxtakor» - «Olimpik»

VIDEO 

Ushbu vaziyatda "Paxtakor" futbolchisi tomonidan fol ishlatilgan. Ammo nima uchun hakam qoidabuzarlikni qayd etmaganini taxmin qilish mumkin - katta ehtimol bilan uning nigohi boshqa tomonga qaratilgan edi. Bunday vaziyatda bosh hakamga qanot hakami yordam berishi kerak. "Paxtakor" futbolchisi tomonidan siltash holati bo'lgan-bo'lmaganini ko'rib bo'lmaydi, lekin bu holatda "Olimpik" foydasiga jarima zarbasi belgilanishi kerak edi.


«Andijon» - «Neftchi»

VIDEO 

Qiziqarli epizod sodir bo'lgan. Qisqa masofada to'p ketma-ket ravishda "Neftchi" tarkibidagi ikki o'yinchining qo'liga tegdi. Ikkalasi ham bir-biriga yaqin turgandi. Bunda hujum qilayotgan tomon o'yinchisidan o'tib ketgan to'pning "kutilmagan holatda" tegishi kuzatilgan. Muhimi, to'p birinchi bo'lib tekkan himoyachining qo'li tanasiga yopishib turgandi. o'yinchisining qo'li ham tanaga yaqin joylashgandi va bu holat tana joylashgan masofani kengaytirmaydi. Hakam o'yinni davom ettirib, to'g'ri ish qildi.


«Andijon» - «Neftchi»

VIDEO 

Hakmning vaziyatga o'z vaqtida munosabat bildirishi keskinlikning kuchayishiga imkon bermadi. SHuningdek, zaxira va qanot hakami ham ishonchli harakat qildi - ular janjalni yumshatishga hissa qo'shdi. "Andijon" futbolchisiga sportga aloqador bo'lmagan xatti-harakatlari uchun sariq kartochka ko'rsatildi. O'yinchining nima uchun bunday karomat ko'rsatgani nomalum, chunki to'p maydon chizig'idan tashqariga chiqib ketgan edi.


«Navbahor» - «So'g'diyona»

VIDEO 

Hakam o'yinni davom ettirib, to'g'ri qildi. O'tgan turda hujumkor o'yinchi to'p tomon emas, balki himoyachi tomon harakat qilgan ikkita shunga o'xshash epizod sodir bo'lgandi. Bu erda ham xuddi shunday holat kuzatilgan. Ushbu vaziyatda "Navbahor" hujumchisi to'qnashuv tashabbuskori hisoblanadi. Himoyachini jazolashning hojati yo'q, chunki u shunchaki to'p tomon harakatlandi. So'nggi lahzada hujumkor o'yinchi to'qnashuv sodir etishga harakat qilib, oyog'ini himoyachi tarafga cho'zdi.


«Navbahor» - «So'g'diyona»

VIDEO 

To'qnashuv etarlicha shiddatga ega, lekin hakam o'yinni davom ettirib, to'g'ri ish qildi. "Navbahor" himoyachisi birinchi bo'lib to'pga tegdi, shundan so'ng kontakt yuz berdi. To'qnashuv shiddatli bo'lib chiqdi, chunki "So'g'diyona" hujumchisi faqatgina to'pga etiborini qaratgandi va qarama-qarshi yo'nalishda kurashga kirishayoyotgan himoyachini ko'rmayi. O'yinni davom ettirish qarori to'g'ri. Agar ushbu hujumda "Navbahor" raqib darvozasini ishg'ol qilganida, gol hisoblanishi kerak edi.


«Dinamo» - «Surxon»

VIDEO 

Hakam o'yinni to'g'ri holatda davom ettirdi. Epizod etarlicha oson bo'lgan: "Dinamo" o'yinchisining o'zi "Surxon" himoyachisining orqa tomoniga urildi. Himoyachi to'p oldiga tanasi bilan to'g'ri holatda chiqqan edi.


«Dinamo» - «Surxon»

VIDEO 

"Surxon" o'yinchisini maydondan chetlatish qarori to'g'ri. Hatto qoidabuzarning o'zi hammasini tushunib, hakam bilan bahslashmadi. Bu holatda qoida jiddiy ravishda buzilgan, hatto to'pga o'ynash uchun kichik imkoniyat ham mavjud emasdi. "Dinamo" futbolchisining oyog'ini butsaning tag qismi bilan bosish holati sodir etilgan, qolaversa, tana og'irligi raqibga shikast etkazgan oyoqqa tushgan. SHikastlanish oyoqning boldir qismidan yuqorida bo'lgan. VAR vaziyatga aralashib, to'g'ri qilgan. Hakamning takroriy vaziyatni bir necha soniya ichida tomosha qilishi yakuniy echimni qarorni chiqarishi uchun kifoya qildi.


«Dinamo» - «Surxon»

VIDEO 

"Dinamo"ning goli to'g'ri holatda hisoblandi. Birorta takroriy vaziyatda to'p maydon chizig'idan to'liq chiqib ketgani ko'rinmagan. Bunday murakkab epizodlar uchun turli rakursda joylashgan kameralar orqali tekshiradigan VAR kerak. Yordamchi hakam uchun bu qiyin holat edi, chunki o'yinchilar va darvoza ustunlari uning nigohini to'sib qo'ygandi. Bu erda o'yindan tashqari holatda sodir bo'lmagan, chunki ofsayd chizig'i to'pning harakat chizig'i bo'ylab chiziladi. Barcha hujumkor o'yinchilar esa uning orqasida edi.


«Dinamo» - «Surxon»

VIDEO 

Birinchidan, "Dinamo" futbolchisi butun tanasi bilan oldinga egilgan holatda darvozaga yaqin joylashgandi, yani o'yindan tashqari holatda edi. Yordamchi hakam tavakkal qilib, darhol bayroqni ko'tarmadi, bu o'rinli ish edi. Ikkinchidan, “Dinamo” futbolchisi tomonidan qoida buzilishi jiddiy bo'ldi, demagan bo'lardim. U to'pga oyoq cho'zdi, bu holatda hech qanday butsaning tag qismi bilan o'ynash yoki darvozabonning ustiga sakrash holati sodir bo'lmagan, uning oyog'i pastda edi. Ha, to'qnashuv shiddatli bo'ldi, ammo bu vaziyatda sariq kartochka ko'rsatilishi kifoya. Agar epizod gol bilan yakunlanganida, menimcha, ofsayd tufayli bekor qilingan bo'lardi.


«Dinamo» - «Surxon»

VIDEO 

Bu vaziyatda, shubhasiz, penalti bor edi, VAR epizodga aralashishi kerak edi. "Surxon" himoyachisi to'p tomon intildi, lekin ulgurmadi, shundan so'ng raqib tomon qadam tashlab, uni ortdan turtib yubordi. Bu gol urish imkoniyatidan ochiqdan-ochiq mahrum qilish degani. Lekin to'pga harakat qilishga bo'lgan urinish tufaydi qizil emas, sariq kartochka ko'rsatish kerak edi. "Dinamo" o'yinchisi navbatdagi teginish oraqali gol urishi mumkin edi. Hakam nima uchun penalti belgilamaganiga va VAR vaziyat to'g'risida lom-mim demaganiga hayronman.


«Qizilqum» - «Metallurg»

VIDEO 

Juda murakkab epizod. Takroriy vaziyatlarning hech birida to'p darvoza chizig'ini kesib o'tganligi haqida isbot mavjud emas. Yordamchi hakam darvoza chizig'i qarshisiga etib olishga ulgurgan va yaxshi poziciyada joylashgandi. Umuman olganda, hakamlar va epizodga aralashmagan VARdagilarning qarorini qo'llab-quvvatlash mumkin. Yuqorida aytib o'tganimdek, birorta kamerada to'p darvoza chizig'ini to'liq kesib o'tganligi haqida hech qanday dalil yo'q.


OKMK – «Lokomotiv»

VIDEO 

Hakamning qarorini qo'llab-quvvatlayman. SHu bilan birga, o'yinchilarning reakciyasidan hammasi ayon edi, shu bois, chetlatilgan o'yinchi bahslashmadi. OKMK futbolchisi 100% qizil kartochkaga loyiq edi. Bazan bunday holatlarni ko'rganimda, o'yinchilarning bunday shafqatsizligi qaerdan paydo bo'ldi, degan savol tug'iladi. SHu jumladan, ushbu vaziyatda. To'pdan allaqachon qutulgan raqibning oyog'iga tashlanilgan. Butsaning tag qismi bilan qilingan bunday shiddatli tashlanish raqib oyog'idagi boldir qismining sinishiga olib kelishi mumkin. OKMK o'yinchisi so'nggi lahzada oyog'ini bukib, to'qnashuvni yumshatish va raqibning sog'lig'iga xavfni kamaytirish o'rniga, teskarisini qilgan. VARning o'rinli aralashuvi va hakamning yakuniy qarori to'g'ri bo'ldi.


OKMK – «Lokomotiv»

VIDEO 

Oddiy bo'lmagan epizod sodir etilgan. Birinchidan, agar jamoalardan birining o'yinchisi jarima maydonchasi ichida yotgan bo'lsa va to'p jarima maydonchasidan chiqib ketsa, hakam darhol o'yinni to'xtatishi kerak. Ikkinchidan, agar hakam o'yinni davom ettirishga qaror qilgan bo'lsa, u holda gol hisoblanishi kerak edi. Umuman olganda, vaziyat qoida doirasidan chetga chiqmagan: "Lokomotiv" futbolchisi to'p etib keladi degan umidda sakradi. U qarshisida shunchaki joyida miq etmasdan turgan OKMK himoyachisiga duch keldi. Raqibga nisbatan hech qanday teginish yoki qo'shimcha harakat bo'lmagan. O'yin yakunida fol qayd etish uchun yaqqol ayon  bo'lgan vaziyat sodir etilishi kerak edi. VAR tizimi ham bu epizodga aralashishga, ayniqsa, hakamni monitorga chaqirishga haqli emas edi. VARdagi hakamlar tekshiruv o'tkazib, bosh hakamning dastlabki qarorini o'zgarishsiz qoldirishlari mumkin edi.


«Bunyodkor» - «Nasaf»

VIDEO 

To'p avval "Bunyodkor" himoyachisining yuziga, so'ngra badanga perpendikulyar (tik holatda) joylashgan va tana maydonini kengaytirgan qo'lga tegdi. VARning aralashuvi to'g'ri, hakam to'g'ri belgilab, to'g'ri ish qildi.


«Bunyodkor» - «Nasaf»

VIDEO 

To'p uchun kurashda qo'llardan noto'g'ri foydalanganligi uchun "Nasaf" o'yinchisiga "klassik" sariq kartochka ko'rsatildi. U jo'rttaga qo'lini sal chetga surib, raqibining yuziga tegib ketgan. Hakam ideal poziciya tanlagani, shuningdek, tezkor va o'z vaqtida qaror qabul qilganini etirof etmoqchiman.


«Bunyodkor» - «Nasaf»

VIDEO 

Mukammal takroriy lavhalar mavjud emas, biroq hakam o'yinni to'g'ri holatda davom ettirdi, degan taxmindaman. Agar "Bunyodkor" himoyachisi to'pga tegmaganida, u joyidan qo'zg'algan yoki "Nasaf" o'yinchisi to'pni o'zidan oldinga yo'naltirgan bo'lardi. To'p joyidan qo'zg'almagani "Bunyodkor" himoyachisi unga tekkanidan dalolat beradi. To'g'ri, bu vaziyatda xavfli podkat tashlangan, lekin umuman olganda, hakam o'yinni davom ettirishga qaror qilib, to'g'ri yo'l tutdi.


«Bunyodkor» - «Nasaf»

VIDEO 

Vaziyat "Nasaf" o'yinchisining raqibini yuziga urib yuborganligi uchun ikkinchi sariq kartochka olgan holatga o'xshab ketadi. Bu erda "Nasaf"ning boshqa bir futbolchisi ham to'p uchun kurashda qo'llaridan foydalangan: sakrab turib, u tirsagini raqib yuziga tomon cho'zgan. Hakam qoidabuzarga qo'pol o'yin uchun sariq kartochkani ko'rsatmasdan xatoga yo'l qo'ydi.


SHu tariqa, Superliganing 20-tur o'yinlarida hakamlar to'rtta xatoga yo'l qo'yishdi.

Reyting:    

Fikrlar

+2   
02 okt 11:23:31
Ю.Ш.М
Хайит дан кейин ХНА ни ....... куй дейишган ота боболаримиз. Русчасига после пожара .... Насос
+2   
02 okt 11:01:55
Odilbek9322 Dadaboev
ENDI NIMA FOYDASI BOR.BARBIR XAKAM GA HAM KULUB GA HICH NIMA BERMESILAR NA GOL NA JAZO.FOYDASI BOʻLMAGAN NARSAGA BUNAQA NARSA YOZMELAR.
+1   
02 okt 12:23:54
Кодиржон Жалилов
Олдинлариям хакамлпр хато киларди одам борки хато килади айримлари нафсига кул булиб е кайсидир пукбачадан куркиб айримлари билмасдан хато киларди лекин якин 2 -3 мавсумдан бери деярли хар турда ковун туширади хакамлар нима силарга одат е хобби буп колдими хакамлар кумитаси рахбари исми лазизмиди.узидан фаришта ясаб хеч кимга гап бермидиган аклли юкол бушат.нима ота бобогдан мерос коганми санга узбек футболи.хохлаган.макоминга соласан.
+1   
02 okt 12:23:03
Кодиржон Жалилов
Олдинлариям хакамлпр хато киларди одам борки хато килади айримлари нафсига кул булиб е кайсидир пукбачадан куркиб айримлари билмасдан хато киларди лекин якин 2 -3 мавсумдан бери деярли хар турда ковун туширади хакамлар нима силарга одат е хобби буп колдими хакамлар кумитаси рахбари исми лазизмиди.узидан фаришта ясаб хеч кимга гап бермидиган аклли юкол бушат.нима ота бобогдан мерос коганми санга узбек футболи.хохлаган.макоминга согласен.
+1   
02 okt 11:15:27
Озод Ачилов
Бази мухлислар Насафга ҳакамлар ёрдам беряпти деган гапларни ёзишяпти. Аслида фақат Насаф эмас бошқа жамоаларга ҳам билиб билмай ёрдам беришяпти. Шунинг учун, УФА бу нарсага тезроқ чора топиши керак, наҳотки, 6-7та савияли ҳакамни тарбиялай олмаймиз.
+1   
02 okt 11:13:43
Озод Ачилов
Ҳакамлар хатоси туфайли бир жамоа жабрланяпти яна бир жамоа эса очко оляпти, буни оқибати яхши эмас, бунга чора кўриш керак, балки атайлаб хато қимаётгандир, малакаси етмаётган бўлиши ҳам мумкин, ҳар икки ҳолатда ҳам буни ҳозир бартараф этиш керак, акс ҳолда шунақа иммунитет шаклланадики, ҳакамнинг ҳатолари одат тусига киради.
   
03 okt 00:55:56
Ya Bolelshik
O'yindagi epizodlarni Chempionat Asia muxbiri o'zi tanlab Alyo Ref ga yuboradi, Alyo Ref shu epizodlar haqida keyin xulosa beradi. Shu sababli, ko'proq neytralmas fikrlar ham chiqib turadi
   
02 okt 13:29:52
Привет
Локомотивни голини хисобга олмай ткгри килди хакам, бу билан чемпионатда озгина булса хам интригани саклаб колди, Локомотивни Пролигага тушиб кетишига барибир йул куймаймиз факат ноиложликдан Металлург билан хайрлашамиз купи билан бир йилга !!!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика