Hakam karantin qoidalarini buzib, parashyutdan sakradi

Eldor Akmurzayev
4 apr 2020, 22:15
Meksika chempionatida faoliyat olib boruvchi Adonay Eskobedo koronavirus pandemiyasi tufayli mamlakatda joriy etilgan karantin qoidalariga bepisandlik bilan qaradi.

Eskobedo izolyaciya qoidalari e'tiborsiz qoldirib, parashyutdan sakradi. Joriy mavsum esa referi chempionat doirasida o'tgan 8ta o'yinda ishladi.

Avvalroq, Meksikada 30 kunlik favqulodda holat e'lon qilingan edi. Shuningdek, fuqarolarga bir qator cheklovlar ham joriy etilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.com