Rasman: "Surxon" U-17 JCH ishtirokchisi bilan shartnoma tuzdi

Sherzod Nurmatov
19 yanv 2026, 15:52
Termizliklar chap qanot himoyachisi Muhammadali Musaxonovni tarkibga qo'shib oldi.

"Jamoamiz safiga yosh va istedodli futbolchi Muhammadali Musaxonov qo'shildi. Musaxonov 17 yoshda bo'lib, himoya chizig'i futbolchisi hisoblanadi. Noyabr oyida bo'lib o'tgan U-17 Jahon chempionatida Musaxonov O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi safida 3 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirgandi. Umuman olganda, Musaxonov U-17, U-18 va U-19 terma jamoalarida jami 40 ta uchrashuv o'tkazgan.

Jamoamiz yosh va istedodli futbolchilarga katta e'tibor qaratgani sababli, klub rahbariyati Odil Ahmedov akademiyasidan futbolchini to'liq sotib olish va u bilan to'laqonli transferni amalga oshirishga qaror qildi. 17 yoshli Musaxonov bilan 3 yil muddatga shartnoma imzolandi", – deyiladi xabarda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати