So’nggi yangiliklar

23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  1 22:57Португалия — Испания. Роналду ва Ямал асосий таркибда  21 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  4 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  40 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  11 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  9 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  16 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  13 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  28 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  3 19:38"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 18:28"Қора" ишчилар мукофотланмайдими?  15

Hafta iqtiboslari. Neymar, Messi, Useyn Bolt, Usmon Dembele va boshqalardan eng sara fikrlar Yangiliklar

Hafta iqtiboslari. Neymar, Messi, Useyn Bolt, Usmon Dembele va boshqalardan eng sara fikrlar

Teglar :  Hafta iqtiboslari
Yakuniga etayotgan haftaning murabbiy va futbolchilar tomonidan bildirilgan eng sara fikrlarini taqdim etamiz.

- "Hayotda kimnidir yo'qotish og'ir. Men yoshligimda uni TV orqali ko'p bor eshitganman va ko'rganman. U jahon chempionati bahslarini ajoyib sharhlardi. U futbolning haqiqiy ovozi edi. Men uning ovozidan tasirlanib futbolga kirib kelganman deya olaman" (Tim Keyxill 71 yoshida olamdan o'tgan avstraliyalik afsonaviy sharhlovchi Les Myurrey haqida)

- "Bu oson bo'lmadi. Men ko'p o'yladim va yakunda hayotimda nimanidir o'zgartirishim kerak degan qarorga keldim. To bir fikrga kelmagunga odamlar bilan bu haqda gaplashmadim, faqat yakuniy qarordan so'nggina o'z fikrlarim bilan o'rtoqlashdim. Men yuragimga quloq solganimda, u menga Parijga bor dedi". (Neymarning "Barselona"dan PSJga o'tgach matbuot anjumanida aytgan gapi)

- "Neymar bilan birga o'tkazgan yillarimdan xursandman, u haqiqiy o'rtoq. Men unga faoliyatining yangi bosqichida omad tilab qolaman. Seni ko'p yaxshi ko'raman". (Messinning Neymarga atab yozgan xayrlashuv so'zlari)

- "Barsa"da nimaga erishgan bo'lsang, bu bir umr tarixda qoladi. Senga o'xshagan futbolchilar klubni buyuk qilishadi". (Pikening Neymar haqida aytgan oxirgi gapi) 

- "Men "Los Anjeles"ning keyingi 33 o'yinida eng katta muxlisiga aylanaman. Men "Toronto"ni sevaman, "Toronto" - mening uyim va bu erdan hech qayoqqa ketmayman. Ammo endi otam uchun ham "Los Anjeles"ga muxlislik qilaman". ("Toronto" sardori Maykl Bredli otasi Bob Bredli "Los Anjeles" bosh murabbiyi etib tayinlanganidan so'ng)

- "Men har doim futbol haqida gapiryapman va Mourinodan qo'ng'iroq bo'lishini kutyapman. Bu umrbod davom etishi ham mumkin. Lekin menimcha, Mourino oxirgi kungacha kutadi va shundan keyin qo'ng'iroq qiladi" (Yamaykalik mashhur sprinter Useyn Bolt MYU safiga qo'shilish uchun Joze Mourinodan hamon taklif kutayotgani haqida)

- "U "Borussiya Dorutmund"dagi eng muhim o'yinchi. Har qanday futbolchining o'rnini to'ldirish mumkin, lekin gap Obameyang haqida borar ekan o'ylab qolasan. Jamoaning 20 foiz o'yini aynan unga bog'liq" ("Borussiya" D sobiq bosh murabbiyi Ottmar Xitcfeldning Per-Emerik Obameyang haqida fikri)

- "Hech qachon bo'sh kelma! Xoh hayotda, xoh sportda. Orzularing ro'yobga chiqishidan aslo voz kechma. Nimagadir erishishni xohlasang, bunga albatta erishasan" (Ayollar futboli bo'yicha Evropa chempionati to'purari Jodi Teylorning matbuotga bergan intervyusidan)

- "Yurgen Klopp futbolchilardan nima xohlashni biladi. Agar biz to'pni yo'qotsak birinchi qilinadigan ish yo'qotilgan to'pga qarab borish, orqaga qaytib to'psiz himoyalanish emas. Biz yaxshi himoyalanamiz va jamoada himoya hujumdan boshlanadi. Klopp kuchli murabbiy, u to'g'riso'z, shu bilan birga hamma ishni yurakdan bajaradi". ("Liverpul" himoyachisi Joel Matipning bosh murabbiy Yurgan Klopp haqida aytgan fikri)

- "Menda ikkita mashina bor, lekin haydovchilik guvohnomam yo'q. Hozirda tog'am meni Dortmund ko'chalari bo'ylab sayr qildiradi. Men guvohnomani Franciyada olsam kerak". ("Borussiya" futbolchisi Usmon Dembele hali mashina hayday olmasligi haqida)

X.Xoliqov tayyorladi. 


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика