Hafta iqtiboslari. Mashhurlardan eng sara fikrlar

Xayrulla Xoliqov
22 mar 2018
Saytimiz odatiga ko'ra o'tgan bir hafta ichida jahon va Yevropa matbuotida yangragan mashhur kishilarning eng sara gaplarni keltirib o'tamiz.

- "Men Arsen Venger va Ser Aleks Fergyusonni juda hurmat qilaman, chunki ular futbol uchun ko'p ish qilgan. Ammo hozirgi paytga kelib futbol o'zgardi. O'ylaymanki, ular murabbiylik faoliyatining dastlabki 15 yilida keyingi 15 yildagi kabi bosimga duch kelmagan. Hozir bosim juda katta. Matbuot, muxlislar va klub rahbariyati tomonidan bosimni doim his qilib turishingga to'g'ri keladi. Men gazetalarni unchalik o'qimayman, lekin u yerda yozilayotgan gaplar faoliyatimga ta’sir qilishini bilaman. Qolaversa ijtimoiy tarmoqlarda ham faol emasman. Hozir 50 yoshdaman, hamon baquvvatman, biroq ijtimoiy tarmoq uchun o'zimni keksa hisoblayman. 70 yoshga kirganimda hayotdan butunlay chiqib qolsam kerak". ("Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp o'zi va boshqa hamkasblari haqida)

- "Urugvayda yosh avlod tez shakllanyapti. Shunday ekan, yana bir bosqich tepaga ko'tarila olishimizga ishonaman. Yoshlar jamoasidan kattalar jamoasiga o'tganda o'zingni yanada mas'uliyatli his etasan. Tajribali o'yinchilar atrofingda bo'ladi va ular senga ko'p yordam beradi". (Urugvaylik Luis Nandes asosiy terma jamoada nimalarni his qilayotgani haqida)

- "Menga Misr futbol federatsiyasi ramazon oyi payti yaqindan yordam berishga vada berdi. Menga mutaxassislar ajratiladi va ular har bir futbolchining eb-ichish va mashg'ulot jarayonini nazorat qilib boradi. Albatta, bu men uchun muammo bo'lishi mumkin, chunki futbolchilar tong sahardan to quyosh botguncha hech narsa eyishmaydi. Bu esa mashg'ulotga ta’sir qilishi mumkin. Ammo men barcha dinlar qatori Islomni ham hurmat qilaman va futbolchilarga ro'za tutishni taqiqlay olmayman". (Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ramazon oyida futbolchilarning ro'za tutishga qarshi bo'lmasligi haqida)

- "Hammamiz bilamizki, agar sen chempion bo'lishni xohlasang, chempionlarga xos tarzda harakat qilishing shart. Biz dunyodagi istalgan klubni mag'lub eta olamiz. Va shunga harakat qilamiz. Nima uchun "Liverpul" bu yil Yevropa chempionlar ligasida g'olib bo'lmasligi kerak? Biz bu musobaqada g'olib chiqishni xohlaymiz. 2005 yildan beri berinchi marta ushbu musobaqani yutishga juda yaqinmiz". ("Liverpul" hujumchisi Sadio Mane jamoasi bilan YCHLda g'olib bo'lishni xohlayotgani haqida)

- "Musulmonlar jamiyatida biz ayollarga to'siq ko'p. Ammo men hech kimga quloq solmasdan o'z ishimni qilishda davom etyapman. Yaqinda UEFA "V" licenziyasini qo'lga kiritdim va bundan juda xursandman. Men oldindan murabbiy bo'lishni istagandim va ko'p o'qishim tufayli bunga erishdim. To'g'risini aytsam, atrofdagilarning men haqimdagi gaplariga e'tibor bermayman". (UEFA tarixida "B" licenziyasini qo'lga kiritgan birinchi musulmon ayol Anni Zaidining aytganlari)

- "Men uni faqat "Old Trafford"da ikkita gol urgani uchun terma jamoaga chaqirganim yo'q. U gol urmasa ham shunga loyiq. U to'rt-besh mavsumdan beri 15tadan ko'p gol urib kelyapti. U kam o'ynaydi, lekin maydonga tushganida gol urishni biladi. Bu narsa hamma hujumchiga ham berilmaydi. U juda foydali o'yinchi". (Fransiya termasi bosh murabbiyi Dide Desham "Sevilya" hujumchisi Vissam Ben Yedderni nima sababdan o'rtoqlik uchrashuvlariga taklif etgani haqida)

- "Albatta, men jahon chempionati haqida o'ylayapman. Buni o'ylamay bo'ladimi. Chunki bu men uchun birinchi mundial bo'ladi. Ammo hozir men uchun klub birlamchi o'rinda. PSJ mavsumni yakunlaganidan so'ng bor e'tiborimni jahon chempionatiga qarataman". (Kilian Mbappe JCH haqida o'ylayotgani haqida)

- "Messiga har qanday tarif kamlik qiladi. U super, super va yana bir marta super futbolchi. U kerak bo'lsa 60ta gol ura oladi. U shubhasiz dunyoning eng kuchlisi". ("Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "Barsa" yetakchisi Messi haqida)

- "Biz YCHL finalida MYUni 1:0 hisobida mag'lub etayotgandik. O'yin oxirlarida klubimiz prezidenti Franc Bekkenbauer liftda "Nou Kamp" stadionining eng yuqori qavatiga chiqayotgandi. Oradan bir daqiqa o'tib u yana liftda pastga tusha boshlaydi va maydon chetiga kelib tabloga qarasa hisob 2:1. Keyin u yonida turgan qo'riqlash xodimidan bu hazilmi, kim 2:1 deb yozib qo'ydi deb so'raydi. Xodim unga hazil emasligini va MYU bir daqiqa ichida ikkita gol urganini aytadi. Tabiiyki Bekkenbuer bunga ishonmaydi va o'ta qo'pol hazil deb o'ylaydi, lekin ming afsuski, bu ayni haqiqat edi. MYU "Bavariya" prezidenti liftdaligida ikkita gol urgandi". ("Bavariya" sobiq futbolchisi Lotar Matteusning 1999 yilgi YCHL finali bilan bog'liq xotiralaridan)


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: fifa.com