So’nggi yangiliklar

23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  0 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  5 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  2 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  12 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  2 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  13 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  1 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  2

Hafta iqtiboslari. Mashhurlardan eng sara fikrlar Yangiliklar

Hafta iqtiboslari. Mashhurlardan eng sara fikrlar

Etiboringizga mashhur futbolchi va murabbiylarning hafta davomida bildirgan eng qiziq fikrlarini havola etamiz.

- "Bonuchchi va Kellini bemalol Garvard Universitetiga borib markaziy himoyachi qanday bo'lishi kerakligi haqida dars berishsa bo'ladi. Ular shunchaki fantastik futbolchilar. Bu jamoada hamma narsa bor, shuning uchun ham biz yutqazdik". (MYU bosh murabbiyi Joze Mourino "Yuventus" markaziy himoyachilari haqida)

- "Men qachon o'ynashni to'xtataman? Albatta, shu mavsum oxirida. SHunda 36ga kiraman va professional faoliyatim 18 yil kechgan bo'ladi. Men 5 yoshdan beri futbol ichidaman". (Robin van Persi qachon butsalarini mixga ilishi to'g'risida)

- "Hujum boshlangan payt men uyda o'g'lim bilan edim. Xotinim va qizim esa bu payt arenada bo'lishgan. Xotinim menga qo'ng'iroq qildi, biroq shu zahoti aloqa uzildi. Uning shu gaplarini eshitib qoldim: "Nimadir bo'ldi va biz yuguryapmiz". Men qaytib qo'ng'iroq qildim, biroq iloji bo'lmadi. SHunda uydan chiqib arena tomon yugurdim. Oradan 6-7 daqiqa o'tib xotinim yana qo'ng'iroq qildi: "Biz tashqariga chiqdik, hozir uyga qaytyapmiz". O'shanda ko'p odamlar jarohat olgandi, lekin oilamning omadi bor ekan". ("Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola 2017 yilning 22 may sanasida "Manchester Arena"da qo'yilgan koncert paytida yuz bergan mashum voqea haqida)

- "Men bilan o'ynagan eng kuchli futbolchi bu - Krishtianu Ronaldu, men o'zim qarshi o'ynagan eng kuchli o'yinchi esa Lionel Messi". (Mesut Ozil Ronaldu va Messi haqida)

- "Atletiko"dek jamoaga to'rtta gol urish bu - fantastika. Biz bu o'yinda juda ko'p kuch yo'qotdik, ayniqsa ikkinchi bo'limda. 60-65 daqiqalarga borib charchab qolsak deb o'ylagandim, biroq oxirigacha o'ynay oldik. Gap natijada emas, balki qanday futbol namoyish etganimizda ("Borussiya Dortmund" etakchisi Marko Roys ECHLda "Atletiko" bilan kechgan bahs haqida)

- "Albatta, men shu yilning o'zidayoq Osiyo chempionlar ligasida g'olib chiqishni xohlayman. Buning uchun bor kuchimni ishga solaman. Biz 2016 yilgi tarixiy voqeani takrorlashni istaymiz". ("Kashima Antlers" hujumchisi Yuma Suzuki OCHLda zafar quchishni xohlayotgani haqida)

- "Bu mavsum "Persepolis" o'tgan yilgiga qaraganda ancha bo'sh bo'ladi deb o'ylashgandi. Ammo biz har kuni mehnat qilishda davom etyapmiz. Biz hozir shunday holatdamizki, Osiyoning istalgan jamoasini mag'lub etishimiz mumkin. Biz OCHLni yutib Eron xalqiga ajoyib sovg'a ulashishni xohlaymiz". ("Persepolis" yarim himoyachisi Siamak Nemati OCHLda g'olib bo'lishni istayotgani haqida)

- "Men avvalo o'zimdan xafaman va vaziyatdan qanday chiqib ketishni o'ylayapman. Jamoadagi har qanday holat uchun avvalo men javobgarman. Men buyuk klubni boshqaryapman va bor masuliyatni o'z bo'ynimga olishim kerak". ("Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo jamoasining "Inter" va "Betis"dan uchralgan mag'lubiyatidan so'ng)

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика