So’nggi yangiliklar

17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  1 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  3 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  5 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4

Hafta iqtiboslari. Mashhurlardan eng sara fikrlar Yangiliklar

Hafta iqtiboslari. Mashhurlardan eng sara fikrlar

Teglar :  Iqtiboslar
O'tgan bir hafta ichida futbol olami vakillari tomonidan bildirilgan eng sara fikrlarni keltirib o'tamiz.

- "Men hayotimda yangi bosqichni boshlashga tayyorman. Ko'ramiz, kelajak nimani ko'rsatarkin. Hali yana to'p tepishim mumkin edi, biroq tugatish kerakligini tushunib etdim. O'ylaymanki, to'g'ri qarorga keldim. Nima bo'lishidan qatiy nazar, men faoliyatimdan mamnunman va endi boshqa ish bilan shug'ullanaman". (Futbolchilik faoliyatini yakunlagan Jon Terri keyingi rejalari haqida)

- "Mashg'ulotlar paytida Neymar aqlbovar qilmas harakatlarni amalga oshiradi. Lekin men ko'proq Mbappe bilan ishlayman, chunki u mendan atigi bir yosh katta. Mbappe mashg'ulotlarda tinmay ishlaydi, uning yonida turib ko'p narsa o'rganishga harakat qilaman. Men ham yaxshi futbolchi bo'lish uchun mashg'ulotlardan keyin ikki soat o'zim qolib o'zim alohida shug'ullanyapman. Ko'proq pas berish va to'pni aniq tepish ustida ishlayman". (PSJ klubining 18 yoshli hujumchisi Timoti Vea intervyusidan)

- "Buyuk futbolchilar doim kamtar bo'lishgan. Men ham ulardan o'rnak olishga harakat qilyapman. Mashhur bo'lish uchun o'zingni va boshqalarni hurmat qila olishing lozim. Bu o'rinda uchta xususiyat bor: hurmat, itoatkorlik va aniq maqsadga ega bo'lish. Onam menga doim zo'r futbolchi bo'lishdan oldin yaxshi inson bo'lish haqida o'ylashing lozim deydi". (Kilian Mbappe "Time" jurnali muxbirlari bilan suhbatda)

- "Barselonadan ketayotib bir zumga ortga qaradim. Bu erda o'tkazgan ikki yilni esga oldim va zaxirada o'tirib qolgan paytlarimdan afsuslandim. Ammo hayotimdan mamnunman, men o'zim xohlagan jamoaga yo'l oldim va yana gol urishni boshladim". (Ijara asosida "Borussiya D"da o'ynayotgan Pako Alkaser intervyusidan)

- "Turli davrlarni boshdan o'tkazdim. Bir paytlari eng quyi ligada "Uorkington Reds" safida o'ynab yurardim va chigalyozdi mashg'ulotlari paytida bazi muxlislar menga tribunadan tuxum uloqtirardi. Ammo hammasiga sabr qilib chidadim va oxiri Premer ligada to'p tepishga muvaffaq bo'ldim". ("Brayton" hujumchisi Glenn Myurrey boshidan o'tkazgan voqealar haqida)

- "Futbol - eng katta muallim. Futbol - hayotning eng shirin lahzalaridan biri". (Erik Kantona futbol haqida)

- "Asosiy tarkibda ilk o'yinimni o'tkazganimdan xursandman. Men o'zimdan g'ururlanaman. Gol urish har doim zavq bag'ishlaydi. Ayniqsa, bitta o'yinda ikkita gol ursang bundan yaxshisi yo'q. Men har kuni yanada yaxshi o'ynashga harakat qilyapman". (Etti karra Olimpiada chempioni Useyn Bolt futbolchilik faoliyatini boshlagani haqida)

- "Oxirgi yillarda shuni o'rgandimki, futbolda limit belgilash katta xato ekan. 32ga kirganimda 35yoshda futbolni tugataman degandim. 35ga kirganimdan so'ng 38da to'xtataman dedim. Keyin 40 yoshda dedim. Ammo hamon darvozani qo'riqlashda davom etyapman. Qachon tugatishimni o'zim ham bilmayman, balki 6 oyda, balki 1 yilda, balki 10 yilda. Faqat shuni aytishim mumkin, men hamon futboldan zavq olyapman". (Janluiji Buffon qachon qo'lqoplarini mixga ilishi to'g'risida)

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика