So’nggi yangiliklar

09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  4 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  1 08:04"Байер"дан хайдаланган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  4 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  7 02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  5 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  7 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  22 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  3 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  15 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  15 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  46 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  3 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  15

Hafta iqtiboslari. Arsen Venger, Ueyn Runi, Ronaldino va boshqalardan ajoyib fikrlar Yangiliklar

Hafta iqtiboslari. Arsen Venger, Ueyn Runi, Ronaldino va boshqalardan ajoyib fikrlar

Odatga ko'ra yakuniga etayotgan haftaning murabbiy va futbolchilar tomonidan bildirilgan eng sara fikrlarini keltirib o'tamiz.

- "Xursandchilik itoat qilish va tan olishdan kelib chiqadi, biz hayot oldida juda kichik mavjudotlarmiz. Men hayotimdagi kunlardan mamnunman. Kelinglar, hammamiz orzular uchun yashaymiz, axir hayot juda qisqa-ku" (Aviahalokatga uchragan "SHapekoense" klubi futbolchisi Alan Rushelning "Gamper Kubogi"da "Barselona"ga qarshi o'yindan so'ng aytganlari)

- "Men bunga ishonardim, shunday bo'lishini 10-15 yil oldin taxmin qilgandim. Men bir kun kelib klublarni futbol mutaxassislari emas, balki boshqaruvchilar boshqarishini bilardim. Bu xoh ayol kishi bo'lsin, xoh erkak kishi". ("Arsenal" bosh murabbiyi Ansen Vengerning matbuotga bergan intervyusidan)

- "Albatta, maydonga tushsam zo'r bo'lardi, lekin bunga muvaffaq bo'lmaganman. Bu men uchun ham futbolni o'rganish, ham futbolchi bo'lish uchun katta yordam bergan. Sen qanday qilib jahon chempioni bo'lish mumkinligini tushunib etasan. To'g'ri, men musobaqada bir daqiqa ham o'ynamaganman, lekin nimalarni o'rganishim kerakligini o'zim uchun qayd qilib qo'ygandim. O'sha yilning yoz fasli faoliyatimni tubdan o'zgartirib yuborgan". (Braziliyalik Ronaldo 17 yoshida JCH-94ga borgani, ammo umuman maydonga tushmagani haqida)

- "Ular agar Messi yoki Ronalduga o'xshagan futbolchini sotib olishsa rekord yangilanishi mumkin. Ammo hozirgi kunda ko'rinib turibdiki, futbolchilar bitta klub safida uzoq qolishga ko'p ham ishtiyoqmand emas. Yangi chaqiruvlar va katta pullar o'yinchilarning boshini aylantirib qo'yyapti. Agar kimdir xuddi menga o'xshab klubda uzoq yil qoladigan bo'lsa, gollar urib rekordimni yangilashi mumkin. Men ortimdan shunday natija qoldirib ketganimdan mamnunman. Men MYUni katta xotiralar bilan tark etdim. O'ylaymanki, u erdan ketib to'g'ri qarorga keldim". ("Everton"ga qaytib kelgan Ueyn Runi MYUda gol urish bo'yicha o'rnatgan rekordi haqida)

- "Men unga faqat omad tilayman. U yangi jamoasida ham yorqin o'yin ko'rsata oldi. Uni Braziliyada hamma yaxshi ko'radi, chunki uning o'yin uslubi hammaga yoqadi". (Ronaldino PSJga o'tib ketgan Neymar haqida)

- "Undan to'pni olib qo'yish qiyin edi. U jismoniy jihatdan ham kuchli bo'lib aqli teran edi. U shubhasiz men o'zim maydonda ko'rgan futbolchilar orasida eng kuchlisi. U "Yuventus"daligida unga qarshi o'ynagandim va aytishim mumkin, u to'p bilan muomala qilganda men shunchaki anqayib qolganman. (Rayan Giggz endilikda "Real"ni boshqarayotgan Zinedin Zidan haqida)

- "Qachonki ishonsangiz, maqsadga erishasiz. Men buni ko'p takrorlayman. 2010 yil "Inter" chempionlar ligasini yutadi deb hech kim o'ylamagandi. Lekin men o'shanda ham o'zimga va jamoaga ishonganman". (Ueyli Sneyderning Franciya klubi "Nicca"ga o'tganidan so'ng tanishtiruv marosimida aytgan gaplari)

- "Men Kardiffni jamoam bilan tark etdim va Italiyaga qaytdim. Uyga etib borgach o'z-o'zimga javobi qiyin bo'lgan bitta savolni berdim: Bu yo'lning oxirimi? Bu mening eng yuqori nuqtam bo'lishi mumkinmi? Finaldagi mag'lubiyat menga qattiq tasir qildi. Ishimni davom ettirsammi yo klubdan ketsammi deb ko'p o'yladim. Avvalo nima uchun murabbiylikni tanlaganim haqida bosh qotirdim. Ha, darvoqe men nima uchun murabbiy bo'lganman? CHunki menga dars berish yoqadi. Menga futbolchilarni shug'ullantirish, ularga yangicha mashqlarni o'rgatish yoqadi. O'ylab o'ylab yakunda bir qarorga keldim, menda hali isbotlaydigan narsa ko'p. Agar klub meni ham o'zi bilan bir qayiqda deb o'ylasa, demak ishlashda davom etaman". ("Yuventus" bosh murabbiyi Missimiliano Allegrining ECHL finaliga bag'ishlab yozayotgan xotiralaridan)

- "U mening eng yaxshi do'stim edi. U aqlli edi. U futbolni yaxshi ko'rardi, u meni ham yoqtirardi. U hayotining oxirgi kunlarida ham futbolni sevdi. Bir kuni ularning uyiga borganimda onasi meni ko'rib "O'g'lim kun bo'yi o'rnidan qimirlamadi" dedi. Men uni har ko'rganimda qandaydir tasirlanib ketardim". (Angliyalik hujumchi Jermeyn Defo saraton xastaligi tufayli hayotdan ko'z yumgan "Sanderlend"ning olti yoshli muxlisi Bredli Loveri haqida)

- "Bonuchchi deysizmi? O'z vaqtida Pirlo bilan Vidal ham ketgandi, keyin Pogba ham. Balki biz muhim o'yinchini yo'qotgandirmiz, lekin bizda hamon kuchli jamoa bor. Ayniqsa hujum chizig'imiz o'ta kuchli. Himoyada esa kerak bo'lsa Miralem Pyanich ham o'ynab bera oladi" ("Yuventus" himoyachisi Jorjo Kellining Bonuchchi "Milan"ga o'tib ketganidan so'ng bergan intervyusi)

- "Ha, uning o'yini menga yoqadi, chunki bir paytlari o'zim ham unga o'xshab harakat qilardim. Neymar futboldan rohat oladi, u shunchaki o'z ishini bajarmaydi. U faqat o'zi yoki muxlislar uchun emas, balki jamoa uchun ham o'ynaydi". (Nigeriyalik sobiq futbolchi Jey Jey Okocha juda katta summa evaziga "Barsa"dan PSJga ko'chib o'tgan Neymar haqida)

X.Xoliqov tayyorladi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика