Gyundogan o'zi bilan birga ishlagan eng kuchli ikki mutaxassis kimlini aytdi
08 iyu 2020 15:33
Yangiliklar


Gyundogan o'zi bilan birga ishlagan eng kuchli ikki mutaxassis kimlini aytdi
"Manchester Siti" xavbeki Ilkay Gyundogan dunyoning eng kuchli murabbiylari haqida gapirdi.
"Yurgen Klopp va Pep Gvardiola - dunyoning eng kuchli ikki mutaxassisi. Men 4 yil Klopp bilan ishlaganman. U men yoqtiradigan murabbiy. U ajoyib jamoaviy ruh yarata oladi va futbolchilarga motivaciya bera oladi.
Taktika nuqtai nazaridan Pep juda yuqori darajada. U o'yinning har bir detalini bilishni xohlaydigan mutaxassis. Men u kabi taktik murabbiy ko'rmadim.
Ularning uslubi turli xil, ammo ikkalasi ham muvaffaqiyatli. Ular ikki xil bo'lsalarda, dunyoning eng kuchlilaridir", - deydi Gyundogan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar