Gyundogan: "Bir jamoa bilan 4 kunda ikki marta o'ynash qiziq bo'lsa kerak"
27 fev 2018 18:05
Yangiliklar


Gyundogan: "Bir jamoa bilan 4 kunda ikki marta o'ynash qiziq bo'lsa kerak"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan APL 28-turi doirasida "Arsenal"ga qarshi o'tadigan bahsdan oldingi fikrlarini bildirdi.
"Bilamiz, "Arsenal"da yaxshi tarkib bor, ular yaxshi o'ynay olishadi. Bizni jiddiy o'yin kutib turibdi va bunga tayyor bo'lishimiz lozim. Bir jamoa bilan 4 kunda ikki marta o'ynash qiziq bo'lsa kerak.
Finaldagi g'alabani tantana qilib, dam olishga vaqt yo'q. Oldindagi bahsga tayyorlanib, 3 ochko olishimiz lozim", - dedi Gyundogan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar