Gyundogan APLning yanvar oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi
12 fev 2021 17:12
Yangiliklar


Gyundogan APLning yanvar oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan Angliya Premer-ligasining yanvar oyidagi eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi.
Germaniyalik futbolchi o'tgan oyda 6ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi. 30 yoshli futbolchi ilk bor ushbu sovrinni qo'lga kiritdi.
Sovrin uchun shuningdek darvozabon Bernd Leno ("Arsenal"), himoyachilar Kreyg Douson ("Vest Xem") va Jon Stounz ("Manchester Siti"), yarim himoyachilar Jek Grilish ("Aston Villa"), Jeyms Meddison ("Lester"), Mateus Pereyra ("Vest Bromvich") va Bukayo Saka ("Arsenal") davogarlik qilishgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar