Gyotce Ispaniyaga ko'chib o'tishi mumkin
18 iyu 2020 22:16
Yangiliklar
Gyotce Ispaniyaga ko'chib o'tishi mumkin
Dortmundning "Borussiya" klubi sobiq yarim himoyachisi Mario Gyotce faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.
Sport.sky.de nashri xabar berishicha, 28 yoshli germaniyalik futbolchining xizmatlariga "Sevilya" klubi rahbariyati qiziqib qolgan. Andalusiyaliklar tez orada Marioning agenti bilan aloqa o'rnatishadi.
Malumot uchun, 30 iyun kuni "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi yakunlangan "Oltin bola" erkin agentga aylangan edi. Avvalroq unga "Milan", "Lacio" va "Atletiko" klublari qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlar ham tarqalgandi.
Fikrlar